1. Xristianlik dini qachon vujudga keladi?
I asrda
2. Xristian dini nechanchi asrdan German qabilalari orasida tarqala boshlaydi?
IV asrda
3. Qaysi davlatlarning monastilaridan yetishib chiqqan serg`ayrat rohiblar VI-VII asrlarda Yevropaning eng chekka joylariga ham borib aholini xristianlikka o`tkazganlar?
Angliya va Irlandiya
4. Kiev Rusi va Bolgariya qachon xristianlikning provaslav mazhabini Vizantiyadan qabul qilgan?
X asr oxirlarida
5. Xristian cherkovi qachon ikkiga ajralib ketdi?
395 yilda
6. Rim papalari davlati – Papa viloyati qachon tashkil topadi?
756 yilda
7. Xristian cherkovi qachon rasman: G`arbiy katolik va Sharqiy provaslav cherkovlarga bo`linib ketdi?
1054 yilda
8. Qaysi davlat ko`magida Rim papalari davlati – Papa viloyati tashkil topadi?
Franklar qirolligi
9. Qaysi so`z «jahon» degan ma’noni anglatadi?
Katolik
10. Qaysi so`z «sof din», «chin e’tiqod» degan ma’noni anglatadi?
Provaslav
11. Sharqiy Yevropada kimlarni cho`qintirishdagi raqobat xristian cherkovini rasman: G`arbiy katolik va Sharqiy provaslav cherkovlarga bo`linishiga olib keldi?
Bolgarlarni
12. Qachondan Rim-katolik va Yunon-provaslav cherkovlari mustaqil faoliyat olib bormoqda?
XI asr o`rtalaridan
13. G`arbda cherkov va’zlari qaysi tilda olib borilgan?
Lotin
14. Sharqda cherkov va’zlari qaysi tilda olib borilgan?
Yunon
15. Xristian cherkovida ruhoniylarga uylanishni ta’qiqlash qanday ataladi?
Selibat
16. Kimlarda barcha ruhoniylarga uylanish ta’qiqlangan?
Katoliklarda
17. Kimlarda faqat rohiblar oila qurmaganlar?
Provaslavlarda
18. Yevropada qachon feodal munosabatlar boshlangan?
V asrda
19. Xristian cherkovi aholidan qanday soliq undirgan?
Ushr
20. Qaysi so`z katolik cherkovida gunohlardan kechish yorlig`i hisoblanib, lotincha «avf» degan ma’noni bildiradi?
Indulgensiya
21. Mamlakatda ibodat va marosimlarni vaqtinchalik ta`qiqlash, yoki cherkovdan chetlatish nima deb atalgan?
Interdikt
22. Katolik cherkovi o`z qudrati cho`qqisiga qaysi papa davrida erishdi?
Innokentiy III
23. 1198-1216 yillarda kim Rim papasi bo`lgan?
Innokentiy III
24. Qaysi Rim papasi «Oy o`z yog`dusini quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o`z jilosini papalikdan oladi» degan so`zlarni aytgan?
Innokentiy III
25. Qaysi Rim papasi german, fransuz, ingliz qirollarini interdikt orqali tavba-tazarru qildirgan?
Innokentiy III
26. Dastlabki monastirldar qachon tashkil etilgan?
IV asrda
27. Cherkov va uning ta’limotiga qarshi kishilar nima deb atalgan?
Yeretiklar
28. Yeretiklarga qarshi kurashish uchun cherkov tuzgan tergov tashkiloti nima deb ataladi?
Inkivizitsiya
29. Qaysi so`z lotincha qidiruv degan ma’noni anglatadi?
Inkivizitsiya
30. Xristian cherkovida dushmanlari izlab topish va jazolash bilan shug`ullangan inkivizitsiya o`z qudrati cho`qqisiga qaysi papa davrida erishadi?
Grigoriy IX
31. 1227-1241 yillarda kim Rim papasi bo`lgan?
Grigoriy IX
32. Inkivizitsiya faoliyati qayerda ayniqsa keng tus oladi?
Ispaniyada
33. Mahkum etilganlarni gulxanda yondirish nima deb ataladi?
Autodafe
34. Qaysi so`z portugalcha «e’tiqod, yoki din ishi» degan ma’noni bildiradi?
Autodafe