016-O’rta asr shaharlarida bozorlar va yarmarkalar (28)
Testlar
1. Ilk o`rta asrlarda qanday xo`jalik hukm surgan?
A) Natural xo`jalik
B) Tovar-pul xo`jaligi
C) To`g`ri javob yo`q
D) O`zlashtiruvchi xo`jalik
2. O'rta asrlarda qaysi davlatda qirol farmoniga binoan asosiy yo`llarga tosh yotqizila boshlagan?
A) Ispaniyada
B) Italiyada
C) Germaniyada
D) Fransiyada
3. G`arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda Ispaniya, Italiya Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo mamlakatlari bilan bog`laydigan qaysi savdo yo`li harakatda bo`lgan?
A) Kumush yo`li
B) Levant yo`li
C) Lyubek yo`li
D) Shimoliy yo`l
4. G`arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini bog`laydigan qaysi savdo yo`li harakatda bo`lgan?
A) Kumush yo`li
B) Shimoliy yo`l
C) Lyubek yo`li
D) Levant yo`li
5. Qaysi davlatda Ganza shaharlari ittifoqi tuzilgan?
A) Italiyada
B) Germaniyada
C) Ispaniyada
D) Fransiyada
6. Ganza shaharlari ittifoqiga qancha shahar kirgan?
A) 12 ta
B) 30 ta
C) 70 ta
D) 40 ta
7. Levant yo`lida joylashgan … kuchli dengiz floti tuzib, ularning savdodagi raqobati ba’zida urushlarga ham aylangan?
A) Parij va Lyubek
B) Lyubek va Venetsiya
C) Venetsiya va Genuya
D) Lyubek va Genuya
8. Venetsiyalik savdogar Pololar oilasi vakillari qachon mo`g`ullar xonining Osiyoning ichkarisidagi qarorgohiga etib boradi?
A) XIII asrda
B) XIV asrda
C) VI asrda
D) XI asrda
9. Marko Polo qayerlik savdogar edi?
A) Parijlik
B) Venetsiyalik
C) Lyubeklik
D) Genuyalik
10. Marko Polo sayohati necha yil davom etgan?
A) 23 yil
B) 20 yil
C) 25 yil
D) 15 yil
11. Marko Polo sayohatining necha yilini Xitoyni egallagan mo`g`ullar xoni saroyida xizmatda o`tkazgan?
A) 17 yilini
B) 20 yilini
C) 15 yilini
D) 25 yilini
12. Marko Polo sayohatini Xitoyni egallagan mo`g`ullarning qaysi xoni saroyida xizmatda o`tkazgan?
A) Xubilay
B) Chingizxon
C) Botuxon
D) Jo`ji
13. Yevropaliklardan kim birinchi bo`lib Osiyoning ichkarisidagi sirli o`lkalarni o`z kitobida tasvirlagan?
A) Marko Polo
B) Xristofor Kolumb
C) Magellan
D) Amerigo Vespuchchi
14. Xristofor Kolumb qayerlik dengizchi?
A) Venetsiyalik
B) Genuyalik
C) Parijlik
D) Lyubeklik
15. Londondagi birinchi yopiq bozor qachon qurib bitkazilgan?
A) 1368 yilda
B) 1357 yilda
C) 1400 yilda
D) 1397 yilda
16. Londondagi birinchi yopiq bozor bu - ?
A) Burse
B) Shampan
C) Tuluza
D) Blekuelxoll
17. Dastlabki banklar nechanchi asrlarda paydo bo`ladi?
A) XII-XIII asrlarda
B) V-VI asrlarda
C) XIV-XV asrlarda
D) X-XI asrlarda
18. Dastlabki banklar qayerda paydo bo`ladi?
A) Italiyada
B) Germaniyada
C) Angliyada
D) Fransiyada
19. Qaysi so`z italyan tilida banko – kursi, sarrof do`konidagi o`rindiq nomidan olingan?
A) Bank
B) Ofis
C) Yarmarka
D) Birja
20. Qaysi so`z ulgurji savdo bo`ladigan, turli mamlakat savdogarlari qatnashadigan, mol sotish va ayirboshlash joyi nomi bo`lgan?
A) Bank
B) Ofis
C) Yarmarka
D) Birja
21. O`rta asrlar Yevropasining eng mashhur yarmarkasi qaysi bo`lgan?
A) Venetsiya
B) Shampan
C) Reyms
D) Sen-Jermen
22. Fransiyaning shimoli-sharqidagi yarmarka?
A) Shampan
B) Venetsiya
C) Reyms
D) Sen-Jermen
23. Shampan grafligi markazi qaysi shahar?
A) Venetsiya
B) Reyms
C) Parij
D) Marsel
24. Birja atamasi qaysi shahardagi «Burse» mehmonxonasi yaqinidagi savdogarlar to`planadigan joy nomidan olingan?
A) Venetsiya
B) Parij
C) Reyms
D) Bryugge
25. Bryugge birjasi qachon tashkil topgan?
A) 1336 yilda
B) 1409 yilda
C) 1462 yilda
D) 1460 yilda
26. Antverpen birjasi qachon tashkil topgan?
A) 1336 yilda
B) 1409 yilda
C) 1460 yilda
D) 1462 yilda
27. Lion birjasi qachon tashkil topgan?
A) 1336 yilda
B) 1462 yilda
C) 1409 yilda
D) 1460 yilda
28. XI-XV asrlar Yevropada nimaning rivojlanishi bozor, banklar, birjalarni vujudga keltirdi?
A) Dehqonchilik va hunarmandchilik
B) Chorvachilik va hunarmandchilik
C) Hunarmandchilik va savdo
D) Chorvachilik, hunarmandchilik va harbiy soha