To`pni olib yurish ta’qib qilayotgan raqibdan qochishga, to`p uchun muvaffaqiyatli kurashdan so`ng to`p bilan halqa ostidan chiqishga va tez jadal qarshi hujumni tashkil etishga, sherikka to`siq qo`yishga yoki nihoyat, sherigiga hujum uchun to`pni uzatish va uni to`sayotgan raqibni biroz chalg`itishga imkon beradi.
Boshqa barcha holatlarda, qarshi hujum tezligini pasaytirmaslik va o`yin jarayonini buzmaslik uchun to`pni olib yurishdan bekordan bekor foydalanmaslik kerak. Olib yurish to`pni bir qo`l bilan yengil ketma-ket pastga-oldinga urish bilan amalga oshiriladi (yoki galma- gal o`ng va chap qo`l bilan), oyoqlardan biroz yonda va oldinga
yo`naltiriladi. Asosiy harakatlarni tirsak va bilak bo`g`inlari bajaradi. Muvozanat holatini saqlash va harakat yo`nalishini tez o`zgartirish uchun oyoqlarni bukish kerak.
Gavda biroz oldinga buriladi, to`pga tegmayotgan qo`l va yelka raqibni to`pga yaqinlashtirmasligi kerak (lekin uni itarib yubormaslik lozim). Qadam tashlash va to`pni harakatlantirayotgan qo`l sinxronligi to`pni olib yurish uchun xarakterlidir.
O`yinchi shu tarzda oldinga harakat qilib, shu vaqtning o`zida sheriklari, raqiblari joylashishini kuzatishi va halqa tomon yo`lini aniqlashi lozim. Vaqti-vaqti bilan nazoratni to`pdan maydonga va qayta to`pga qaratishi maqsadga muvofiq.
Periferik ko`rish, qo`l harakatlarining tezligi, mahorat, aniq va taktik fikrlash — to`pni xatosiz uzata oladigan basketbolchilarni xarakterlovchi sifatlardir.
U zatish uslublarini bajarish tezligi va aniqligi ma’lum darajada qo`l va barmoqlarning juda tez ishlashiga bog`liq. To`pni qabul qilayotganda sherikni ko`rish kerak, lekin unga qarab turmaslik lozim. Uzatish paytida muvozanat holatini saqlash lozim, bo`lmasa uzatishga mo`ljallangan yo`nalish raqib tomonidan to`sib yoki to`p olib qo`yilishi mumkin, o`yin- chi esa beixtiyor xato «yugurish» qilib qo`yadi uchinchi qadam qo`yadi yoki joyidan siljiydi.To`pni ko`krakdan ikki qoi bilan uzatish. Nisbatan oddiy o`yin paytida, raqibining ta’qibi bo`shroq bo`lganda, to`pni yaqin va o`rta masofadagi sherigiga aniq va tez yo`naltirishga imkon beruvchi asosiy usuldir
To`pni yuqoridan ikki qo`llab uzatish. Yuqoridan ikki qo`llab uzatishdan ko`proq raqib zich himoya qilayotgan paytda o`rtacha masofalarda foydalaniladi
T o`pni pastdan ikki qo`llab uzatish. To`pni ikki qo`llab pastdan uzatish tizzadan pastga ilib olinganda yoki maydondan olinganda, yoki pozitsiyani
almashtirishga vaqt bo`lmaganda 4—6 metr masofadagi sherikka to`pni yetkazishda qo`llaniladi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |