8-Variant 1-topshiriq Oilani ijtimoiy maqomi haqida nimalarni bilasiz



Download 0,6 Mb.
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi0,6 Mb.
#496034
  1   2
Bog'liq
Bolalarni ijtimoiy moslashuvi Xikmatova SH

Bolalarni ijtimoiy moslashuvi” fani


8-Variant
1-topshiriq
Oilani ijtimoiy maqomi haqida nimalarni bilasiz.
Shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog’lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o’zgarishlar, ya’ni undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o’z aksini topadi. Shunga ko'ra oila va oilaviy tarbiya masalalari har doim ham dolzarb muammo bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Respublikamizda 1998-yil – “Oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi, “Oila kodeksi”ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilaning moddiy farovonligini ta'minlashga qaratilgan zarur shartsharoitlar yaratildi. Kam ta’minlangan, serfarzand oilalarni qo’llab-quvvatlash ishlarini davlat o’z zimmasiga oldi.
1999 yil mamlakatimizda “Ayollar yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin-qizlarning mavqeyini yanada oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun barcha davlat va nodavlat tashkilotlarni birlashtirildi. Shu yildan boshlab (1999) ayollarga ularning istaklariga binoan hamda qonunda belgilangan mehnat staji bo'lgan taqdirda 54-yoshdan pensiyaga chiqish huquqi berildi. Respublikada yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida turli mazmunlarda ko’riktanlovlar o’tkazilib kelinmoqda. Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XI sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi” sharqona va umuminsoniy axloq normalari mushtarakligida shakllangan, farovon oilalarning manfaatlarini ta’minlashda muhim huquqiy poydevor bo’ladi. Konstitutsiyaga binoan, “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi (65-modda).
Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifalardir. Ya’ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga ta’sir ko’rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo’lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma’lumki shaxsning qadriyati uning jamiyatdagi tutgan o’rni bilan belgilanib, ko’p jihatdan uning tarbiyasiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli ota-ona o’z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi.
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o’z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g’oyani ilgari surgan edilar, Bu g’oya fransuz xayoliy sotsalistlari Sen Semon, Shari Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oyani ilgari surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug’ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar. Rizouddin ibn Fahriddinning “Oila” nomli risolasida bola tarbiyasi yomon niyat va qo’pollik bilan emas, balki sabr-toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, shafqat-u sezgirlik bilan bo’lishi kerak. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go’dakni nazoratsiz tutish ulug’ xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o’rtasida adolat bilan tarbiya qilmoq kerakligi haqida fikrlar berilgan.
Notinch oilalar. Bunday turdagi oilalarda ma’naviy qiziqishlar kam bo’ladi. Bunday oilalarga ishlab chiqarish, oilaviy vazifalarga befarq munosabatda bo’lish, oilaviy an’analarga e’tibor bermaslik, uy ishlariga loqayd munosabatda bo’lish xos bo’ladi. Bola qo’rs, qo’pol, urishqoq bo’lib qoladi. Kattalar va jamoa tartiblariga bo’ysunmaydi. “Tarbiyasi og’ir” bolalarning ko’p qismi ana shunday oilalarda yetishadi. Zamonaviy sharoitlarda notinch oila muammosi eng dolzarb muammolardandir. Oila - maktabgacha ta’lim yoshidagi bola uchun birinchi ijtimoiy muhitdir. Agar u notinch bo’lsa, bolaning sog’lig’iga ham, uning xulqiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu xildagi oilalarning bolalari taqdiriga ular qatnaydigan maktabgacha ta’lim muassasasi befarq qaramasligi kerak. Tarbiyachi bolalarning salomatligi, xulqi o’z tengdoshlari bilan munosabatini doimo kuzatib boradi va kichik insonlar qalbiga qanday kechinmalar yuz berayotganini sezadilar.
To’liqmas oilalar. Bu turdagi oilada ota-onadan biri bo’lmaydi. Bunday oilalarda ota-onalardan birining yo’qligini bildirmaslik uchun oila a’zolaridan har birining bolaga ta’sirini Kuchaytirish, bola o’zaro munosabatlarda kamchilik sezmasligi uchun bola tarbiyasiga oiladan ketgan a’zoni boshqa qarindoshlarini jalb qilish muhimdir. Shunday qilib maktabgacha ta’lim muassasalarida oila bilan ishlash o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, oilaning turiga bog’liq holda o’tkaziladi. Maktabgacha ta’lim muassasining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo’lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, xilma-xil va o'zaro bog’liq bo’gan shakl va usullar yordamida rejali ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.
2-topshiriq

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish