8-синф ms excel dasturida diagramma va grafiklarni tahrirlash Darsning texnologik xaritasi



Download 173,5 Kb.
Sana28.03.2017
Hajmi173,5 Kb.
#5495
8-синф
MS Excel dasturida diagramma va grafiklarni tahrirlash
Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Diagramma va grafiklarni tahrirlash

Maqsad va vazifalar

Darsning maqsadi: o’quvchilarga diagramma va grafiklarni tahrirlash imkoniyatlarini o’rgatish.

Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga MS Excel dasturida diagrammalarga o‘zgartirish kiritish, ya’ni tahrirlash imkoniyatlari hamda format menyusi yordamida amalga oshirilish mumkin bo’lgan ishlar haqida amaliy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish.

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.

O‘quv jarayonining mazmuni

MS Excel dasturida diagrammalarga o‘zgartirish kiritish, ya’ni tahrirlash imkoniyatlari. Format menyusi yordamida amalga oshirilish mumkin bo’lgan ishlar. Mavzuni amaliy topshiriqlar orqali ochib berish.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi.

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik gruhlarda ishlash.

Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.

Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.

Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O’quvchilar yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi. Ular MS Excel dasturida diagrammalarga o‘zgartirish kiritish, ya’ni tahrirlash imkoniyatlari hamda Format menyusi yordamida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan ishlar haqidagi bilim va ko’nikmalarni egallaydilar.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosuda keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.


Asosiy tushunchalar:

Gistogrammalar, nuqtali diagrammalar (grafiklar), doiraviy diagrammalar, diagrammani, sarlavhalarni, shkalalarni, o’qlarni, ma’lumotlar yozuvlarini, ma’lumotlar qatorlarini, afsonani tahrirlash.


Qo’llanmada interfaol uslublar uchun quyidagicha belgilashlar qo’llanilgan.

M – ma’ruza, AH – aqliy hujum, K – klaster, BST – blits-savol-test, SJ – savol-javob, MY – mashq bajarish yoki misol va masala yechish.

 Darsning blok-chizmasi






Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism

3  minut




2

O‘tilganlarni takrorlash

7 minut

SJ, K, BST, MY

3

Yangi mavzu ustida ishlash

17 minut

M, AH

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

SJ, K, BST, MY

5

Uyga vazifa

3 minut



O’tilganlarni qisqacha takrorlash quyidagicha amalga oshirish mumkin.



SJ, K, MY Avvalgi mavzudagi materiallar asosida.

BST Avvalgi mavzular va qo’shimcha testlar.

Mavzuni yoritish:

M Darsda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadval xususiyatlarini to‘liq aks ettirishi uchun mos diagramma turini tanlashni o‘rgatishga qaratiladi. Masalan, qanday holda gistogrammadan foydalanish lozim, qanday holda doiraviy diagramma yaxshi natija beradi yoki grafiklarni qachon qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

AH Darsni interfaol usulda tashkil etilishi (diagramma hosil qilishning har bir qadamida o‘quvchilarga vazifa topshiriladi va o‘zlashtirish darslikdagi savollar orqali tekshirib boriladi) kerakli natijani beradi.

MS Excel dasturi hosil qilingan diagrammalarga o‘zgartirish kiritish, ya’ni tahrirlash imkoniyatini ham beradi. Masalan, Format menyusi yordamida diagrammalar, avvalgi darsdagi rasmlarda ko’rganingizdek, qiziqarli va go‘zal holatga keltirildi. Buni avvalgi darsdagi misollardan sezgansiz, albatta. Formatlash uchun diagramma yoki grafikning elementi tanlanib Format menyusiga kiriladi. Bu holda menyu tarkibi tanlangan elementga mos bo’ladi, masalan:




Hosil qilingan diagramma yoki grafik ustida Format menyusi yordamida quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin:



  • tahrir qilish (diagramma turi, ma’lumotlarni, ma’lumotlar shrifti, rang va fonini o‘zgartirish);

  • diagramma o‘lchamlarini, vertikal va gorizontal o‘qlarning formatlarini o‘zgartirish;

  • diagramma chegarasi chiziqlarini tanlash;

  • siljitish va chegaralarni surish va boshqalar.

Masalan, belgilangan o’qqa mos formatlash oynasi yordamida ko’rinishni, shkala chegaralari va bo’laklash qiymatlari, oraliq chiziqlarni tanlash, shrift turi, foni va rangi, son formatlarini tanlash matn yo’nalishi va boshqa bir qancha o’zgartirishlar kiritish imkonini beradi.

Diagramma va grafiklar elementlarini formatlash va tahrirlash uchun mos kontekst-menyulardan foydalanish ham qulay. Quyida diagramma va grafiklar elementlariga ko’pgina kontekst-menyular ko’rinishi ifodalangan.



Kontekst-menyular yordamida ochilgan tahrirlash oynalari mos elementlar formatini bekor qilish, o’zgartirish kiritish va boshqa amallar bajarish imkoniyatini beradi.

Quyidagi misol yordamida grafikni tahrirlash imkoniyatini ochib berishga harakat qilamiz.

1–misol. ikki noma’lumli ikkita tenglamalar sistemasini grafik usulda yeching.

Yechish. Berilgan tenglamalar sistemasini quyidagi ko’rinishga keltirib olamiz: .

Demak, tenglamalar sistemasini yechimi ikkita to’g’ri chiziqning kesishgan nuqtasi bo’lar ekan. Bu to’g’ri chiziqlarning kesishish nuqtasi qaysi oraliqda bo’lishi noma’lum bo’lgani uchun A ustunda x ni qiymatini -100 dan 0 gacha 10 qadam bilan hosil qilib olamiz. Avvalgi darsda to’g’ri chiziq grafigini hosil qiligan edik. Shu kabi B va C ustunlarda x ning tanlangan qiymatlariga mos 1-funksiya va 2-funksiyani qiymatlarini aniqlaymiz. Hosil bo’lgan qiymatlar asosida nuqtali grafiklar hosil qilib, kesishish nuqtasi borligini va x ning qiymati -10 dan katta ekanligini ko’ramiz.



Endi A ustundagi x ning qiymatini -10 dan 10 gacha 2 qadam bilan hosil qilib olamiz. Grafiklar ham mos ravishda o’zgaradi.



Grafiklardan ko’rinadiki, kesishish nuqtasida x ning qiymati 0 dan katta va 5 dan kichik ekan. Shuning uchun, A ustundagi x ning qiymatini 0 dan 5 gacha 0,5 qadam bilan hosil qilib yangi grafiklarga ega bo’lamiz.



Demak, kesishish nuqtasida x ning qiymati 1 dan katta va 2 dan kichik. Shu tariqa oraliqni va qadamlarni kichraytirib borib, quyidagi natijaviy grafiklarga ega bo’lamiz.



To’g’ri chiziqlar grafiklari kesishish nuqtasi aniqroq ko’rinishi uchun quyidagicha tahrirlashni amalga oshirdik:



  1. afsonani olib tashladik;

  2. diagrammalarning standart turidan Nuqtali (Точечная) turi o’rniga Grafik (График) turini tanladik.

Javob: (1,25; 3,75).

Izoh. Grafik hosil qilishda OX toifalar o’qida kerakli ko’lamdagi qiymatlar aks etishi uchun avval nuqtali grafik turi tanlanib, tayyor grafikni tahrirlaganda oddiy grafik turini tanlash muhim.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

SJ Darslikdagi yoki qo’shimcha savol va topshiriqlar.

K Diagramma obyektlari va misollar.

MY Darslikdagi 1-2-mashqlar.

BST Avvalgi mavzular yoki qo’shimcha testlar asosida.

Uyga vazifa:

1. Darslikdagi 3-mashq.



2. Test tuzish (10 ta va undan ortiq).
Download 173,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish