0 ‘rgatish ketma-ketligi
1. Oldinga o‘mbaloq oshish.
2. Tayanib o‘tirishdan, g‘ujanak holatida orqaga dumalash, qo‘llar bosh orqasiga tayangan.
3. Tayanib o‘tirishdan, g ‘ujanak holatida orqaga dumalab tayanibo‘tirish.
Bir oyoqda siltanib, ikkinchisida itarilib qo‘llarda tik turish Bajarish texnikasi. Siltanuvchi oyoqda turib, itariluvchi oldinda oyoq uchida, qo‘llar yuqoriga kaftlar oldinga qadam qo‘yib tanlanib, tanani oldinga bukib, to‘g‘ri qo‘llami yelka oralig‘ida polga qo‘yish
va bir oyoqda siltanib, ikkinchi oyoqda itarilib qo‘llarda turishga o‘tish. Tik turganda oyoqlami birlashtirib polga qarab, boshni ozgina orqaga egadi rasmda.
0 ‘rgatish ketma-ketligi
1. Yordam bilan bir oyoqda siltanib, ikkinchisida itarilib qo‘llarda turish.
2. Devordan ikki qadam narida turib, itariluvchi oyoq bilan bir qadam qo‘yib ikkinchisida siltanib, tovonlar bilan devorga tayanib qo‘llarda turish
Xatolar
1. Boshning noto‘g‘ri holati (orqaga egilmagan).
2. Tananing haddan ziyod kerilganligi.
3. Qo‘llaming juda keng yoki qisqa qo‘yilishi.
4. Tananing yelka, ko‘krak va bel qismlari toiiq to‘g‘rilanmasa.
Birinchi tibbiy yordamning ahamiyati va qoidalari
Tinchlik sharoitida eng ko'p uchraydigan baxtsiz hodisalarga: mexanik jarohat, kuyish, issiq va oftob urish, sovuq urish va umumiy muzlash, cho'kish va yer bosib qolishi tufayli bo'g'ilish, is gazidan zaharlanish, elektrdan jarohatlanish va chaqmoqdan shikastlanish kiradi. Bu holatlarda birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifalari shikastlanganlar hayotini eng zarur chora-tadbirlar bilan saqlab qolish, ularning azoblanishini kamaytirish, kelib chiqishi mumkin bo'lgan asoratlarning oldini olish hamda kasallik va jarohat kechuvini yengillashtirishdan iborat.
Birinchi tibbiy yordamni voqea sodir bo'lgan joyda shikastlanganning o'zi (o'z-o'ziga yordam) yoki boshqa kishi (o'zaro yordam) hamda maxsus o'rgatilgan shaxslar ko'rsatadi.
Birinchi tibbiy yordam ko'rsatishda tezlik bilan shikastlovchi manba (faktor)ni aniqlash, uni yo'qotish, har bir jarohatda tavsiya qilinadigan tibbiy yordam choralarini qo'llash, vrachni chaqirish yoki jarohatlanganni yaqin tibbiyot muassasasiga olib borish kerak. Ba'zi hollar (kuchli qon ketishb, og'ir suyak sinishlari, hushini yo'qotish, nafas olish va yurak faoliyatining to'xtashi va boshqalar)da shikastlanganlarga shu joyning o'zida tezlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatmay turib, ularni tashish (transportirovka qilish) mutlaqo mumkin emas..
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |