Savollar va javobi
1. Nikolay II ning mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga ko’ra Sirdaryo viloyatidan qancha kishini mardikorlikka olish belgilandi?
87 ming
2. Nikolay II ning mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga ko’ra Samarqand viloyatidan qancha kishini mardikorlikka olish belgilandi?
38 ming
3. Nikolay II ning mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga ko’ra Farg’ona viloyatida belgilangan mardikorlarni to’plash uchun viloyatdagi xonadonlarning ……..ni olishga to’g’ri kelgan?
har 5tasidan bir kishi
4. 1916-yilgi mardikorlikka olishga qarshi kimlarning norozilik harakatlari bo’lgan? 1.dehqonlar 2.hunarmandlar 3.mayda savdogarlar 4.ishchilar 5.yirik savdogarlar 6.boylar 7.ruhoniylar 7.sudxo’rlar
1,2,3,4
5. Farg’onada mardikorlikka olishga qarshi norozilik harakatlari boshlangan paytda Farg’ona viloyati gubernatori kim edi?
Gippius
6. Rossiya markaziy hokimiyati qaysi Farg’ona viloyatining gubernatorining xavotiri va g’alayonlarning oldini olish to’g’risidagi ma’lumotlari podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chiqish deb hisoblab, uni viloyat gubernatori lavozimidan ozod qiladi?
Gippius
7. Mardikorlikka olishga norozilik bildirib, g’alayon ko’targan hudud va vaqti xato berilgan javobni toping.
1916-yil 10-iyul-Toshkent Beshyog’och
8. 1916-yil 5-iyulda Samarqandning Urgut qishlog’idan keyingi mardikorlikka olishga qarshi xalq chiqishlari bo’lib o’tgan hududlarni tartib bilan joylashtiring.
Siyob-Mahalla-Xo’ja Ahror-Angor
9. Politsiyaga qarata “bizni o’ldirsang ham o’g’illarimizni sizlarga bermaymiz” so’zlari kimga tegishli?
Rizvonbibi Ahmadjinova
10. 1916-yil 11-iyuldagi Toshkent Beshyog’och dahasidagi mardikorlikka olishga qarshi xalq namoyishida tinch aholidan qancha qurbonlar bo’ldi?
11 kishi otib o’ldirildi, 15 kishi yarador bo’ldi
11. Mardikorlikka olishga qarshi xalq namoyishi qayerda keng tus oldi?
Farg’ona
12. 1916-yil iyul oyining o’rtalarida Farg’ona viloyatining qaysi uyezdlarida keng tus oldi? 1.Qo’qon 2.Rishton 3.Marg’ilon 4.Pop 5.Andijon 6.O’sh 7.Namangan 8.Dahbed 9.Angor
1,2,3,5,7
13. 1916-yil 9-iyulda qayerda mardikorlikka qarshi xalq tayoq, tosh, ketmonlar bilan qurollanib, norozilik harakatlarini olib bordilar?
Andijon
14. Qachon va qayerda bo’lgan norozilik harakatlarida 2 mirshab o’ldirildi, 63 kishi otib o’ldirildi?
10-iyul-Eski Marg’ilon
15. Andijondagi mardikor olishga qarshi norozilik harakatlaridagi tinch aholi talafotini aniqlang.
3 kishi o’tib o’ldirildi, 12 kishi yarador bo’ldi
16. 1916-yil 10-iyulda qayerda taxminan 25 ming kishi norozilik bildirib, bozor atrofiga yig’ildi?
Eski Marg’ilon
17. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang.
Labbay tog’a dahasida yig’ilgan 1600 dan ortiq kishilarga qurollangan rota tashlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |