8-SINF GEOGRAFIYA
III CHORAK Nazorat ishi ( NI – V )
Nazorat shakli: Test sinovi
1. Mamlakatimizdagi “Isuzu” rusumli avtobuslarni hamkorlikda ishlab chiqarayotgan davlatni aniqlang.?
A) Fransiya B)Germaniya C) Yaponiya D)Janubiy Koreya
2. O‘zbekistonda «GM Uzbekistan» qo‘shma korxonasi qaysi davlat bilan hamkorlikda mahsulot ishlab chiqaradi?
A) Yaponiya B) Janubiy Koreya C) Germaniya D) Rossiya
3. Qaysi transport turida tashilgan yukning yo‘l harajati arzonga tushadi?
A)Suv transportida; B)Temiryo‘i; C) Havo transportida; D)Quvur transportida.
4. Respublikamizda tashiladigan yuk miqdori bo‘yicha qaysi transport yetakchi o‘rinda turadi?
A)Temiryo‘l; B)Suv; C) Havo; D) Avtomobil transporti.
5. Mamlakatimiz hududi bo‘ylab o‘tuvchi Osiyo va Yevropa mamlakatlarining tranzit yuklari qaysi yo‘l orqali tashiladi?
A) Chorjo‘y – Qo‘ng‘irot; B)Xovas – Bekobod; C) Qo‘ng‘irot – Beynov; D)Toshkent – Andijon.
6. 1993 yilda mamlakatimizdagi qaysi temiryo‘l liniyalari eliktirlashtirilib foydalanishga topshirildi?
A)Toshkent – Xojikent; B)Toshkent – Guliston;
C) Toshkent – Andijon; D) Xovos – Bekobod va Xovos – Jizzax.
7.Mamlakatimizdan Yevropa va Janubi–sharqiy Osiyo mamlakatlariga chiqiladigan temiryo‘llarni ko‘rsating.?
A)Buxoro – Beynov va Tajan – Saraxs; B)Buxoro – Saraxs; C) Buxoro - Chorjoy – Qo‘ng‘irot; D)Saraxs – Mashxad.
8. Respublikamizda dengiz sathidan 850 m balandadan o‘tadigan temiryo‘l qaysi shaharlarni bog‘laydi?
A) Toshkent – Guliston; B) Jizzax – Samarqand; C) Jizzax – Sirdaryo; D)Toshkent – Farg ‘ona.
9. O‘zbekiston xorijiy davlatlarga ehg ko‘p qaysi mahsulotni eksport qiladi?
A)Oziq – ovqat va paxta tolasini; B)Qora va rangli metallurgiya;
C) Paxta tolasi va energotashuvchilarni; D) Oziq – ovqat va kimyo mahsulotlarini.
10. O‘zbekiston shoh ko‘chasi „Katta O‘zbek trakti“ ning uzunligi qanchaga teng?
A)700 km; B) 850 km; C) 650 km; D)900 km.
Nazorat ishi (NI –VI)
Nazorat shakli: Amaliy topshiriq
I variant
1. O‘zbekiston Respublikasida tabiiy o‘sish darajasi 2012 yilda 609 ming kishini tashkil etdi. Agar tug‘ilganlar soni 472 ming kishini tashkil etsa o‘lganlar sonini toping.?
2. Toshkent viloyati aholisi 2012 yil holati bo‘yicha 2671 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, viloyat aholisining o‘rtacha
( 1kv. km ga) zichligini toping.?
3. Farg‘ona iqtisodiy rayonidagi 3 ta viloyatdan qaysi biri yuqori urbanizasiya darajasiga ega ekanligini berilgan ma’lumotlar asosida aniqlab toping.?
II variant
1. Farg‘ona viloyati aholisi 2012 yil holati bo‘yicha 3 mln 280 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, viloyat aholisining ( 1kv. km gA)zichligini toping.
2. Mirzacho‘l iqtisodiy rayonidagi 2 ta viloyatdan qaysi biri yuqori urbanizasiya darajasiga ega ekanligini berilgan ma’lumotlar asosida aniqlab toping.?
3. Farg‘ona viloyatida Respublika aholisining 11 % yashaydi. Viloyat mamlakatda yetishtiriladigan pillaning 20 % ini beradi.
Ushbu mahsulot rayon uchun iqtisodiy tarmoq bo‘la oladimi yoki yo‘qmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |