1. Yoshligida kudungarlik (matolarga ohor beruvchi) bilan shug’ullangan, keyin sarxanglik lavozimlarida ishlagan shaxsni aniqlang.
A) Hoshim ibn Hakim
B) Abu Muslim
C) Abruy
D) Mazdak
2. Abbosiylar sulolasi Arab xalifaligini boshqargan yillarni aniqlang.
A) 749- 956 yillar
B) 750-1055 yillar
C) 750-1258 yillar
D) 661-750 yillar
3. Muqannaning targ’iboti Movaraunnahrning qaysi viloyatlarida yaxshi samara beradi?
A) Narshax va Poykand
B) Xorazm va Buxoro
C) Samarqand va Shosh
D) Naxshab va Kesh
4. Muqannaning qarorgohini aniqlang.
A) Koza qishlog’i
B) Som qal’asi
C) Shavval qishlog’i
D) Moxuvon qal’asi
5. Muqanna qo'zg'oloni bo'lib o'tgan yillarni aniqlang.
A) 769-783 yillar
B) 765-780 yillar
C) 768-782 yillar
D) 760-789 yillar
6. Dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi tarafdori bo'lgan Eronning bosh kohini kim edi?
A) Abruy
B) Hoshim ibn Hakim
C) Moniy ibn Fatak
D) Mazdak ibn Hamdodon
7. Rofe ibn Lays qo'zg'oloni qaysi shahardan boshlangan edi?
A) Buxorodan
B) Naxshabdan
C) Xorazmdan
D) Samarqanddan
8. 776 yildan boshlab Muqanna qo'zg'oloni qayerda kuchayib ketadi?
A) Surxon vohasi
B) Kesh vohasi
C) Buxoro vohasi
D) Marv vohasi
9. "Oq kiyimliklar" va turkiy qabilalar qaysi shaharda arablarga qarshi ikki yil jang qilgan edilar?
A) Samarqandda
B) Naxshabda
C) Buxoroda
D) Keshda
10. Xalifa Mansur tomonidan “Oq kiyimlilar”ga qarshi yuborilgan shaxsni aniqlang.
A) Ziyod ibn Solih
B) Tohir ibn Husayn
C) Jabroil ibn Yahyo
D) Xusayn Ibn Maoz
11. 776 yilda qo’zg’olonchilarning asosiy tayanchi bo’lgan va to’rt oylik jangdan keyin taslim bo’lgan shaharni toping.
A) Kesh
B) Som
C) Poykand
D) Narshax
12. Oq kiyimlilar qo’zg’oloni yengilishining eng asosiy sababi nima edi?
A) mahalliy mulkdorlarning sotqinligi
B) qo’zg’olonning cho’zilib ketishi
C) arablarning kuch jihatdan ustunligi
D) qo’zg’olonchilarning uyushmaganligi
13. Rofe ibn Lays qo’zg’olon ko’targan yili (806 yil) Xuroson noibi kim edi?
A) Tohir ibn Husayn
B) Ahmad
C) Ma’mun
D) somoniy Nuh
14. Rofe ibn Lays qo'zg'olonini bostirish uchun Xuroson noibi Ma'mun kimlardan yordam so'ragan edi?
A) Jabroil ibn Yaxyodan
B) Somonxudotning nabiralari
C) Ukasi Amindan
D) Tohir ibn Husayndan
15. Mazdak Ibn Hamdodon yashab o'tgan yillarni aniqlang?
A) 470-532-yillar
B) 470-519-yillar
C) 470-529-yillar
D) 470-539-yillar
16. Kichik lashkarboshi ma’nosini beruvchi atamani aniqlang.
A) poykor
B) sarhang
C) sohibi shurat
D) ariz
17. Muqanna qo'zg'oloni qaysi hududlarga ham ta'sirini o'tkazgan edi?
A) Shosh va Eloq
B) Farg'ona va Xorazm
C) Eloq va Yettisuv
D) Toshkent va Farg'ona
18. Qo'zg'olonchilar qaysi shahar yaqinida yordamga kelayotgan arab qo'shinlarini tor-mor etdilar?
A) Samarqandda
B) Keshda
C) Termizda
D) Urganchda
19. "Oq kiyimliklar" qo'zg'olonining so'nggi bosqichi qayerda bo'lib o'tgan edi?
A) Urganchda
B) Termizda
C) Samarqandda
D) Keshda
20. Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo’zg’olon Samarqanddan boshlanib, qaysi hududlarga yoyilgan? 1.Shosh 2.Farg'ona 3.Buxoro 4.Naxshab 5.Xorazm 6.Eloq
A) 1, 2, 4, 5, 6
B) 1, 3, 5
C) 2, 3, 4, 5, 6
D) 1, 2, 3, 4, 5
21. Quyidagi qaysi qo’zg’olon boshlig'i o'z xohishi bilan qo'zg’olonni to'xtatgan edi?
A) Moniy ibn Fatak
B) Abruy
C) Hoshim ibn Hakim
D) Rofe ibn Lays