8-sinf O’zbekiston tarixi 1-8 mavzular yuzasidan test
1. Bobur Mirzo tomonidan Kobul egallanganidan keyin qayerni o’zining qarorgohiga aylantiradi?
A) Bolo Hisor B) Bolo Hovuz C) Bog’i Kalon D) Bog’i Behisht
2. Muhammad Shayboniyxonning yurishlari tarixi bilan bog’liq ma’lumotlarni muvofiqlashtiring.
1. Toshkent va Shohrixiya egallandi; 2. Farg’ona egallandi; 3. Samarqand uzil-kesil bo’ysundirildi; 4. Xorazm egallandi; 5. Hirot egallandi; 6. Balx egallandi.
a) 1500 – yil ; b) 1505 – yil ; c) 1503 –yil ; d) 1506 – yil ; e)1507 – yil ; d) 1504 – yil
Yozing __________________________________________________________
3. 1548 – yilda Samarqand taxtiga kim o’tirganini aniqlang.
A) Navro’z Ahmadxon B) Abdulatifxon
C) Iskandar Sulton D) Abdulazizxon
4. O’zbek ulusi davlatining tugatilishi va qayta tashkil etilishi orasida necha yillik farq bor?
A) 12 yil B) 52 yil C) 55 yil D) 36 yil
5. Muhammad Shayboniyxon nima sababdan Movarounnahr va Xuroson temuriyzodalariga hamda Mo’g’uliston hukmdorlariga ichki raqalariga qarshi kurashda harbiy yordam ko’rsata boshlaydi?
A) o’zining harbiy salohiyatini namoyish qilish va kuch-qudratini bildirib qo’yish
maqsadida
B) o’zi tuzgan yaxshi harbiy ta’lim olgan va mustahkam intizomli yollanma qo’shinni saqlash katta xarajat talab qilinishi uchun
C) bobo yurtining azaliy hududlarini o’z hukmronligi ostiga birlashtirish maqsadida o’z kuchini sinab ko’rish uchun
D) temuriylardan o’ch olish va saltanatni yo’q qilish yo’llarini topish uchun
6. Abdullaxon II rasman Buxoro xonligi taxtini egallaganidan yuz yil avval bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.
A) O’zbek ulusi davlati parchalandi.
B) Mirzo Bobur tavallud topdi.
C) Muhammad Shayboniyxon tavallud topdi.
D) Abu Said Mirzo temuriylar davlarini bir qadar birlashtirishga muvaffaq bo’ldi.
7. Mirzo Boburning yoshlik yillari o’tgan shaharlar Shayboniyxon tomonidan kimga in’om etilganligini aniqlang.
A) Mahmud Sultonga B) Jonibek Sultonga
C) Suyunchxo’ja Sultonga D) Ko’chkunchi Sultonga
8. Safaviylarga qarshi kurashda Abdulla Sabroniy tomonidan qo’llab-quvvatlangan shaxsni aniqlang.
A) Muhammad Shayboniyxon B) Abdullaxon II C) Ubaydullaxon D) Ko’chkunchixon
9. Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbiy yonbag’ridan Dnepr daryosining quyi oqimigacha cho’zilgan hududlar qaysi manbalarda “Dashti Qipchop”, deb yuritilgan?
A) g’arb manbalarida B) Xitoy manbalarida
C) arab va fors manbalarida D) Vizantiya manbalarida
10. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrni zabt etgach Ko’chkunchi Sultonni qayerga hokim etib tayinlaydi?
A) Buxoro B) Turkiston C) Toshkent D) Samarqand
11. Abdullaxon II rasman xon deb e’lon qilingandan keyin Xurosonning qaysi shaharlarida markaziy hokimiyatga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonlarni bostirdi?
A) Balx , Marv, G’azna B) Kobul , G’azna, Shibirg’on
C) Hirot,
Nishopur, Mashhad D) Balx , Maymana , Badaxshon
12. Quyidagi qaysi hukmdor tanhodorlarni o’z mulkidan mahrum etib, soliq va majburiyatlar miqdorini ko’paytirdi?
A) Ubaydullaxon B) Abdullaxon II C) Ubaydullaxon II D) Abdulazizxon
13. Buxoro xoni Vali Muhammadxonning hukmronlik yillarida davrlarida davlatlarda qanday vaziyat yuzaga keldi?
A) mamlakat yagona markaz atrofida birlashdi,bo’ysunishni istamagan qabila boshliqlari yashash joylaridan ko’chirib yuborildi
B) qabila amirlari xon hokimiyatiga bo’ysunmay, muxolifatchilikni
kuchaytirdilar
C) qozoqlar xoni Keldimuhammad hujumi to’xtatildi
D) Buxoro xonligining qo’ldan chiqqan bir qancha hududlari
yana qayta egallandi
14. Nima uchun Buxoro xoni Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi?
A) Hindiston podshohi Shoh Jahonning Balxni egallashi tufayli
B) qozoqlarni Buxoroni bosib olganligi sababli
C) Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchayishi sababli
D) Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligi
15. Quyidagilardan qay biri Boqimuhammad davrida yuz bermagan?
A) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko’p urindi
B) ichki kurash yana avj oldi, qabila beklari xon hokimiyatiga bo’ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar
C) Eron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo’ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi
D) qozoq xoni Keldimuhamma qo’shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo’ysundirdi
16. Ashtarxoniy Abdulazizxonning taxtdan voz kechish sababini aniqlang.
A) tinimsiz urushlar, ichki ziddiyatlar va siyosiy vaziyatning izdan chiqishi
B) amirlar va beklar tomonidan suiqasd uyushtirilishi
C) Subhonqulixon mavqeining nihoyatda kuchayib ketishi
D) Abdulazizxon
taxtdan voz kechmagan, uning vafoti tufayli Subhonqulixon taxtga o’tirgan
17. Ashtarxoniy Ubaydullaxon II ning taxtdan ketishi sababi va tafsilotini aniqlang.
A) 1711-yilda Balx uchun bo’lgan jangda u dushman tomonidan o’ldirilgan edi
B) Chodak xo’jalari tomonidan fitna uyushtirilib, o’ldirilgan edi
C) ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchayishi natjjasida unga qarshi fitna uyushtirilib, o’ldirilgan edi
D) ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchayishi natijasida u taxtdan voz kechishga majbur bo’lgan edi
18. Imomqulixon davrida quyidagi qaysi voqealar yuz berdi?
1) markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlanadi; 2) Toshkent va xonlikning shimoliy-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, jung’orlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borildi; 3) Toshkentni qozoqlardan ozod etdi; 4) Toshketnda qo’zg’olonni ayovsiz bostirdi; 5) Markaziy davlat hokimiyati
nisbatan mustahkamlandi; 6) qozoq xoni Keldimuhammad qo’shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo’ysundirdi; 7) qabila beklari xon hokimiyatiga bo’ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar
A) 1,2,3, B) 1,4,7 C) 2,4,6,7 D) 1,3,4,5,6
19. B
uxoro xoni Subhonqulixon nima uchun Xiva xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtiradi?
A)Xiva xonligini qo’shib olish uchun
B)Xiva hujumiga chek qo’yish uchun
C) Xiva xonligidan soliq undirish uchun
D) Mamlakatni markazlashtirish maqsadida
20. Buxoro xoni Pirmuhammad II davrida qaysi hudud xonlikdan mustaqil bolib oladi? A) Xuroson B) Farg’ona vodiysi C) Xorazm D) Qashqadaryo vohasi
21. Shayboniyxon bobosi Abulxayrxon tuzgan davlatni qachon qayta tikladi?
A) XV asrning 20-yillarda B) XV asrning o’rtalarida
C) XV asrning 80-yillarida D) XV asrning oxirlarida
22. … markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida hatto o’sha davrning eng ta’sirchan kuchi – yirik yer egalari hamda Jo’ybor shayxlarining ta’sirini kamaytirishga urindi.
A) A) Ubaydullaxon II B)
Abdullaxon II
C) Ubaydullaxon D) Abulfayzxon
23. Muhammad Shayboniyxonning davlatchiligimiz oldidagi xizmati bu …
A) butun mintaqani yagona bir markaz - Samarqand qo’l ostida birlashtira oldi
B) kuchli qo’shin tuzib, dunyo harbiy ish tarixida ilk bora to’lg’ama usulini qo’lladi
C) bosib olgan har bir hududning obodonchiliga jiddiy e’tibor qaratdi
D) “o’zbek” nomini tarixning XVI asrdan keyingi taraqqiyot bosqichlarida mahalliy aholi ongiga singdirishga erishdi
24. Mirzo Boburning tog’asi Sulton Muhammadxon qayerda hukmronlik qilar edi?
A) Badaxshonda B) Toshkentda C) Axsida D) Qoshg’ar
25. Ubaydullaxon davrida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab-yashnaganligini yozib qoldirgan tarixchisi aniqlang.
A) Hofiz Tanish al-Buxoriy B) Abulmakorim
C) Abdulla Sabroniy D) Gulbadanbegim
26. Sharqning eng katta davlatlaridan biri Xitoy bilan munosabatlar Amir Temur davrida bir qadar jiddiylashib qolish sababini aniqlang.
A) Xitoy imperatorlarining Termuriylar davlatining
siyosiy mavqeyini mensimasligi;
B) Xitoy imperatorlari tomonidan yuritilgan mustamlakachilik siyosati;
C) Xitoy hukmdorlarining ulug’ davlatchilik siyosati;
D) To’xtamishxonni Xitoy tomonidan qo’llab-quvatlanishi
27. Quyidagi qadimgi davlatlardan qaysi birida ibodatxonalar xudolar haykallari bilan hashamatli bezatilgan?
A) qadimgi Hindistonda B) Yunonistonda
C) Mesopotamiyada D) qadimgi Misrda
28. Rasmda keltirilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq ma’lumotlardan to’g’risini aniqlang.
A) 1534 – yilda tavallud topgan B) 1583 – yilda vafot etdan
C) 1601 – yilda yangi sulolaga asos soldi D) 1556 – taxtga chiqdi
29. Toshkent shahrida quyidagi qaysi alloma nomidagi memorial bog‘ barpo etilgan?
A) Ibn Sino B) Abu Nasr Farobiy C) Abu Rayhon Beruniy D) Kamoliddin Behzod
30. XVI asrlarda qaysi hukmdorlar vafotidan so’ng mamlakatda qo’shhokimiyatchilik ro’y beradi?
A)
Abulfayzxon, Abdulloxon II B) Husayn Bayqaro, Abdulloxon II
C) Abulfayzxon, Nodir Muhammad D) Husayn Boyqaro, Abdulloxon I