1. XIV asrning 50-60 yillarida Movaraunnahr nechta mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan edi?
10 taga yaqin
2. XIV asrning 50-60 yillarida kim Samarqand viloyatida bek edi?
Amir Bayon Sulduz
3. XIV asrning 50-60 yillarida kim Kesh viloyatida bek edi?
Amir Hoji Barlos
4. XIV asrning 50-60 yillarida kim Xo'jandda bek edi?
Amir Boyazid Jaloyir
5. XIV asrning 50-60 yillarida kim Balxda bek edi?
O'ljoytu Sulduz
6. Amir Temurning to'liq ismi qaysi javobda to'g'ri berilgan?
Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul
7. Amir Temur turkiylarning qaysi urug'idan bo'lgan?
barlos
8. Amir Temur necha yoshga to'lganida otasi uni o'qishga bergan edi?
yetti yoshga
9. Amir Temurning yoshligidan piri kim bo’lgan?
Shayx Shamsiddin Kulol
10. 1355 yilda Amir Temur kimni o’z nikohiga olgan edi?
Uljoy Turkon Og’oni
11. 1352 yilda Amir Temurni otasi kimga uylantirgan edi?
Joku Barlosning qizi Turmush og'oga
12. 1360-61 yillarda Movaraunnahrga bostirib kirgan Mug’uliston xonini aniqlang.
Tug’luq Temur
13. 1360-61 yillarda Movarounnahrga bostirib kirgan Tug'luq Temurdan qochib Amir Hoji Barlos qayerga qochgan edi?
Xurosonga
14. Dastlab Tug’luq Temur xizmatiga kirgan Amir Temur qanday lavozim oladi?
dorug’a
15. 1363 yilda……
Amir Temur va Amir Xusayn mo'g’ullar ustidan dastlabki g’alabaga erishadilar
16. Qachon Amir Temur va Amir Husayn mo'g'ullarni Movarounnahrdan quvib chiqargan edilar?
1364 yilda
17. Amir Temur va Amir Husaynning birlashgan qo'shinlari qachon Ilyosxo'janing qo'shinlariga qarshi "loy janggi" da kurash olib borishgan edi?
1365 yil 22 may
18. Sarbadorlar Samarqandda qaysi soliqni bekor qilishgan edi?
jizya
19. Sarbadorlar harakati yo’lboshchilaridan qay biri mohir mergan bo’lgan?
Xurdaki Buxoriy
20. Sarbadorlar harakati yo’lboshchilaridan qay biri mudarris bo’lgan?
Mavlonzoda Samarqandiy
21. Sarbador so’zining ma’nosi nima?
boshi dorda
22. Amir Temurning iltimosiga ko'ra Sarbadorlardan qaysi biri qutqarib qolingan edi?
Mavlonzoda Samarqandiy
23. Amir Temur qachon markazlashgan davlatga asos solgan edi?
1370 yil
24. Qachon Movaraunnahrda Amir Husaynning hukmronligi o'rnatilgan edi?
1366 yil
25. Sarbador harakati yo’lboshchilaridan kim hunarmand bo'lgan?
Abu Bakr Kalaviy