1. XIX asrda Eronda shoh huzuridagi Maxfiy kengashga qaysi lavozimlar kirgan?
Sadra'zam, amin ad-davla, vazir, hakimboshi va shayx ul-islom
2. XIX asrda Eronda viloyatlarni kim boshqargan?
beklarbegi
3. XIX asrda Eronda taxt vorisiga Ozarboyjon berilgan bo'lib, uning qarorgohi qayerda joylashgan
edi?
Tabrizda
4. Qaysi davrga kelib Eron xalqaro siyosatda muhim o'rin tuta boshladi?
XIX asr boshlariga kelib
5. Eron xalqaro siyosatda muhim o'rin tuta boshlagach, Rossiya qaysi hududni qo'lga kiritishga
intilar edi?
Kavkazni
6. 1813-yilda Rossiya - Eron o'rtasida shartnoma imzolanib, bu shartnoma ...
Rossiya Kavkazda yanada mustahkamlanib olishiga imkon berdi
7. 1826-1828 yillarda Eron - Rossiya urushi bo'lib o'tib, qanday shartnoma imzolanishi bilan yakun
topdi?
Turkmanchoy shartnomasi
8. Buyuk Britaniya Eronning og'ir ahvolidan foydalanib, ...Eronni noteng shartnoma imzolashga
majbur etdi.
1841-yilda
9. Bobiylar qo'zg'oloni kimlarga qarshi qaratilgan edi?
shoh tuzumiga, zulmiga va yer egaligiga
10. Bobiylar qo'zg'oloni ishtirokchilarini aniqlang.
hunarmandlar, mayda savdogarlar, shahar kambag'allari va dehqonlar
11. Bobiylar qo'zg'oloni bo'lib o'tgan yillarni ko'rsating.
1848-yildan 1850-yil o'rtalarigacha
12. XIX asr o'rtalarida yuz bergan Erondagi Bobiylar qo'zg'oloni yetakchisini aniqlang?
Sayid Ali Muhammad
13. "1819-yil Sheroz shahrida mayda savdogar oilasida tu'ilib, 1844-yilda o'zini "Bob" deb atay
boshlaydi" - gap kim haqida ketmoqda?
Sayid Ali Muhammad
14. XIX asr o'rtalarida Eronda yuzaga kelgan Bobiylik ta'limotidagi "Bob" - so'zi bu ...
(arabcha -eshik, darvoza) - haqiqat va adolatga olib boruvchi eshik
15. Bobiylik ta'limoti asoslari ...nomli kitobda yozilgan edi.
Bayon
16. Bobiylar qo'zg'oloni yengilishi sabablari xato berilgan javoblarni aniqlang.
bosib olingan joylarda o'zaro nizolar vujudga keldi
17. ...shahrining katta ahamiyatga ega ekanligini unutmagan Buyuk Britaniya 1853-yilda Eronni
...bo'lgan da'vosidan voz kechishga majbur etdi.
Hirot
18. Eron Hirot shahrini qachon bosib oldi?
1856-yilda
19. Buyuk Britaniya nima uchun 1856-yilda Eronga urush e'lon qildi?
Eron Hirot shahrini bosib olganligi uchun
20. 1857-yilda Buyuk Britaniya - Eron tinchlik shartnomasi qayerda imzolandi?
Parijda
21. XIX asrda Eronda mavjud bo'lgan mahfiy kengash lavozimlarini ta'rifi bilan to'g'ri joylashtiring.
1.Sadr a'zam 2.Amin ad-davla 3.Hakimboshi a) Moliya va ichki ishlar vaziri b) bosh vazir c) saroy
bosh tabibi
1-b, 2-a, 3-c
Do'stlaringiz bilan baham: