8-sinf jahon tarixi



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/83
Sana15.05.2021
Hajmi1,35 Mb.
#64771
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
Bog'liq
7-sinf-JAHON-TARIXI

 
 
036-Oltin O'rda davlati (39) 
Savollar va javobi 
1. Mo`g`ullarning 1235 yilgi qurultoyida O`qtoy qoon (xon) Chingizxonning Rus va Shimoliy 
Kavkaz yerlarini bosib olish haqidagi vasiyatini eslatib, to`planadigan qo`shinga kim yetakchilik 
qilishini e’lon qiladi? 
 Botuxon 
2. Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan kim beriladi? 
 Subutoy 


 
3. Botu va Subutoylar 1237 yilning kuzida rus yerlariga hujum qilib, dastlab qayerni bosib olishadi? 
 Ryazanni 
4. Botu va Subutoylar tomonidan 1238-1240 yillarda bosib olingan Rus knyazliklarini ketma-
ketlikda joylashtiring? 
 Vladimir, Suzdal, Kiev, Galich, Volin 
5. Mo`g`ullar tomonidan 1241-1242 yillarda qaysi davlatlarning bir qismi egallanadi? 
 Chexiya, Vengriya, Polsha 
6. Nechanchi yili O`qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo`yi dashtlariga 
qaytadi? 
 1243 yilda 
7. Botuxon istilo qilgan Volgabo`yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari, Shimoliy Kavkaz, Moldaviya 
hududlarida rus yozma manbalarida qanday nom olgan Jo`ji ulusi shakllanadi? 
 Oltin O`rda 
8. Botuxon kimning o`g`li bo’lgan? 
 Jo`jining 
9. 1236-1255 yillarda Oltin O`rda xoni kim bo`lgan? 
 Botuxon 
10. Qachon Oltin O`rda xonligi tashkil topgan? 
 XIII asrning 40-yillari boshida 
11. 1224 yilda Jo`ji ulusiga qayerlar kirar edi? 
 Shimoliy Xorazm va Shimoliy Kavkaz 
12. Oltin O`rdada ijro hokimiyati boshlig`i kim bo’lgan? 
 Beklarbegi 
13. Oltin O`rdada devon ishlarini kim boshqargan? 
 Vazir 
14. Oltin O`rdada mahalliy boshqaruv kimlarning qo`lida bo`lgan? 
 Dorug`a va bosqoq 
15. Oltin O`rda XIV asrdan necha katta viloyatga bo`linib, ular ulus nomini olgan? 
 4 ta 
16. Oltin O`rda davlatida qo`shinni kim boshqargan? 
 Beklarbegi 
17. Oltin O`rdada qaysi beklarbegilar hatto xonlarni ham o`z xohishlariga qarab tayinlaganlar? 
 No`g`ay, Mamay, Edigey 
18. Mo`g`ullar qachon Rusning janubiy knyazliklarida aholini ro`yxatga olish tadbirini o`tkazadi? 
 1248 yilda 
19. Mo`g`ullar qachon Rusning shimoliy knyazliklarida aholini ro`yxatga olish tadbirini o`tkazadi? 
 1257 yilda 
20. Oltin O`rdada aholini ro`yxatga olinishining yakunida mamlakat aholisi nima deb nomlangan 
katta to`lovga tortiladi? 
 Chiqim 
21. Oltin O`rdada aholidan shoshilinch yig`iladigan soliq qanday atalgan? 
 Talab 
22. Oltin o`rdada soliq va bojlar to`lanishini kimlar nazorat etishgan? 
 Bosqoq 
23. Mo`g`ullar imperiyasi bo`ylab tashkil etilgan yomlar – yo`l bekatlari qaysi davlatdan qabul 
qilingan? 
 Xitoydan 
24. Mo`g`ullar bilan tinchlik siyosatini Vladimir boshlab kim davom ettirgan? 
 Aleksandr Yaroslavich 
25. Eronda mo`g`ullar davlatini kim tuzgan? 
 Xuloku 
26. Xuloku va uning vorislari Oltin O`rda bilan qayerga egalik qilish masalasida raqobatlasha 


 
boshlaydi? 
 Kavkaz ortiga 
27. Qachon Botuxonning ukasi Berkaxon vafot etadi? 
 1266 yilda 
28. Xuloku ulusiga qarshi kurashda Oltin O`rda qayerning sultoni bilan ittifoq tuzadi? 
 Misr 
29. Qachon Oltin O`rda davlati o`z qudratining cho`qqisiga erishadi? 
 XIV asrning birinchi yarmida 
30. Oltin O`rda davlati o`z qudratining cho`qqisiga erishishi kimlarning faoliyati bilan bog`liq? 
 O`zbekxon va Jonibek 
31. 1312-1342 yillarda Oltin O`rda xoni kim bo`lgan? 
 O`zbekxon 
32. 1342-1357 yillarda Oltin O`rda xoni kim bo`lgan? 
 Jonibek 
33. 1314 yilda Oltin O`rdaning qaysi xoni islomni davlat dini deb e’lon qiladi? 
 O`zbekxon 
34. Oltin O`rdada kimning davri shaharsozlikning yuksalishi bilan xususiyatlanadi? 
 O`zbekxon 
35. Oltin O`rda davrida Rossiyada 100 tadan ortiq shaharlar vujudga kelgan bo`lib, ularning 
qaysilari hozir ham mavjud? 
 Tula, Tyumen, Azov, Astraxan 
36. XIV asrning o`rtalarida kim Oltin O`rdani yana o`n besh yilga birlashtiradi? 
 To`xtamish 
37. Amir Temur Jo`ji ulusiga qarshi necha marta yurish qiladi? 
 3 marta 
38. To`xtamishning Amir Temurdan Shimoliy Kavkazdagi nechanchi yilgi mag`lubiyati Saroy, 
Saroy Berka, Astraxan shaharlarining vayron etilishiga sabab bo`ladi? 
 1395 yilda 
39. Oltin O`rda XV asrning birinchi yarmida qaysi xonliklarga bo`linib ketadi? 
 Qrim, Sibir, Qozon, Qozoq, No`g`ay

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish