1. 1285-1314 yillarda Fransiya qiroli kim bo`lgan?
A) Lyudovik IX
B) Filipp IV
C) Lyudovik V
D) Karl VI
2. Kim o`z qirolligining boshlarida Shampan grafligi, Lion viloyati va shahrini qirol domeniga qo`shib oladi?
A) Lyudovik V
B) Filipp IV
C) Lyudovik IX
D) Karl VI
3. Kim Yevropa hukmdorlaridan birinchi bo`lib, katta yer mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi?
A) Lyudovik IX
B) Lyudovik V
C) Filipp IV
D) Karl VI
4. 1294-1303 yillarda kim Rim papasi bo`lgan?
A) Lev IX
B) Innokentiy IV
C) Urban II
D) Bonifatsiy VIII
5. Qaysi Rim papasi Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to`xtatishni talab qiladi?
A) Innokentiy IV
B) Lev IX
C) Urban II
D) Bonifatsiy VIII
6. O`rta asrlarda general shtatlar qayerda chaqirilgan?
A) Angliyada
B) Italiyada
C) Germaniyada
D) Fransiyada
7. Fransiyada general shtatlar dastlab qachon chaqirilgan?
A) 1304 yilda
B) 1302 yilda
C) 1308 yilda
D) 1203 yilda
8. Dastlab General shtatlarni qaysi qirol chaqirgan?
A) Lyudovik V
B) Lyudovik IX
C) Filipp IV
D) Karl VI
9. Qirolga anafema (la’nat) e’lon qilinishi tayinlangan kun arafasida Italiyaning shimolidagi qaysi shaharda joylashgan papa saroyiga Filipp IV ning bir guruh askarlari bostirib kiradi?
A) Avinon
B) Venetsiya
C) Anani
D) Rim
10. Qaysi Rim papasiga fransuzlar yetakchisi ko`z ko`rib quloq eshitmagan narsa – papaga tarsaki tushirishga jazm etadi?
A) Innokentiy IV
B) Lev IX
C) Bonifatsiy VIII
D) Urban II
11. 1302-1789 yillarda Fransiyadagi oliy tabaqaviy-vakillik muassasasi?
A) Ta’sis majlisi
B) Parlament
C) Milliy majlis
D) General shtatlar
12. Rim papasi Italiyadan Fransiya janubidagi qaysi shaharga ko`chib o`tishga qaror qiladi?
A) Parij
B) Avinon
C) Marsel
D) Anani
13. Nechanchi yillar Rim cherkovi tarixida «papalarning Avinon tutquni» nomini oladi?
A) 1261-1394 yillar
B) 1309-1377 yillar
C) 1187-1293 yillar
D) 1202-1214 yillar
14. Qaysi atama «yalpi toifalar» degan ma’noni anglatadi?
A) Milliy majlis
B) Ta’sis majlisi
C) Parlament
D) General shtatlar
15. Fransiyaning qaysi qiroli «tamplierlar ishi»ni boshlagan?
A) Filipp IV
B) Karl VI
C) Lyudovik IX
D) Lyudovik V
16. Qachon tamplierlar ordenining ko`pchilik a’zolari va «buyuk magistri» qamoqqa olinadi?
A) 1291 yilda
B) 1293 yilda
C) 1214 yilda
D) 1307 yilda
17. Qachon tamplierlar ordenining «buyuk magistri» o`limga hukm etiladi?
A) 1291 yilda
B) 1293 yilda
C) 1307 yilda
D) 1314 yilda
18. Fransiyada qachon toifaviy monarxiya, markazlashgan davlat shakllana boshladi?
A) XIV asr
B) XIII asr
C) XVI asr
D) XV asr
19. Qaysi organ dastlab soliqlar bilan bog`liq muammolarni yechgan, xolos?
A) Milliy majlis
B) Parlament
C) Qirol kengashi
D) General shtatlar
20. Nechanchi asrda Fransiyada toifaviy monarxiya, ya’ni toifa vakillari yig`iniga suyanadigan, markazlashgan davlat shakllana boshladi?
A) XI asrda
B) XIII asrda
C) XIV asrda
D) XV asrda