1. Mirzo Ulug'bek yashab o'tgan yillarni aniqlang.
1394 - 1449 yillar
2. 1409 yilda Ulug'bek qayerlarning hokimi etib tayinlangan edi?
Turkiston va Movarounnahr
3. Mirzo Ulug'bekning asl ismi qanday bo'lgan?
Muhammad Tarag'ay
4. Shoxrux tomonidan Hisori Shodmon hukmdori etib kim tayinlangan edi?
Muhammad Jahongir
5. Shoxrux tomonidan Farg'onadan to O'zgangacha bo'lgan hududlar kimga berilgan edi?
Amirak Ahmad
6. XV asr boshlarida na Shoxrux va na Ulug'bekni tan olgan Turkiston hokimi kim bo'lgan edi?
Shayx Nuriddin
7. 1410 yilda Shayx Nuriddin kimlar bilan birlashib temuriylarga qarshi isyon ko'targan edi?
Muhammad Jahongir, Amir Abduholiq va Chingiz o'g'lon
8. 1410 yilning 20 aprelida Ulug'bek va isyonchilar o'rtasida qayerda jang bo'lib o'tgan edi?
Samarqand yaqinidagi Qizilravot mavzeyida
9. 1410 yil 20 aprelida isyonchilardan yengilgan Ulug'bek qayerga qochgan edi?
Kalifga
10. Nechanchi yildan boshlab Ulug'bek Movarounnahr va Turkistonni to'liq boshqara boshlaydi?
1412-yildan
11. Ulug'bek nechanchi yilda Farg'ona va Qoshgarni egallagan edi?
1414 yilda
12. Qachon Ulug'bek Xorazmni Oltin O'rda xonlarni tasarrufidan qaytarib olgan edi?
1413 yilda
13. Ulug’bekning qayerga yurishi muvaffaqiyatli bo’lgan edi?
Mug’uliston
14. Ulug'bek qachon Mo'g'ulistonga yurish boshlagan edi?
1425 yil bahorida
15. Ulug'bek va Mo'g'uliston qo'shinlari o'rtasidagi jang qayerda bo'lib o'tgan edi?
Issiqko'l yaqinida
16. Ulug'bek qaysi yurishdan keyin ikki bo'lak nefrit toshi olib kelib, Go'ri Amir maqbarasiga qabr toshi yaratgan edi?
Mo'g'uliston yurishi
17. Mo'g'uliston yurishidan keyin Ulug'bek qayerga o'ziga xos "zafarnoma" yozib qoldirgan edi?
Jizzaxning Ilono'tti darasida
18. Ulug'bekning qayerga yurishi muvaffaqiyatsiz bo'lgan edi?
Dashti Qipchoqga
19. Shohrux qachon va qayerda vafot etgan edi?
Ray viloyatida, 1447 yil 12 martda
20. Shohrux vafotidan keyin Xurosonda o’zboshimchalik bilan taxtni kim egallab oladi?
Alouddavla
21. Ulug'bek va Abdullatif qo'shinlari qachon Tarnob jangida Alouddavlat qo'shinlarini yenggan edi?
1448 yil bahorida
22. Ulug'bekning o'g'li Abdullatif Hirotda necha kun hukmronlik qilgan edi?
15 kun
23. Kimning qo'shinlar yaqinlashib kelayotganini eshitgan Abdullatif Hirotni tashlab qochgan edi?
Abulqosim Bobur
24. Balxga hokim etib tayinlangan Abdullatif savdogarlarni o’z tomoniga o’gdirib olish uchun qaysi soliqni bekor qilgan edi?
tamg’a
25. Mironshoh Qavchin kim?
Samarqand amiri
26. Ixtiyoruddin qal'asi qaysi shaharda joylashgan edi?
Hirot
27. Hirotdan Samarqandga qaytayotgan Mirzo Ulug'bek kimlarning zarbasiga uchragan edi?
Abulxayrxon boshchiligidagi Dashti Qipchoq qo'shiniga
28. Xurosonga yurishlar davrida Ulug'bek kimni Samarqandda vaqtinchalik noib etib qoldirgan edi?
Abdulazizni
29. Mirzo Ulug'bekning o'ldirilishiga qarshi bo'lgan Samarqand qozisi kim edi?
Shamsiddin Muhammad Miskin
30. Mirzo Ulug'bek qaysi yillarda Movarounnahrni boshqargan edi?
1409-1449 yillar