25-Jadidchilik harakatining vujudga kelishi (42)
Testlar
1. XIX asrning II-yarmidan kimlar Turkiston xalqi orasida ilg’or g’oyalarni tarqatishda maorif tizimini asosiy vosita deb bildilar?
A) ruhoniylar
B) savdogarlar
C) ziyolilar
D) dehqonlar
2. Qachondan boshlab Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati vujudga keldi?
A) XIX asrning II-yarmi
B) XIX asrning I-yarmi
C) XIX asrning oxirlaridan
D) XIX asrning boshlaridan
3. XIX asrning II-yarmidan mustamlaka zulmi ostidagi …..lar o’z xalqlarini ma’rifatli qilish va ularning taraqqiyot darajasini ko’tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar?
A) ziyolilar
B) ruhoniylar
C) savdogarlar
D) dehqonlar
4. XIX asrning II-yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan qaysi hududlarda o’z xalqini ma’rifatli qilish g’oyalari tarqala boshlandi? 1.Qrim 2.Kavkazorti 3.Turkiston 4.Xiva 5.Buxoro 6.Qozoqlar yeri 7.Dog’iston 8.Boshqirdiston 9.Checheniston 10.Asetiya 11.Yoqutiston
A) 1,2,3,4,5
B) 6,7,8,910
C) 1,3,5,7,9
D) 2,4,6,8,10
5. Butun turkiy xalqlar o’rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisini aniqlang.
A) M.Behbudiy
B) U.Xo’jayev
C) Ismoil Gaspirali
D) Cho’lpon
6. Ismoil Gaspirali yashagan yillarni aniqlang.
A) 1853-1916
B) 1852-1915
C) 1850-1913
D) 1851-1914
7. Ismoil Gaspirali qachon va qayerda I-jadid maktabiga asos soldi?
A) 1885-Qrimdagi Kavkazdarvozasida
B) 1884-Qrimdagi Muyelida
C) 1884-Qrimdagi Bog’chadarvozada
D) 1884-Qrimdagi Bog’chasaroyda
8. I.Gaspirali o’zi tuzgan dastur asosida 40 kun ichida qancha o’quvchining savodini chiqardi?
A) 10 ta
B) 16 ta
C) 12 ta
D) 14 ta
9. « «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh » asarining muallifi kim ?
A) U.Xo’jayev
B) Cho’lpon
C) Ismoil Gaspirali
D) M.Behbudiy
10. 1888-yilda …..
A) Qrimdagi Bog’chasaroyda I-jadid maktabi ochildi
B) Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid makltabini ochdi
C) I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarini chop qildirdi
D) Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi
11. I.Gaspiralining xat-savod chiqarish usuli qanday ataladi?
A) barcha javoblar to’g’ri
B) “usuli jadid”
C) “harf tovushi usuli”
D) “usuli savtiya”
12. I.Gaspiralining “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarida bayon bayon etilgan ta’lim tizimini ko’rsating. 1.ta’lim tizimi 2.dars o’tish 3.darsning tashkil qilinishi 4.zamonaviy ta’lim metodlari 5.o’quv xonalarining jihozlanishi 6.maktablarda o’tkaziladigan har xil tadbirlar 7.dars jadvali 8.ta’tillar 9.kundalik daftar 10.imtihonlar
A) 1,2,3,5,7,8,10
B) 4,5,6,9
C) 1,2,4,6,9
D) 1,2,3,4,6
13. Jadid so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A) forscha-yangi
B) arabcha-sifatli
C) turkcha-ta’lim
D) arabcha-yangi
14. Jadidlar musulmon xalqlarining maktab va madrasalarida yoshlarga o’qitilishi zarur deb topilgan fanlar xato berilgan javobni aniqlang.
A) fiqh, falakiyot
B) tibbiyot va kimyo
C) fors va rus tillari
D) diniy ta’lim, arab tili
15. Turkiston o’lkasida millat istiqbolini o’ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning qaysi tabaqalarida mavjud edi?
A) barcha javoblar to’g’ri
B) savdogarlar va mulkdorlar
C) hunarmand va dehqonlar
D) ulamolar
16. Jadidchilik g’oyalarining yoyilishida qaysi gazeta katta o’rin tutgan?
A) “Oyna”
B) “Tarjimon”
C) “Millat ko’zgusi”
D) “Sharq”
17. 1893-yilda…..
A) Qrimdagi Bog’chasaroyda I-jadid maktabi ochildi
B) I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarini chop qildirdi
C) Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid makltabini ochdi
D) Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi
18. 1910-yilda O’rta Osiyolik jadid ma’rifatparvarlarining eng kichigi kim edi?
A) Cho’lpon 12 yoshda
B) Behbudiy 12 yoshda
C) Behbudiy 36 yoshda
D) Cho’lpon 13 yoshda
19. 1910-yilda O’rta Osiyolik jadid ma’rifatparvarlarining eng kattasi kim edi?
A) Behbudiy 36 yoshda
B) Cho’lpon 32 yoshda
C) Behbudiy 52 yoshda
D) Cho’lpon 43 yoshda
20. O’rta Osiyoda taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi necha bosqichda bo’ldi?
A) 4
B) 3
C) 5
D) 2
21. O’rta Osiyo jadidchilik harakati qaysi yilga kelib o’zining II-bosqichi siyosiy ko’rinishdagi harakatga aylandi?
A) 1918
B) 1919
C) 1917
D) 1916
22. O’rta Osiyodagi milliya taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlarga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) Turkiston, Toshkent, Samarqand jadidlari
B) Toshkent, Farg’ona, Buxoro
C) Farg’ona, Buxoro, Jizzax
D) Turkiston, Xiva,Buxoro jadidlari
23. O’rta Osiyo taraqqiyparvarlik kuchlari qachon shakllangan?
A) XIX asr oxiri
B) XX asr boshlari
C) XIX asr o’rtalari
D) XIX asr boshlari
24. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini kimlar tashkil qilishgan?
A) hunarmandlar
B) dehqonlar
C) ziyolilar
D) mulkdorlar
25. Buxoro jadidchiligining asosiy tarkibi kimlardan iborat edi? 1.ziyolilar 2.mayda do’kondorlar 3.o’qituvchilar 4.hunarmandlar 5.savdogarlar 6.katta mulkdorlar 7.dehqonlar 8.chorvadorlar 9.mardikorlar
A) 1,2,3,4,5
B) 2,4,6,8,9
C) 4,5,6,7,8,9
D) 1,3,5,7,9
26. O’rta Osiyodagi qaysi jadidchilik ayrim mutaasib mullalar, yangilik va islohotlarni xush ko’rmaydigan qadimchilar oqimi qarshiligiga uchradi?
A) Turkiston
B) Samarqand
C) Buxoro
D) Xiva
27. Qachondan boshlab Buxoro jadidchilik harakati tashkiliy tus olib, siyosiy tashkilot sifatida shakllana boshladi?
A) 1912
B) 1910
C) 1909
D) 1911
28. Qachondan Buxoro taraqqiyparvarlari vaziyatga tanqidiy yondashib, ichki boshqaruv tizimi zamon talablariga javob bermasligini, mehnatkash xalqning turmush darajasi nihoyatda past ekanligini chuqur anglay boshladilar?
A) XX asr boshlari
B) XIX asr boshlari
C) XIX asr oxiri
D) XIX asr o’rtalari
29. Xiva xonligida jadidchilik necha oqimga bo’lingan?
A) 4
B) 5
C) 3
D) 2
30. Xivada jadidchilikning o’ng oqimiga kim rahbarlik qilgan?
A) bosh vazir Islomxo’ja
B) qushbegi Islomxo’ja
C) mehtar Bobooxun Salimov
D) qozikalon Bobooxun Salimov
31. Xivada jadidchilikning so’l oqimiga kim rahbarlik qilgan?
A) mehtar Bobooxun Salimov
B) qushbegi Islomxo’ja
C) qozikalon Bobooxun Salimov
D) bosh vazir Islomxo’ja
32. Xivadagi jadidlarning o’ng oqimi o’z oldiga qanday g’oyalarni maqsad qilib qo’ydi?
A) mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o’tkazilishini
B) yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishish
C) mamlakatdagi barcha madrasalarda diniy bilimlarni o’qitishni kuchaytirish
D) mamlakatda xon hokimiyatini tugatish
33. Xivadagi jadidlarning so’l oqimi o’z oldiga qanday g’oyalarni maqsad qilib qo’ydi?
A) mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o’tkazilishini
B) mamlakatda xon hokimiyatini tugatish
C) mamlakatdagi barcha madrasalarda diniy bilimlarni o’qitishni kuchaytirish
D) yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishish
34. 1898-yilda…..
A) Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid makltabini ochdi
B) Qrimdagi Bog’chasaroyda I-jadid maktabi ochildi
C) Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi
D) I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarini chop qildirdi
35. 1899-yilda Andijonda kim jadid maktabini ochdi?
A) Salohiddin domla
B) Mannon qori
C) M.Behbudiy
D) Shamsiddin domla
36. 1899-yilda Toshkentda kim jadid maktabini ochdi?
A) Mannon qori
B) M.Behbudiy
C) Shamsiddin domla
D) Salohiddin domla
37. O’rta Osiyodagi I-jadid maktabi qachon va qayerda ochildi?
A) 1898-Qo’qon
B) 1899-Andijon
C) 1899-Toshkent
D) 1893-Buxoro
38. O’rta Osiyodagi II-jadid maktabi qachon va qayerda ochildi?
A) 1899-Toshkent
B) 1893-Buxoro
C) 1899-Andijon
D) 1898-Qo’qon
39. Andijon va Toshkentda qachon jadid maktabiga asos solindi?
A) 1899
B) 1893
C) 1884
D) 1898
40. O’rta Osiyoda jadid maktablariga asos solgan shaxslar xato berilgan javobni aniqlang.
A) Mannon qori
B) Shamsiddin domla
C) I.Gaspirali
D) Salohiddin domla
41. Qaysi hududda milliy ziyolilarning harakati Turkiston o’lkasiga nisbatan og’ir ijtimoiy sharoitda yuzaga keldi?
A) Xiva
B) Buxoro
C) Samarqand
D) Toshkent
42. Insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya bu….
A) maorif
B) muxolifot
C) ma’naviyat
D) ma’rifat
Do'stlaringiz bilan baham: |