Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Elektronika-1 jamlanmasi,voltmeter,ampermetr
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Xonadonda barcha elektr asboblari: lampochkalar, televizor, muzlatkich va boshqalar bir vaqtda elektr tarmog'iga ulangan bo'ladi. Agar ular bir-biriga ketma-ket ulanganda edi, kuchlanish ular orasida taqsimlangan bo'lardi. Bu holda lampochkalar juda xira yonardi, televizorning ko'rsatishiga, muzlat- kichning sovitishiga kuchlanish yetish- mas edi. Undan tashqari, ketma-ket ulangan iste'molchilardan biri o'chi- rilsa, boshqalari ham o'chardi. Shuning uchun xonadonda barcha elektr iste'molchilar, odatda, bir-biriga parallel qilib ulanadi.
I
kkita lampoclika o'zaro parallel ulangan 76- rasmdagi elektr zanjirni yig'aylik. Bunda ikkala lampochka bir xil tarzda 1 va 2 qisqichlarga ulanadi. Shu qisqichlarga ulangan voltmetr 2 V kuchlanishni ko'rsatsin, deylik. Bu voltmetrning ko'rsatishi har bir lampochkadagi kuchlanishni ham, zanjirdagi to'liq kuchlanishni ham ifodalaydi.
Demak, parallel ulangan ikkala lampoclikada kuchlanish bir xil bo'lib, u zanjirdagi to'liq kuchlanishga teng bo'ladi, ya'ni: U\ = U2 = U.
Agar zanjirga n ta lampoclika bir-biriga parallel ulangan bo'lsa, u holda ulardagi kuchlanishlar ham teng bo'ladi:
Iste'molchilar parallel ulanganda, har bir o'tkazgich uchlari orasidagi kuchlanish bir xil bo'ladi.
Kalit ulanganda birinchi ampermetr /, = 0,6 A ni, ikkinclii ampermetr esa I2 = 0,4 A ni ko'rsatsin. U holda zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi ampermetr I = 1 A ni ko'rsatadi. Demak, parallel ulangan birinchi va ikkinclii lampoch- kalardan o'tayotgan /, va I2 tok kuchlarining yig'indisi I to'liq tok kuchiga, ya'ni zanjirning tarmoqlanmagan qismidan o'tayotgan tok kuchiga teng bo'ladi:
Iste'molchilar parallel ulanganda, zanjirdagi to'liq tok kuchi har bir tarmoqdagi tok kuchining yig'indisiga teng bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |