8-sinf Jahon tarixi
17-mavzu: XVI-XVIII ASRLARDA USMONIYLAR IMPERIYASI
1.XVI asrda Usmonli turklar davlatida davlat ma`muriy jihatdan nimalarga bo`linib boshqarilgan?
A) viloyatlarga B) tumanlarga
C) ovullarga D) guberniyalarga
2.XVI asrda Usmonli turklar davlatida tumanlarni kim boshqargan?
A) sanjoqbey B) vali C) hokim D) gubernator
3.XVI asrda Usmonli turklar davlatida vioyatlarni kim boshqargan?
A) sanjoqbey B) vali C) hokim D) gubernator
4.Usmonli turklar davlatida imperiyaning asosiy tayanchi kimlar edi?
A) harbiylar va ruhoniylar
B) harbiylar va amaldorlar
C) davlat qo`shini
D) dehqonlar va savdogarlar
5.Usmoniylar imperiyasi otliq qo’shini nima deb atalgan?
A) Yanichar B) Sipohiy
C) Sarboz D) Naftangdoz
6.Usmoniylar imperiyasining maxsus piyoda qo’shini nima deb atalga?
A) Yanichar B) Sipohiy
C) Sarboz D) Naftangdoz
7. XVI asrda Turkiyaning Osiyodagi eng yirik raqibini aniqlang
A) Eron B) Afg`oniston C) Xitoy D) Yaponiya
8. Sulton Salim I qachon Eron shohi Ismoil Safaviy qo`shinini tor-mor etdi?
A) 1514-yilda B) 1517-yilda
C) 1516-yilda D) 1510-yilda
9. Sulton Salim I Eron ustidan g`alaba qozonishi qaysi davlatga yurish qilish imkonini beradi?
A) Misr B) Suriya C) Falastin D) Afg`oniston
10. Sulton Salim I Misr ni bosib olishdan oldin qaysi hududni egallaydi?
A) Suriya B) Falastin C) Iroq D) A va B
11. Sulton Salim I qachon Misr poytaxti Qohira shahrini egalladi?
A) 1514-yilda B) 1517-yilda
C) 1516-yilda D) 1510-yilda
12. Qachon Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi «Muqaddas liga» tuzadilar?
A) 1678-yilda B) 1684-yilda
C) 1616-yilda D) 1696-yilda
13. Qachondan boshlab Usmoniylar imperiyasida qishloq xo`jaligi inqirozga yuz tuta boshladi?
A) XVI asr oxirida
B) XVI asr o`rtalarida
C) XVII asr boshlarida
D) XV asrning so`nggi choragidan
14. Turkiyada qaysi davlat savdogarlari uchun 3 % miqdorida bojxona to`lovi joriy etdi?
A) Angliya B) Italiya C) Fransiya D) Germaniya
15. Liga bu .......
A) boshqarish, rahbarlik ma`nolarini anglatadi
B) ittifoq, birlashma degan ma`nolarni anglatadi
C) tanho sotaman degan ma`noni anglatadi
D) qo`shin, askar degan ma`nolarni anglatadi
16. Qachon Usmonlilar davlati poytaxti Istambulda dunyoviy fanlarni rivojlantirishga harakat boshlandi?
A) XV asrda B) XVI asrda
C) XVII asrda D) XVIII asrda
17. Matematika va astronomiya sohasida unumli faoliyat olib borgan turk olimlarini aniqlang.
1. Xizr Xalifa Tabariy 2. Mehmet Chalabiy 3. Mutafo Koshipzoda 4.Koshib Chalabiy
A) 1, 4 B) 2, 3, 4
C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3
18. Turk olimlaridan kimning asari tarixiy-etnografik manbaa hisoblanadi?
A) Xoja Xalifa “Jahonnoma”
B) Avliyo Chalabiy “Sayohatnoma”
C) Piri Rais “Bahriya”
D) Xoja Xalifa “Sayohatnoma”
19. Xoja Sinon Turk me`morchiligiga o’zining betakror binolari bilan nechanchi asrda
hissa qo’shgan
A) XV asrda B) XVI asrda
C) XVII asrda D) XVIII asrda
20. To’pqopi saroyidagi Bag’dot va Ravon koshklari nechanchi asrga oid me`morchilik na`munasi hisoblanadi?
A) XV asrda B) XVI asrda
C) XVII asrda D) XVIII asrda
Do'stlaringiz bilan baham: |