Bog'liq 9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan
19-Andijon qo'zg'oloni (47)
Savollar va javobi
1. Rus hukumatining qaysi hujjatining asosiy maqsadi Turkiston o’lkasida yer masalasini rus mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo’lgan?
1886 yilgi “Nizom”
2. Podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta qismini tortib olib, Rossiyadan ko’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etdi.Bunday siyosat ayniqsa qaysi hududda aholining ahvolini yomonlashtirib yubordi?
Farg’ona
3. Turkistonda aholi zich joylashgan, sug’orma ekin maydonlari kam bo’lgan hududni aniqlang.
Farg’ona vodiysi
4. Qachon Rossiyadan Farg’onaga ko’plab aholi ko’chirib kelindi?
1891-yil
5. XIX asr oxirida Turkistonda din peshvolarining keskin noroziligini keltirib chiqargan rus hukumatining siyosatini aniqlang.
A va B
6. Andijon qo’zg’aloni qachon bo’lib o’tdi?
1898-yil
7. 1898-yilgi Andijon qo’zg’aloni haqida xato ma’lumotni toping.
Dukchi Eshon 1845-1898-yillarda yashab o’tgan
8. XIX asrda Turkistonda rus ma’murlariga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon rahbarlaridan qaysi biri oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib, sodda xalq o’rtasida mo’jizalar ko’rsatgan?
Dukchi Eshon
9. Qachon Farg’ona vodiysining turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo’zg’alon bo’lishi haqida gaplar tarqaldi?
1898-yilning bahori
10. Andijonda mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi norozilik harakatlarining oshkora qo’zg’alon ko’rinishida boshlanib ketishiga nima sabab bo’ldi?
1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo’zg’alon ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo’ldi
11. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqdagi telegraf simlarni qirqib tashlashdi?
Tojikqishloq
12. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerning pristavini o’ldirdilar?
Asaka
13. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar ikkiga bo’linib, ularning biriga kim rahbarlik qiladi?
Ziyovuddin mahsum
14. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning saflariga yana 200 kishi qo’shildi?
Qutchi
15. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning saflariga mingboshi G’oyibnazar o’z odamlari bilan qo’shildi?
Qo’yli
16. Qachon Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo’zg’alon ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qildi?
1898-yil 17-may
17. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qutchi qishlog’iga borganlarida ularning saflariga qancha kishi qo’shildi?
200 kishi
18. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qo’yli qishlog’iga borganlarida ularning saflariga kim o’z odamlari bilan qo’shildi?
mingboshi G’oyibnazar
19. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerdagi rus harbiy kazarmasiga hujum qilishdi?
Andijon
20. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilarning Andijondagi rus harbiy kazarmasiga hujumi tafsilotlari xato berilgan javobni toping.
qo’zg’alonchilarning 9 tasi yarador qilindi
21. Muhammad Ali qo’zg’aloni Andijonning qaysi qismida ayniqsa vahima uyg’otdi?
Yangi shahar
22. Muhammad Ali qo’zg’alonidan qo’rqib, ko’chaga chiqmay o’z uyidan telefon orqali harbiy kuchlarni chaqirgan tumanboshi kim?
Konshevskiy
23. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirish uchun rus harbiy qismlari necha soat ichida Andijonga yetib kelishdi?
3 soat
24. Muhammad Ali qo’zg’aloni boshlangan paytda Turkiston general-gubernatori kim edi?
Vrevskiy
25. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-leytenant …….ni lavozimidan chetlatdi?
Vrevskiy
26. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-leytenant Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, bu vazifani vaqtinchalik kimning zimmasiga yukladi?
Korolkov
27. Quyidagi xato javobni toping.
1898-yilgacha Korolkov Samarqand viloyatining harbiy gubernatori edi
28. Korolkov 1898-yil 20-may kuni qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun qaysi viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi?
Farg’ona
29. Korolkov qachon qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun Farg’ona viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi?
1898-yil 20-may
30. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qancha kishi hibsga olindi?
2000 kishi
31. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qo’zg’alonchilardan qancha kishi o’lim jazosiga hukm qilindi?
380 kishi
32. Qaysi harbiy vazir Turkiston general-gubernatori Duxovskoyga qo’zg’alonchilarni o’ldirish ko’paymasligi to’g’risida telegramma jo’natdi?
Kuropotkin
33. 1898-yilda vaqtinchalik Turkiston general-gubernatorlik vazifasi topshirilgan Korolkov kim edi?
Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori
34. Dukchi Eshon qo’zg’alonchilar safida qancha kishiga o’lim jazosi berildi?
22 kishiga
35. Duxovskoyga Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan o’lim jazosini katorga va qamoq jazosiga almashtirish haqida ko’rsatmani kim bergan?
harbiy vazir
36. Quyidagi xato javobni toping.
Andijon qo’zg’alonchilaridan 3 ming kishi hibsga olindi
37. Muhammad Ali qo’zga’lonidan keyin yana qachon Farg’ona vodiysida yangi qo’zg’alon bo’lib o’tdi?
1899-yil 20-iyul
38. Rossiya imperiyasi uchun eng notinch, to’xtovsiz norozilik harakatlari va qo’zg’alon bo’lib turgan hududni aniqlang.
Turkiston
39. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang.
zamonaviy qurollar bo’la turib, undan foydalana bilishmadi
40. Chibil bo’lis qayerdagi qo’zg’alonchilarga boshchilik qildi?
Ketmontepa va Ko’gart
41. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang.
qo’zg’alonda barcha tabaqa ishtirok etsa ham , ba’zi tabaqalarning ruslar tomoniga o’tib ketishi
42. Dindorlar orasida obro’ qozongan diniy rahnamo unvoni bu.....
eshon
43. Forscha yig, dug ma’nolarini anglatadigan so’z bu….
dukchi
44. Kazarma so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
italyancha-uycha
45. Jinoyatlar uchun og’ir mehnat sharoitida jazoni o’tash joyi bu….
katorga
46. Harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino bu….
kazarma
47. Charxning yigirilayotgan ,ip o’rab boriladigan qismi.Duk yasovchi hunarmand …..deyilgan.
dukchi