8-sinf
II variant
1. Elementar zaryad miqdori qancha?
A) 3,2 ∙10-19C B) 1,6∙10-19C C) 1,6∙10-17C D) 1,6∙1020C
2. Elektrometrning vazifasi qanday?
A)zaryad miqdorini o`lchaydi B)zaryadni hosil qiladi
C) zaryadni saqlaydi D) zaryadni uzatadi
3. Jism harakat tezligi o`zgarishining shu o`zgarish yuz bergan vaqtga nisbati bilan o`lchanadigan kattalik…….deyiladi.
A) tezlik B) kuch C) tezlanish D) yo`l
4. Agar buyum ko`zguga 1m/s tezlik bilan yaqinlashsa tasvir buyumga nisbatan qanday tezlikda yaqinlashadi? (m/s)
A) 2 B) 1 C) 0,5 D) -1
5. +2q zaryadli tomchidan -q zaryadli tomchi ajratildi. Qolgan tomchining zaryadini toping.
A) -3q B) –q C) +2q D) +3q
6. Agar C sig`imli ketma-ket ulangan ikkita kondensatorni parallel ulansa umumiy sig`im qanday o`zgaradi?
A) 2 marta ortadi B)2 marta kamayadi
C) o`zgarmaydi D) 4 marta ortadi
7. Qarshiligi 20 Ω bo`lgan o`tkazgichdan 2A tok o`tmoqda. O`tkazgichning elektr quvvatini toping (W)
A) 80 B) 40 C) 10 D) 0,1
8. Jismni Yerga tortuvchi kuch……. deb ataladi.
A) jism og`irligi B) og`irlik kuchi C) elastiklik kuch D) ishqalanish kuchi
9. Tok kuchining birliklarini ko`rsating.
1. A 2. C/s 3. V/Ω 4. A/V
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,4
10. o`tkazgichnung solishtirma qarshiligi son jihatdan nimaga teng?
A) uzunligi 1 m kesimi 1 mm2 bo`lgan o`tkazgichning qarshiligiga
B) uzunligi 1m, kesim yuzasi 1m2 bo`lgan o`tkazgichning qarshiligiga
C) kesim yuzasi 1mm2, uzunligi ixtiyoriy bo`lgan o`tkazgich qarshiligiga
C) uzunligi 1m, yuzasi ixtiyoriy bo`lgan o`tkazgich qarshiligiga
11. Elektr zaryadlari o`tkazgich sirtida qanday joylashadi?
A) hamma joyida bir tekis
B) tekis sirtida katta, uchli joylarda kichik
C) tekis sirtida siyrak, uchli joylarda zich
D) sirt shakliga bog`liq emas
12. Dielektrik singdiruvchanlik ikki marta orttirilsa, kondensator sig`imi qanday o`zgaradi?
A) ikki marta kamayadi B) 4 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) ikki marta ortadi
13. O`tkazgichdan 3minut davomida 20 V kuchlanish ostida 0,2 A tok o`tmoqda. O`zgarmas tokning bajargan ishini toping. (J)
A) 720 B) 72 C) 180 D) 120
14. Linzaning optik kuchi qanday birlikda o`lchanadi?
A) m B) dptr C) mm D) N/m
15. Jism 20 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. U qanday tezlik bilan qaytib tushadi? (m/s)
A) 10 B) 20 C) 5 D) 30
16. Elektr zaryadlarning tartibli harakatiga……………… deyiladi.
A) kuchlanish B) tok kuchi C) qarshilik D) elektr toki
17.Iste’molchilar parallel ulanganda har bir o`tkazgich uchlaridagi kuchlanish qanday bo`ladi?
A) bir xil B) har xil C) ortadi D) kamayadi
18. Ionizator ta’siri to`xtatilishi bilan to`xtaydigan razryad qanday razryad deyiladi?
A) mustaqil B) rekombinatsiya
C) nomustaqil D) dissotsiatsiya
19. 100 g massali yuk ta’sirida prujina 2 sm ga cho`zildi. Prujina bikrligini toping (N/m)
A) 50 B) 200 C) 0,2 D) 5
20. Elektr maydon kuchlanganligi qanday birliklarda o`lchanadi?
21. N/C 2. N∙C 3. V/m 4. V∙m
A)1,4 B) 1,3 C) 2,3 D) 3,4
22. Erkaklar chiqaradigan ovoz nomlarini yozing.
23. Elektr tokining ta’sirlarini keltiring
24. Elektr tokining bajargan ishi qanday birliklarda o`lchanadi?
25. Kuch impulsi va jism impulsi formulalarini yozing
26. Elektrolizdan foydalanib, buyumlarning sirtini qiyin oksidlanadigan metallar bilan qoplash nima deyiladi?
27. O`tkazgichdagi kuchlanish o`zgarmas bo`lganda qarshilik ikki marta oshsa tok kuchi qanday o`zgaradi?
28. Elektr zanjirida tokning yo`nalishi sifatida qanday zaryadning yo`nalishi qabul qilingan?________________________________________________________________
29. Reostat qanday vazifani bajaradi?
30. Metallarda elektr toki qanday zarralar hisobiga o`tadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |