1. O`rta Osiyoda Saljuqbek asos solgan sulola boshchiligidagi o`g`uz qabilalarining Old Osiyoga yirik harbiy yurishlari nechanchi asrda kuchayadi?
XI asrda
2. Vizantiyaning yollanma qo`shini qachon Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan tor-mor etiladi?
1071 yilda
3. Vizantiyaning yollanma qo`shini qaysi jangda Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan tor-mor etiladi?
Mansikert jangi
4. Qaysi imperator boshchiligidagi Vizantiyaning yollanma qo`shini Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan tor-mor etiladi?
Roman IV Diogen
5. Saljuqiylar davlati qachon tashkil topgan?
1038 yilda
6. Saljuqiylar davlatiga kim asos solgan?
To`g`rulbek
7. Saljuqiylar davlati nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?
1038-1308 yillarda
8. Saljuqiylar davrida Kichik Osiyodagi qaysi shaharlar eng yirik shaharlar qatorida bo`lgan?
Ko`nyo, Suvas, Qaysariya
9. Saljuqiylar davlatida sulton devoni hujjatlari va yozishmalar qaysi tilda olib borilgan?
fors tili
10. 1207-1273 yillarda kim yashab ijod etgan?
Jaloliddin Rumiy
11. Kichik Osiyoda turk xalqining shakllanish jarayoni qachon kuchayadi?
XIII asrning 20-30-yillarida
12. Qachon Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati butunlay parchalanib ketadi?
XIV asr boshlarida
13. Qaysi beylik Kichik Osiyoning shimoliy-g`arbiy hududida, Eskishaharga yaqin joyda edi?
Usmon beyligi
14. Usmonlilar davlatining asoschisi kim?
Usmon I
15. Usmonlilar davlatiga qachon asos solingan?
1299 yilda
16. Usmonlilar davlatida kimning davrida Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi?
Usmon I
17. Usmonlilar davlatining qaysi hukmdori Vizantiya shaharlari Nikeya va Nikomediyalarni olib, Qora dengiz sohiliga chiqadi?
O`rxon
18. Usmonlilar davlatining qaysi hukmdori boshqaruvi davrida ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi?
O`rxon
19. Usmonlilar davlatining qaysi hukmdori boshqaruvi davrida tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo`linadi?
O`rxon
20. Usmonlilar davlatining qaysi hukmdori boshqaruvi davrida harbiy islohot o`tkazib, qo`shinni otliq va piyoda qismlarga («musallam») alohida harbiy birliklarga ajratadi?
O`rxon
21. Usmonlilar davlati nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?
1299-1922 yillarda
22. Usmoniylar istilosiga qadar Bolqon yarimorolida qanday yirik davlatlar mavjud edi?
Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya
23. Usmonli turklarning Bolqondagi dastlabki bosqinlari nechanchi yillarda bo`lgan?
1353-1357 yillarda
24. 1389-1402 yillarda kim Usmonlilar davlatida sulton bo`lgan?
Boyazid
25. 1402-yil yozida qaysi jangda Amir Temur qo`shinlari Yildirim Boyazid lashkarini yengadi?
Anqara jangida
26. 1451-1481 yillarda kim Usmonlilar davlatida sulton bo`lgan?
Mehmet II
27. 1453-yilning 29-mayida qaysi voqea bo`lgan?
Konstantinopol turklar tomonidan bosib olinadi
28. Usmonlilar davlatining qaysi hukmdori davrida Konstantinopol turklar tomonidan bosib olinadi?
Mehmet II
29. Usmonlilar qaysi shaharni Istambul deb qayta nomlashadi?
Konstantinopolni
30. Yanicharlar qaysi janglardagi g`alabalarga katta hissa qo`shganlar?
Varna jangi, Kosovo jangi, Konstantinopol jangi
31. XV asrning ikkinchi yarmida qayerlar turklar vassalligini tan oladilar?
Moldaviya, Valaxiya
32. Qaysi mamlakatda shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud kabi qator iqtidorli shoirlar etishib chiqqan?
Turkiya
33. Quyidagilardan 1490-1588 yillarda yashab ijod etgan shaxsni aniqlang?
Xo`ja Sinon
34. Kim o`z faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar, masjidlar, saroylar, favvoralar, hammom va ko`priklar qurilishiga boshchilik qilgan?
Xo`ja Sinon
35. «Bahriya» atlasining muallifi kim?
Piri Rais
36. «Bahriya» atlasida qaysi dengizlar keltirilgan?
O`rtayer dengizi, Qora dengiz, Egey dengizi
37. «Jahonnoma» asarining mualifi kim?
Xoja Xalifa
38. «Sayohatnoma» ko`p jildli asarining mualifi kim?
Evliya Chalabiy