Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Tevarak-atrofimizda elektr tarmoqlari juda ko'p, kundalik turmusliimizda muntazam elektr jihozlar bilan ish ko'ramiz. Ulardagi nosozliklar, ulardan foydalanishda ehtiyotkorona ish tutmaslik tufayli hayotimizni xavf ostiga qo'yisliimiz mumkin.
Odam tanasi elektr tokini yaxshi o'tkazadi. 36 V dan yuqori kuchlanishli elektr tarmoq odam organizmi uchun xavfli hisoblanadi.
Xonadon elektr zanjiri ulangan elektr tarmoq 220V kuchlanishga ega ekanligini bilasiz. Ehtiyotsizlik qilib bunday kuchlanishli sim ushlab olinsa, tanadan tok o'tadi. Bunday holat, odatda, tok urdi deyiladi. Agar tok urgan kishini elektr simdan tezda ajratib olinmasa, u halok bo'lishi mumkin.
Qanday ehtiyotsizliklar tufayli odamni tok urishi mumkin? Tok urmaslik uchun qanday elektr xavfsizlik choralariga amal qilish kerak?
Ko'chadan o'tgan elektr tarmoqlari simlari izola- tsiyalanmagan bo'ladi. Ba'zi paytlarda elektr tarmog'ining bitta simi uzilib, yo'lda osilib yotgan bo'lishi mumkin. Uni ushlaganda tok simdan odam tanasi orqali yerga o'tadi va tok uradi (110- rasm).
Ko'chada uzilib yotgan elektr tarmog'i simini ushlamaslik kerak. Undan o'zingizni va bosh- qalarni ehtiyot qiling.
Xonadon elektr zanjirining simlari, odatda, devor ichidan o'tgan bo'ladi. Biror zarurat yuzasidan devorga mix qoqilayotgan paytda simning izolatsiyasi shikast-lanishi va mix simga tegib qolishi mumkin. Bu holda ham tok odam tanasi orqali yerga o'tishi va tok urislii mumkin (111- rasm).
Devorga mix qoqishdan awal shu joydan elektr simi o'tmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.
3
. Ayrim hollarda nosozlik tufayli elektr jilioz ichidagi tok o'tgan sim uning metall korpusiga tegib qolgan bo'lishi mumkin. Bunday elektr jihozning (masalan, muzlat- kiclining) metall qismini ushlaganda tok odam tanasi orqali yerga o'tishi va tok urislii mumkin (112- rasm).
Muzlatkich, televizor kabi elektr jihozlarning orqa tomonidagi maxsus qisqichini sim orqali yerga ulab qo'yish lozim.
Elektr jihozning korpusi yerga ulab qo'yilsa, korpusdagi tok yerga o'tib ketadi. Bu holda elektr jiliozning eruvchan saqlagichi uziladi va tok kelishi to'xtaydi. Jiliozni ta'mirlab, yangi eruvchan saqlagich qo'ygandan keyingina uni elektr tarmoqqa ulash mumkin.
4. Xonadondagi rozetkalarda va elektr lampochka patronlarida doimo tok bo'ladi (113- rasm).
Rozetka teshigiga yoki lampochkasiz patron ichiga metall buyumni tiqish juda xavfli. Bu holda metall buyum orqali odamni tok uradi.
Kichik yoshdagi bolalardan ehtiyot qilish uchun rozetkalar ularning qo'li yetmaydigan darajada poldan balandroq qilib o'rnatiladi. Kichik yoshdagi bolalar bo'lgan uylarda rozetkaga plastmassali maxsus moslama tiqib qo'yish maqsadga muvofiqdir.
5. Umumiy elektr tarmoqda tok o'cliib qolgan paytda ba'zi odamlar xonadon elektr zanjirining sliikastlangan joyini ta'mirlamoqchi bo'ladilar. To'satdan tok kelib qolsa, tok urishi mumkin (114- rasm).
Ba'zi hollarda umumiy tarmoqning faqat bitta fazasida kuclilanish bo'lmasligi, ikkinchi fazasida kuchlanish paydo bo'lislii mumkin. Elektr lampochka yonmayotganini ко'rib, ayrim kisliilar bemalol simning ocliiq joyini ushlab, ta'mirlash islilarini bajarmoqclii bo'ladilar. Agar simning shu fazasida tok bo'lsa, bu tok odam tanasi orqali yerga o'tadi va uni tok uradi.
Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta'mirlashda tarmoqda elektr toki bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'i nazar hisoblagichdagi ikkala patrondan saqlagichlarni olib qo'yish zarur.
Ehtiyotsizlik tufayli tok o'tayotgan simni ushlab olgan va tanasidan tok o'tib turgan odam o'zini o'zi deyarli qutqara olmaydi.
Bunga sabab, birinchidan, panja muskullari tok ta'sirida o'z-o'zidan qattiq qisilib, panja tok o'tayotgan simni siqimlab oladi. Ikkinchidan, tanadan tok o'tganda muskullar tortishib, odamning o'ziga bo'ysunmaydi. Ucliincliidan, tok odamning markaziy nerv sistemasini shikastlaydi va hushidan ketkazadi.
Odam tok ta'sirida qancha uzoq vaqt turib qolsa, uning hayotini saqlab qolish shuncha qiyin bo'ladi. Shuning uchun, birinchi navbatda, odamni tok ta'siridan xalos qilish kerak.
Agar falokat xonadonda ro'y berayotgan bo'lsa, jabrlanuvchiga tegib turgan simning vilkasini rozetkadan darhol sug'urib olish kerak. Agar tegib turgan sim to'g'ridan to'g'ri xonadon elektr zanjiriga ulangan bo'lsa, zudlik bilan elektr hisoblagich ostidagi saqlagichlarni burab olish yoki tugmalarini bosish kerak. Bu bilan xonadon elektr zanjiri uziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |