JAVOBLAR
001-Kirish-Xalqlarning buyuk ko'chishlari va uning natijalari (39)
1. Milodiy V asr oxiridan XV asr oxirigacha bo`lgan davr nima deb ataladi?
O`rta asrlar tarixi
2. O`rta asrlar tarixi nechta yirik davrga bo`linadi?
2 ta
3. O`rta asrlarning birinchi davri qaysi asrlarni o`z ichiga oladi?
V-XI asrlarni
4. O`rta asrlarning ikkinchi davri qaysi asrlarni o`z ichiga oladi?
XI-XV asrlarni
5. O`rta asrlar tarixiga oid manbalar necha asosiy turga bo`linadi?
2 ta
6. Qachon Xitoyda kitob bosish dastgohlari yaratilgan?
XI asrda
7. Qachon Yevropada kitob bosish dastgohlari yaratilgan?
XV asrda
8. O`rta asrlar moddiy manbalariga nimalar kiradi?
Kiyim-kechak va taqinchoqlar, uy-joylar va jihozlar, haykallar, suratlar, amaliy san’at namunalari, tanga-chaqalar
9. Qaysi asrlar Yevropa tarixiga «Xalqlarning buyuk ko`chishi» nomi bilan kirgan?
IV-VI asrlar
10. «Xalqlarning buyuk ko`chishi» jarayonini kimlar boshlab bergan?
Xunnlar
11. «Xalqlarning buyuk ko`chishi» ga nima sabab bo`ldi?
Barcha javoblar to`g`ri
12. Nechanchi asrdan boshlab Yevropada iqlim soviy boshlagan?
II asrdan
13. Yevropada iqlimning sovishi nechanchi asrga kelib ekinzorlarni qo`riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni botqoqlikka aylantiradi?
V asrda
14. Rim imperiyasining shimoliy chegaralari bo`ylab joylashgan varvar qabilalari II-IV asrlarda … yashar edilar?
Urug`chilik jamoasi darajasida
15. Qadimgi german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) qayerda joylashganlar?
Reyn va Elba daryolari havzasida
16. Germanlarning asosiy mashg`uloti dastlab nima bo`lgan?
Chorvachilik
17. Nima uchun Germanlarda erga ishlov berish ayollar va qariyalarning yumushi hisoblangan?
Erkaklarning asosiy mashg`uloti urush bo`lgani uchun
18. Germanlarda qaysi jarayon mehnat unumdorligi va olinadigan hosilni oshirgan?
Omochdan temir plugga o`tilishi
19. Rimliklar noma’lum tilda gaplashadigan xalqlarni nima deb ataganlar?
Yuliy Sezar F) Eyngard G) Tatsit H) Arrian
20. «Germaniya» asari kimning qalamiga mansub?
Tatsit
21. Germanlarda qachondan yerlarni almashtirib ekish yo`lga qo`yilgan?
IV asrdan
22. Germanlarda II-IV asrlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari taraqqiy etgan?
To`qimachilik, yog`ochsozlik, zargarlik, teri-ko`nchilik
23. Germanlarda ichki savdoda eng muhim ashyo nima hisoblangan?
Temir buyumlar
24. German qabilalari qo`shnilari rimliklarga nimalar etkazib bergan?
Qullar, chorva mollari, teri, qahrabo
25. German qabilalari rimliklardan nimalar olishgan?
Nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vino
26. Germanlar jamoasi davlat vujudga kelgunga qadar qaysi bosqichni boshidan kechirgan?
Urug`chilik jamoasi
27. Qachon germanlar jamoalarida ijtimoiy va mulkiy tengsizlik boshlangan?
IV asrda
28. Qattiq, qatronli (smolali) va tiniq sariq rangli ma’dan nima?
Qahrabo
29. Germanlarda qabila boshlig`i, zodagonlarning oliy vakili, normann qabilalarida harbiy yo`lboshchi nima deb ataladi?
Konung
30. German qabilalari nechanchi asrlarda keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshladilar?
IV-V asrlarda
31. Germanlarning eng katta qabilalari?
Alleman, got, frank
32. Germanlarda qachon ayrim qabila boshliqlari Rim noiblariga yollanma harbiy xizmatga o`ta boshlaydilar?
IV asrda
33. Dastlabki varvarlar davlati bu…?
Vestgot qirolligi
34. V asr boshlarida Pireneya yarimoroli va Galliyaning bir qismida tashkil topgan varvarlar davlati?
Vestgot qirolligi
35. Vandallar qayerni bosib olib o`z davlatini tuzganlar?
Shimoliy Afrika
36. Ostgotlar qayerni bosib olib o`z davlatlarini tuzganlar?
Italiya
37. Franklar qayerni bosib olib o`z davlatlarini tuzganlar?
Galliya
38. Anglo-sakslar qayerni bosib olib o`z davlatini tuzganlar?
Britaniya
39. Qachon G`arbiy Rim imperiyasi quladi?
476 yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |