T agcharm bilan to’p to`xtatish dumalab kelayotgan va pastga tushayotgan to`plami to’xtatishda qo’llaniladi. Dumalab kelayotgan to’pni to’xtatishdagi dastlabki holat - to’p
tomonga qarab turish, gavdaning oirligi tayanch oyoqda. To’p yaqinlashib kolganda, to’xtatuvchi oyoq tizzadan sal bukilib, to’p tomonga uzatiladi. Kaftining uchi 30°-40° yoziq bo`ladi. Tovon yer yuzasidan 5-10 sm yuqoriroqda turadi.
To’pni sakrab turib oyoq
kaftining ichki tomoni bilan to’xtatish bilan to’xtatish To’p bilan tagcharm to’qnashgan paytda ozroqqina orqaga so`ndiruvchi harakat qilinadi. Pastga tushib kelayotgan to’pni tagcharm bilan bilan to’xtatish uchun uning yerga tushadigan joyini aniq mo’ljal qila bilish kerak. To’xtatuvchi oyoq tizzadan bukilib, to’p tushadigan joy tepasiga keltiriladi, oyoqning uchi sal ko’tarilgan, ammo oyoqning o’zi bir oz bo’shashtirilgan bo’lishi kerak To’pni u yerga tekan paytda to`xtatish mumkin. Bunda oyoq kafti
to’pni yerga qisib koladi. Oyoq yuzi bilan to`p to`xtatish To’pni tagcharm keyingi yillarda keng tarqalganbo’lib, harakat tizimi aniq idora qilishni talab etadi. To`xtatuvchi yuza, ya’ni oyoqning yuzi anchagina qattiq va o’lchami kichik bo`lgani sababli, harakat tuzilmasida salgina adashish yoki to’pning traektoriyasi va tezligini noaniq mo’ljallash to’xtatishda jiddiy xatoga olib keladi.
O`yin oldidan darvoza tanlash va to`pni o`yinga kiritish yuzasidan qur’a tashlanadi. To`p maydon markaziga qo`yiladi va hakamning ishorasi bilan u o`yinga kiritiladi. To`pni dastlab o`yinga kiritishda, ikkala jamoa o`yinchilari o`z maydonlarida bo`ladilar. Gol kiritilgandan keyin, to`p o`tkazib yuborgan jamoa o`yinni markazdan boshlaydi. Tanaffusdan keyin jamoalar o`rin almashadilar. O`yinni avval boshlamagan jamoaboshlaydi.
„Tortishuvli“ to`p. Bunda hakam qoidalarda ko`zda tutilmagan sabab bilan o`yinni to`xtatadi. So`ngra to`pni ikki o`yinchi orasida tepaga otadi.
O`yindan tashqari holat. Bunda raqib jamoaning hujumchisi to`pdan avval darvoza oldida paydo bo`ladi. Buning uchun jarima sifatida erkin to`p belgilanadi.
Raqibni ta’qib qilish. Bunda o`yinchi jo`rttaga raqib va to`p orasiga kirib oladi, gavdasi bilan unga xalaqit beradi, shu bilan sherigiga to`pni egallashiga imkon beradi. Jazo—o`sha joydan to`ptepishdir.
Jarima yoki erkin to`p tepish. Agar o`yinchi raqibni tepsa, yiqitsa, chalib yiqitsa, unga sakrasa, turtsa, qo`li bilan ursa yoki urmoqchi bo`lsa, orqadan itarsa, ushlasa yoki to`pni qo`l bilan o`ynasa, jarima to`pi belgilanadi. Agar o`yinchi bunday holatni o`z jarima maydonida sodir etsa, 11 metrli jarima belgilanadi, boshqa paytda erkin to`p tepiladi.
11 metrli zarb. U darvozadan 11 metr naridan tepiladi. Darvozabon va to`p tepuvchidan tashqari barcha o`yinchilar chetda turadilar (9 metr narida). Zarb berilmaguncha darvozabon o`rnidan jilmaydi. Zarb berayotgan o`yinchi to`pni faqat darvozaga tepadi. To`p darvozabondan qaytadigan bo`lsa, to`p tepgan o`yinchi uni takror tepmaydi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |