Huquqshunoslik va falsafa
13. Vizantiya imperiyasining qaysi shahrida oliy tibbiyot maktabi faoliyat yuritar edi?
Konstantinopol
14. «Grek olovi» qachon va qayerda ixtiro qilingan?
VII asrda Vizantiyada
15. Qaysi so`z frantsuzcha muzalarga bag`ishlangan degan ma’noni anglatadi?
Mozaika
16. Bir xil yoki turli xomashyo (koshin, tosh, yog`och, marmar va metall) bo`laklaridan ishlangan
tasvir, naqshinkor mahobatli (monumental) bezak san’atining asosiy turlaridan biri bu - ?
Mozaika
17. Nam suvoq ustiga rangdor qilib ishlangan rasm bu -?
Freska
18. Mozaika va freskalari bilan qaysi bino o`z davrining ajoyib me’moriy yodgorliklaridan
hisoblanadi?
Xori monastiri
19. Hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidining qadimgi nomi nima?
Xori monastiri
20. Xori monastiri qaysi shaharda bo`lgan?
Konstantinopol
21. Avliyo Sofiya ibodatxonasi qaysi shaharda va kimning davrida barpo etilgan?
Konstantinopolda Yustinian I
22. O`rta asr Yevropasida qaysi davlat asosiy madaniyat tarqatuvchi edi?
Vizantiya
23. Janubiy va Sharqiy slavyanlar madaniyatiga qaysi davlat kuchli ta’sir ko`rsatgan?
Vizantiya
24. Kiev Rusi qaysi davlatdan xristian dinini qabul qiladi?
Vizantiya
25. G`arbiy Yevropa me’morchiligida qaysi uslubdagi binolar ulkan, salobatli devor, gumbazlari,
qalin ustunlari, unchalik kata bo`lmagan derazalari, darvoza va eshiklari arkali qilib qurilgan?
Roman uslubi
26. Roman uslubida qurilgan Puate, Klyuni, Arl ibodatxonalari qaysi davlatda joylashgan?
Fransiyada
27. Roman uslubida qurilgan Shpeyr, Vorms, Maynts, Axen ibodatxonalari qaysi davlatda
joylashgan?
Germaniyada
28. G'arbiy Yevropada ilk o'rta asrlar madaniyati nima bilan chambarchas bog'liq edi?
xristian cherkovi bilan
29. Trivium fanlar qaysi fanlar hisoblanadi?
Grammatika, Dialektika, Ritorika
30. Kvadrium fanlar qaysi fanlar hisoblanadi?
Arifmetika, Geometriya, Musiqa, Astronomiya
31. Tilshunoslik ilmi, bolalarni o`qishga o`rgatadigan fan?
Grammatika
32. Qaysi fan hozirgi mantiqqa o`xshash fan bo`lib, unda o`quvchilar munozara olib borishga, o`z
fikrini isbotlashga o`rgatilgan?
Dialektika
33. Qaysi fan she’r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san’atini, huquq asoslarini o`rgatgan?
Ritorika
34. O`rta asr maktablarida darslar qaysi tilda olib borilgan?
Lotin
Do'stlaringiz bilan baham: