009-VI-XI aslarda Yevropa madaniyati (34)
Testlar
1. Franklar imperiyasida Buyuk Karl tomonidan qachon xalq maktablari joriy etiladi?
A) 795 yilda
B) 918 yilda
C) 789 yilda
D) 814 yilda
2. Kimning asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni olamiz?
A) Alkuin
B) Tatsit
C) Platon
D) Eyngard
3. Buyuk Karlning saroy akademiyasi tarixchi rohibi?
A) Alkuin
B) Eyngard
C) Platon
D) Tatsit
4. Buyuk Karlning saroy akademiyasi a’zolari?
A) Eyngard va Alkuin
B) Platon, Tatsit va Alkuin
C) Eyngard va Platon
D) Eyngard va Tatsit
5. Buyuk Karl qaysi tillarni mukammal bilgan?
A) Yunon va ispan
B) Fransuz va yunon
C) Lotin va yunon
D) Ispan, frantsuz va lotin
6. Qaysi shahar «fanlarning onasi» deb atalgan?
A) Afina
B) Konstantinopol
C) Parij
D) Novgorod
7. Afina akademiyasiga kim asos solgan?
A) Eyngard
B) Tatsit
C) Platon
D) Suqrot
8. Afina akademiyasiga qachon asos solingan?
A) Mil.avv.VI asrda
B) Mil.avv.VII asrning oxirlarida
C) Mil.avv.X asrda
D) Mil.avv.IV asrda
9. Magnavr oliy maktabi qaysi davlatda bo`lgan?
A) Yunoniston
B) Kiev Rusi
C) Franklar
D) Vizantiya
10. Magnavr oliy maktabi qachon ochilgan?
A) X asrning 40-yillarida
B) XI asrning 60-yillarida
C) IX asrda
D) XI asrda
11. Konstantinopolda qachon universitet ochiladi?
A) 1045 yilda
B) 985 yilda
C) 1095 yilda
D) 1050 yilda
12. Konstantinopolda ochilgan universitetning qanday fakultetlari bor edi?
A) Falsafa va ilohiyot
B) Huquqshunoslik va falsafa
C) San’at va ilohiyot
D) Falsafa va tibbiyot
13. Vizantiya imperiyasining qaysi shahrida oliy tibbiyot maktabi faoliyat yuritar edi?
A) Edessa
B) Aleksandriya
C) Konstantinopol
D) Antioxiya
14. «Grek olovi» qachon va qayerda ixtiro qilingan?
A) XI asrda Ispaniyada
B) VII asrda Vizantiyada
C) IX asrda Rimda
D) XI asrda Gretsiyada
15. Qaysi so`z frantsuzcha muzalarga bag`ishlangan degan ma’noni anglatadi?
A) Mozaika
B) Ikona
C) Magnavr
D) Freska
16. Bir xil yoki turli xomashyo (koshin, tosh, yog`och, marmar va metall) bo`laklaridan ishlangan
tasvir, naqshinkor mahobatli (monumental) bezak san’atining asosiy turlaridan biri bu - ?
A) Mozaika
B) Freska
C) Magnavr
D) Ikona
17. Nam suvoq ustiga rangdor qilib ishlangan rasm bu -?
A) Freska
B) Ikona
C) Magnavr
D) Mozaika
18. Mozaika va freskalari bilan qaysi bino o`z davrining ajoyib me’moriy yodgorliklaridan
hisoblanadi?
A) Vorms ibodatxonasi
B) Puate ibodatxonasi
C) Xori monastiri
D) Korvey monastiri
19. Hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidining qadimgi nomi nima?
A) Xori monastiri
B) Vorms ibodatxonasi
C) Puate ibodatxonasi
D) Korvey monastiri
20. Xori monastiri qaysi shaharda bo`lgan?
A) Antioxiya
B) Konstantinopol
C) Aleksandriya
D) Edessa
21. Avliyo Sofiya ibodatxonasi qaysi shaharda va kimning davrida barpo etilgan?
A) Afinada Konstantin
B) Novgorodda Svyatoslav
C) Parijda Buyuk Karl
D) Konstantinopolda Yustinian I
22. O`rta asr Yevropasida qaysi davlat asosiy madaniyat tarqatuvchi edi?
A) Vizantiya
B) Fransiya
C) Gretsiya
D) Kiev Rusi
23. Janubiy va Sharqiy slavyanlar madaniyatiga qaysi davlat kuchli ta’sir ko`rsatgan?
A) Vizantiya
B) Gretsiya
C) Fransiya
D) Kiev Rusi
24. Kiev Rusi qaysi davlatdan xristian dinini qabul qiladi?
A) Fransiya
B) Kiev Rusi
C) Vizantiya
D) Gretsiya
25. G`arbiy Yevropa me’morchiligida qaysi uslubdagi binolar ulkan, salobatli devor, gumbazlari,
qalin ustunlari, unchalik kata bo`lmagan derazalari, darvoza va eshiklari arkali qilib qurilgan?
A) Zamonaviy uslub
B) Yunon uslubi
C) Gotik uslub
D) Roman uslubi
26. Roman uslubida qurilgan Puate, Klyuni, Arl ibodatxonalari qaysi davlatda joylashgan?
A) Fransiyada
B) Vizantiyada
C) Gretsiyada
D) Germaniyada
27. Roman uslubida qurilgan Shpeyr, Vorms, Maynts, Axen ibodatxonalari qaysi davlatda
joylashgan?
A) Fransiyada
B) Vizantiyada
C) Gretsiyada
D) Germaniyada
28. G'arbiy Yevropada ilk o'rta asrlar madaniyati nima bilan chambarchas bog'liq edi?
A) xristian cherkovi bilan
B) xalqning kayfiyati bilan
C) ritsarlarning g'alabalari bilan
D) davlat tuzumi bilan
29. Trivium fanlar qaysi fanlar hisoblanadi?
A) Arifmetika, Geometriya, Dialektika, Ritorika
B) Grammatika, Dialektika, Ritorika
C) Arifmetika, Geometriya, Musiqa, Astronomiya
D) Grammatika, Arifmetika, Ritorika
30. Kvadrium fanlar qaysi fanlar hisoblanadi?
A) Arifmetika, Geometriya, Musiqa, Astronomiya
B) Grammatika, Dialektika, Ritorika
C) Arifmetika, Geometriya, Dialektika, Ritorika
D) Grammatika, Arifmetika, Ritorika
31. Tilshunoslik ilmi, bolalarni o`qishga o`rgatadigan fan?
A) Dialektika
B) Arifmetika
C) Geometriya
D) Grammatika
32. Qaysi fan hozirgi mantiqqa o`xshash fan bo`lib, unda o`quvchilar munozara olib borishga, o`z
fikrini isbotlashga o`rgatilgan?
A) Dialektika
B) Grammatika
C) Arifmetika
D) Geometriya
33. Qaysi fan she’r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san’atini, huquq asoslarini o`rgatgan?
A) Dialektika
B) Ritorika
C) Grammatika
D) Geometriya
34. O`rta asr maktablarida darslar qaysi tilda olib borilgan?
A) Ingliz
B) Fransuz
C) Lotin
D) Yunon
Do'stlaringiz bilan baham: |