1. Mashhur nasta'liq xatini kashf qilgan shaxsni aniqlang.
A) Alisher Navoiy
B) Mirali Tabriziy
C) Sultonali Mashhadiy
D) Kamoliddin Behzod
2. Husayn Boyqaroning "Bog'i Jahonoro" bog'idagi saroy devoridagi bitiklarni chizgan mashhur xattot kim bo'lgan edi?
A) Mirali Tabriziy
B) Alisher Navoiy
C) Sultonali Mashhadiy
D) Kamoliddin Behzod
3. "Sulton ul-xattotin", "Qiblat ul-quttob" nomlari bilan shuhrat qozongan shaxsni aniqlang.
A) Sultonali Mashhadiy
B) Alisher Navoiy
C) Mirali Tabriziy
D) Kamoliddin Behzod
4. Temuriylar davrida qaysi shaharlarda maxsus saroy kutubxonalari tashkil qilingan edi?
A) Samarqand va Buxoroda
B) Samarqand va Toshkentda
C) Toshkent va Buxoroda
D) Samarqand va Hirotda
5. Temuriylar davrida kutubxona ishlariga boshchilik qilgan shaxsni aniqlang.
A) lavvoh
B) to'g'ri javob yo'q
C) kitobdor
D) sahhof
6. 1429 yilda Hirotda qaysi asar qayta ko'chirilib, 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan edi?
A) "Ta'rixi arba ulus"
B) "Shohnoma"
C) "Zafarnoma"
D) "Ziji Jadidi Ko'ragoniy"
7. Temuriylar davrida Hirotda kim ajoyib kutubxona yaratib unga boshchilik qilgan edi?
A) Husayn Boyqaro
B) Abulqosim Bobur
C) Boysung'ur mirzo
D) Abdullatif
8. Alisher Navoiyning hassaga tayangan va o'ychan holda tasvirini yaratib qoldirgan rassomni aniqlang.
A) Mahmud Muzahhib
B) Abdullo Xotifiy
C) Qosim Rabboniy
D) Kamolliddin Behzod
9. XV asrda musavvirlikning Hirot maktabiga asos solgan shaxsni aniqlang.
A) Abdullo Xotifiy
B) Mahmud Muzahhib
C) Qosim Rabboniy
D) Kamolliddin Behzod
10. Temuriylar davrini yoritgan "Zafarnoma" asarining muallifi kim edi?
A) Xondamir
B) Mirxond
C) Durbek
D) Sharafiddin Ali Yazdiy
11. O'z zamondoshlari tomonidan Moniyi Soniy deb ulug'langan musavvirni aniqlang.
A) Kamolliddin Behzod
B) Qosim Rabboniy
C) Mahmud Muzahhib
D) Abdullo Xotifiy
12. Quyidagi kuylardan qay biri Ulug'bek tomonidan yaratilmagan?
A) Shodiyona
B) Isfahoniy
C) Tabriziy
D) Bulujiy
13. "Isfahoniy" kuyini kim ijod qilgan edi?
A) Ulug'bek
B) Alisher Navoiy
C) Binoiy
D) Kamoliddin Behzod
14. Musiqa nazariyasiga oid asarlar yaratgan allomalarni aniqlang.
A) Sayfi Saroiy va Atoiy
B) Jomiy va Binoiy
C) Navoiy va Kamoliddin Behzod
D) Muhammad Solih va Navoiy
15. Temuriylar davrida lavha yasovchi usta qanday nomlangan?
A) lavvoh
B) sarrof
C) sahhof
D) kitobdor
16. Temuriylar davrida muqovasozlik qanday nomlangan?
A) lavvohlik
B) sarrojlik
C) najjorlik
D) sahhoflik
17. Arab mumtoz xati uslublaridan biri bo'lgan va 5/6 qismi egri, 1/6 qismi to'g'ri chiziqlar bilan yoziladigan yozuvni aniqlang.
A) rusiy
B) islimiy
C) bulujiy
D) nasta'liq