022-Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi (23)
Testlar
1. Fransiyada qaysi gersoglarning har biri qirolga nisbatan ko`proq hudud va aholiga ega edilar?
A) Normandiya va Provans
B) Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya
C) Normandiya, Burgundiya, Akvitaniya, Provans
D) Normandiya, Barselona, Burgundiya
2. Fransiyada qaysi grafliklar kuch-qudrat bobida qiroldan kam bo`lishmagan?
A) Anju, Tuluza, Blua
B) Normandiya, Barselona, Anju, Blua
C) Normandiya, Tuluza va Provans
D) Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya
3. Qirol, gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlar mehnati bilan ishlanadigan er-mulklari
qanday atalgan?
A) Feod
B) Obrok
C) Domen
D) Marka
4. Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayishi qaysi qirolning o`z mulklaridagi vassallarini itoat
ettirishidan boshlangan?
A) Lyudovik V
B) Lyudovik VI
C) Yakov II
D) Karl VI
5. 1108-1137 yillarda Fransiya qiroli kim bo`lgan?
A) Lyudovik V
B) Lyudovik VI
C) Yakov II
D) Karl VI
6. Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayishi … qirolning o`z mulklaridagi vassallarini itoat
ettirishidan boshlanadi?
A) X asrdan
B) XV asrdan
C) XIV asrdan
D) XII asrdan
7. Lyudovik VI Fransiyaning qaysi shaharlarini o`z domeniga qo`shib oladi?
A) Parij va Orlean
B) Burj va Tuluza
C) Marsel va Tuluza
D) Burj va Sans
8. Fransiyaning qaysi qiroli o`zboshimcha baronlarning qal’alarini buzib, ularni o`ziga
bo`ysundiradi?
A) Karl VI
B) Lyudovik V
C) Yakov II
D) Lyudovik VI
9. Fransiya qiroli Lyudovik VI ning omadi yurishib 17 yoshli o`g`li, bo`lajak qirol Lyudovik VII ni
qaysi gersoglikning yagrna merosxo`ri 15 yoshli Aleonoraga uylantirishga muvaffaq bo`ladi?
A) Flandriya
B) Akvitaniya
C) Bretan
D) Burgundiya
10. 1137-1180 yillarda Fransiya qiroli kim bo`lgan?
A) Lyudovik VII
B) Lyudovik V
C) Karl VI
D) Lyudovik VI
11. Fransiyada nechanchi asrlardan qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik va savdoning o`sishi
boshlanadi?
A) XV-XVI asrlarda
B) X-XI asrlarda
C) XIV-XV asrlarda
D) XII-XIII asrlarda
12. Fransiyada nechanchi asrdan yangi o`zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib,
soliqlarning bir qismi pul bilan to`lanadigan bo`ldi?
A) XII asrda
B) XI asrda
C) XV asrda
D) XIV asrda
13. Fransiyada feodallar nechanchi asrlardan o`z yerlarini dehqonlarga merosiy ijaraga bera
boshlaydilar?
A) XV-XVI asrlarda
B) XII-XIII asrlarda
C) X-XI asrlarda
D) XIV-XV asrlarda
14. Fransiyaning qaysi viloyati temir, tuz ishlab chiqarish, ot va qoramol yetishtirishga
ixtisoslashgan?
A) Normandiya
B) Burgundiya
C) Akvitaniya
D) Bretan
15. Fransiyaning qaysi viloyatlari vinochilik, zig`ir tolasi va jundan gazlamalar to`qishga
ixtisoslashgan?
A) Bretan va Tuluza
B) Burgundiya va Akvitaniya
C) Shampan va Burgundiya
D) Normandiya va Bretan
16. Flandriya grafligi nima ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi?
A) movut va vinochilik
B) zig`ir tolasi va vinochilik
C) jundan gazlamalar
D) ot va temir ishlab chiqarish
17. Fransiyada markazlashtirish jarayoniga kimlar qarshi edi?
A) Mayda feodallar va dehqonlar
B) Yirik diniy va dunyoviy feodallar
C) Shaharliklar, ruhoniylar va kambag`al aholi
D) Shaharlar va mayda feodallar
18. Fransiyaning qaysi viloyati «Ingliz tojining marvaridi» hisoblangan?
A) Bretan
B) Akvitaniya
C) Normandiya
D) Burgundiya
19. Fransiyaning qaysi qiroli Angliya qiroli bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun
kurash boshlaydi?
A) Filipp II
B) Lyudovik V
C) Lyudovik VII
D) Lyudovik VI
20. Fransiya qiroli Angliyaning qaysi qiroli bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun
kurash boshlaydi?
A) Genrix II
B) Genrix VII
C) Yakov II
D) Ioann
21. Fransiyaning qaysi qiroli davrida qirol mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi ham
qaytariladi?
A) Lyudovik VI
B) Lyudovik V
C) Lyudovik VII
D) Filipp II
22. 1226-1270 yillarda Fransiya qiroli kim bo`lgan?
A) Karl VI
B) Lyudovik V
C) Filipp II
D) Lyudovik IX
23. Qaysi davlatda gersog va graflar 40 xil pul zarb etganlar?
A) Italiya
B) Germaniya
C) Angliya
D) Fransiya
Do'stlaringiz bilan baham: |