Fizika. 7 sinf Umumta’lim maktablari uchun I variant
1.0‘tin yorish paytida bolta g‘o‘lada siqilib qoldi.G‘o‘lani yorish uchun qattiq tayanchga g‘o‘lani urgan ma’qulmi yoki boltaning orqasinimi?
A) farqi yo‘q B) g‘o‘lani C) boltaning orqasini D) javob g‘o‘la va bolta massalari nisbatiga bog‘liq
2.Avtomobil yo‘lning birinchi yarmini ʋ tezlik bilan, ikkinchi yarmirining uchdan birini 0,5ϑ , qolgan qismini 2ʋ tezlik bilan o‘tdi. Uning butun yo`l davomidagi o‘rtacha tezligini toping.
A) 0,5ϑ B) 7ϑ/6 C) ʋ D) 1,5ϑ
3.Quymaning yog‘ochdan ishlangan modelining massasi 6 kg ga teng. Agar xuddi shu hajmdagi quyma qo‘rg‘oshindan tayyorlansa, uning massasi qanday bo‘ladi (kg)? Yog‘ochning zichligi 0,5 g/sm3, qo‘rg‘oshinniki 11,3 g/sm3.
A) 300 B) 276,2 C) 200 D) 135,6
4. Jism rariusi 5 m bo`lgan aylana bo`ylab 20 π m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Aylanishlar davrini toping (s)
A) 2 B) 2π C) 2π² D) 0,5
5. 60 t massali vagon 3 m/s tezlik bilan harakatlanib, tinch turgan 40 t massali vagonga urildi va unga ulandi. O`zaro ta`sir natijasida ikkala vagonlarning harakat tezligi qanday bo`ladi? (m/s)
A) 1,5 B) 6 C) 1,8 D) 3
6. Jism gorizantal 15 m/s tezlik bilan otilganda,uchish uzoqligi 60 m bo`lsa, u qanday balandlikdan
otilgan (m)
А) 80. В) 40. С) 45. D) 60.
7. Massasi 2 kg yukni 3 m/s2 tezlanish bilan 1 m balandlikka ko`tarishda bajarilgan ishni toping (J)
A) 26 B) 20 C) 14 D) 6
8.Doira shaklidagi sirtning diametri 2 marta ortganda, bu sirtga ta’sir etayotgan kuchning bosimi qanday o‘zgaradi?
A) 2 marta ortadi B) 2 marta kamayadi C)4 marta ortadi D) 4 marta kamayadi
9. U-simon tutash idishning ikkinchi tirsagi radiusi birinchisinikidan 2 marta katta. Unga suyuqlik quyilsa, birinchi va ikkinchi tirsaklardagi suyuqlik ustunlarining balandliklari nisbati qanday boladi?
A) 1 B) 1/2 C) 4 D) 1/4
10. Agar atmosfera bosimi 9,52∙104 Pa bo‘lsa, Torrichelli tajribasidagi naychada simob ustunining balandligi qanday bo‘ladi (mm)? s=13,6∙103 kg/m3, g=10 N/kg.
A) 700 B) 725 C) 715 D) 711
11.Avtomobil yo‘lning birinchi yarmini ikkinchi yarmiga nisbatan 8 marta katta tezlikda bosib o‘tdi. Agar avtomobilning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligi 32 km/soat bo‘lsa, avtomobilning yo‘lning ikkinchi yarmidagi tezligi qanday bo‘lgan (km/soat)?
A) 25 B) 22 C) 20 D) 18
12. Rasmda jismga ta`sir etuvchi kuch modulining vaqtga bog`liqlik grafigi keltirilgan 2 kg massali jismning 3 s da tezligi qanday o`zgaradi? (m/s)
А) 9 B) 12 C) 36 D) 18
13. Nurning ko`zguga tushish burchagi 20º ga teng bo`lsa , qaytish burchagini toping
A) 70º B) 55º C) 40º D) 20º
14. Jism suvga tushirilganda uning yarimi suvga botadi. Nom`lum suyuqlikka tushirilganda uning ¼ qismi botadi. Nomalum suyuqlik zichligini toping. (g/sm3)
A) 2 B) 0,8 C) 4 D) 16
15. Teploxodning vater chizig`i bo`yicha ko`ndalang kesim yuzasi 4000 m2 . Teploxodga yuk ortilganda uning og`irligi 1,5 marta ortdi. Teploxod olgan yukning massasini toping.(t). Dengiz suvining zichligi 1030 kg/m3 A) 6180 B) 1545 C) 6000 D) 4120
16. Shamol dvigatelining aylanishidagi burchak tezligi 6 rad/s, chiziqli tezligi 72 km/soat. G`ildirak aylanishidagi markazga aylanma tezlanishini toping (m/s2) A) 432 B) 120 C) 12 D) 3,3
17. Yorug`lik nuri ko`zgiga 600 burchak ostida tushsa, tushgan va qaytan nurlar orasidagi burchakni toping A) 70º B) 60º C) 30º D) 120º
18.Simob solingan U-simon nayning bir tirsagiga 13,6 cm balandlikda suv quyilsa, ikkinchi tirsagidagi simob sathi qancha (cm) ko‘tariladi? Simobning zichligi 13,6∙103 kg/m3.
A) 13,6 B) 0,5 C)6,8 D) 1
19.Quyidagi fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri?
A) gidravlik press - kuchdan yutuq beruvchi qurilmadir
B) suyuqlik yoki gazga to‘la botirilgan jismning og‘irligi (vazni) kamayadi
C) suyuqlik yoki gazga to‘la botirilgan jismning og‘irlik kuchi o‘zgarmaydi
D) suyuqlik yoki gazga botirilgan jismning og‘irligi ortadi
20. Gidravlik press kichik porshenining yuzi 8 cm2, katta porsheniniki 800 cm2. Kichik porshenga 600 N kuch berrlganda, katta porshendan 54 kN kuch olindi. Ishqalahish bo‘lmaganda va ishqalanish bo‘lganda, shu press yordamida kuchni necha marta oshirish mumkin bo‘ladi?
A) 67,5; 75 B) 90; 100 C) 100; 90 D) 75; 67,5
21. Avtomobil gorizontal yo‘lda tekis harakatlanmoqda. Qarshilik koeffitsienti 2 marta ortsa, tezligi o‘zgarmay qolishi uchun avtomobilning tortish kuchini qanday o‘zgartirish kerak?
_______________________________________________________
22. Qattiq jismlarda issiqlik qanday usulda uzatiladi?
______________________________________________
23. Yog`och stol ustida harakatlanayotgan yog`och bo`lagi ustiga m massali yuk qo`yildi. Ishqalanish koefisiyenti qanday o`zgaradi?
_______________________________________________________
24. Mexanikaga oid XBS dagi asosiy fizik birliklarni ko`rsating ___________
25. Bikrligi k bo`lgan prujinaga bikrligi 2 k bo`lgan prujina ketma-ket ulandi.
Hosil bo`lgan prujinaning bikrligini toping ___________________
26. Koptokning yuqoriga ko‘tarilish balandligini 4 marta orttirish uchun uning boshlang‘ich tezligini necha marta orttirish kerak?_________________
27.Jism h balandlikdan erkin tushmoqda. Uning potensial energiyasi kinetik energiyasiga teng bo‘lgan nuqtada tezligi qanday bo‘ladi? _______________
28.Arqon tortish musobaqasida to‘rt kishi ishtirok etmoqda. Ulardan ikkitasi arqonni 250 va 200 N kuch bilan o‘ng tomonga, qolgan ikkitasi 350 va 50 N kuch bilan chap tomonga tortmoqda. Teng ta’sir etuvchi kuch qanday (N)?Arqon qaysi tomonga harakatlanadi? __________________________________
29.Moddiy nuqta aylana bo‘ylab tekis harakatlanmoqda. Uning tezlik va tezlanish vektorlari orasidagi burchak qanday? __________________________________
30. Soatning sekund strelkasi minut strelkasidan 2 marta qisqa. Strelkalar uchlarining chiziqli tezliklari nisbati qanday? _______________________
Do'stlaringiz bilan baham: |