I kki qo`llab to`pni pastdan uzatish ko`pchilik holatda zarba berish va to`pni o`yinga kiritishda qo`llaniladi. Dastlabki siljishdan keyin to`pga tashlanish bilan bir vaqtda qo`lni to`g‘ri oldinga-pastga cho`ziladi. O`yinchining gavdasi oldinga egiladi. Gavdaning egilish burchagi va qo`lni oldinga cho`zish to`pning uchish joyi va balandligiga bog‘liq. To`p bilaklarni bir-biriga yaqinlashtirib, kaft bo`g‘inlariga yaqin bo`lgan ichki qismi bilan qabul qilinadi. Bunda barmoqlar birlashtiriladi va pastga tushiriladi.
Sakrab to`pni yuqoridan uzatish. Asosan bu usuldan hujumni tezlatish va chalg‘itish uchun qo`llaniladi. Sakrab to`pni uzatishda o`yinchining boshlang‘ich harakati hujum zarbasidagi harakati bilan o`xshash bo`ladi. Sakrab to`pni uzatish tez-tez hujum zarbasini berishga taqlid qilish bilan qo`shib olib boriladi. O`yinchi yugurib keladi, sakraydi va zarba berish uchun qo`lni siltaydi, biroq oxirgi paytda to`pni sherigiga uzatadi. To`pni bunday uzatishga orqaga uzatish yoki yashirin uzatish deb aytiladi. Raqib uchun kutilmagan yashirin kombinatsiyani amalga oshirishda to`pni uzatish har xil yo`nalishda, turli balandlik va tezlikda bajariladi.
To`g‘ridan hujumkor zarb. To`rning yuqori qismidagi to`pni bir qo` ll ab raqib to monga urishdan ibo rat hujum — hujumkor zarb deyil adi (ular o`rnidan sakrab yoki yugurib kelib bajariladi). Hujumkor zarb yugurish, sakrash va zarbdan iborat bo`ladi. Hujumchi bir, ikki va uch qadamdan zarba beradi Uchib kelayotgan to`pni ko`rib o`yinchi qo`llarini oldinga, yuqorig a ko`taradi. Uruvchi qo`l zarb uchun ta yyorla nadi . Gavda biroz orqaga egiladi. Zarb chog‘ida urayotgan qo`l bilan gavda ham oldinga egiladi. To`pni qancha kuchli urish zarur bo`lsa, kaft shuncha bo`shroq qilinadi, zarb qancha aniq bo`lishi lozim bo`lsa, kaft shuncha tarang
bo`ladi. Voleybol o`yinida har bir jamoada 6 tadan o`yinchi asosiy tarkibda maydonga tushadi. O`yin 5 ta bo`limdan iborat bo`lib, 1,2,3,4-bo`limlar 25 ochkogacha o`ynaladi, oxirgi 5-bo`lim 15 ochkogacha bo`ladi. Agar o`yin teng kurashlar ostida o`tsa, u
holda u yoki bu jamoa 2 ta ochko farqi bilan bo`limni yutishi kerak, ya’ni quyidagicha: 24—26, 25—27, 26—28 va hokazo.
O`yinni yutish quyidagicha hisobda bo`lishi mumkin: 3—0, 3—1, 3—2. O`yinda to`pga 3 marta tegish mumkin, 3-tegishda raqib jamoa tomonga to`r ustidan o`tkazib yuborish kerak. Raqib jamoasi hujum qilganda yoki to`r ustida sakrab to`siq qo`yishdagi to`pga tegish hisoblanmaydi, bu urinishdan keyin yana 3 ta to`pga tegish mumkin.
To`pni o`yinga kiritishni maydon orqa chizig‘ining xohlagan joyida bajarish mumkin. To`pni o`yinga kiritish uchun 1 marta urinish beriladi va 8 sekund mobaynida to`pni o`yinga kiritish kerak bo`ladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |