8-sinf . Adabiyot
Darsning mavzusi : To’ra Sulaymon hayoti va ijodi.
Dars maqsadi:a) ta`limiy maqsad: O’quvchilarga To’ra Sulaymon hayoti va ijodi haqida ma`lumot berish;
b)Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyani- Vatanga sadoqatli ,insonlarga mehr-oqibatli bo’lish layoqatini ,tabiatga samimiy munosabat hissini tarbiyalash;
d)Rivojlantiruvchi maqsad: adabiy –nutqiy kompetensiyani- shaxs sifatida adbiy til me`yorlariga rioya qilga holda o’z fikr – mulohazalarini erkin bayon eta olish ko’nikmasini rivojlantirish.
Dars turi : yangi bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi:Aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, klaster,taqdimot,”Venn diagrammasi”.
Darsning jihozi: Ozod Sharafiddinov va To’ra Sulaymon portretlari, kitoblar, proyektor, slaydlar,guruhlarni baholash uchun maxsus rasmlar,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Darsni o’quvchilar bilan salomlashish bilan boshlanadi.Yo’qlamadan
so’ng o’quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi .Sinf ikki guruhga bo’linib, nomlanadi. Aynan bahor faslining dastlabki kunlari bo’lgani uchun o’quvchilar bilan birgalikda guruhlarni “Boychechak” hamda ”Binafsha” deb nomladik .Guruhlar o’z tanlagan nomlarini chiroyli she`r va qo’shiqlar bilan izohlaydilar.
1-guruh: Biz o’z guruhimizni “Boychechak” deb atadik. Sababi, ushbu bahor elchisi hali yerdan qishning sovug’i arimay turib , qor-u muzlarni pisand qilmay, bo’y ko’rsatadi. Zerikkan ko’ngillarga ko’klam nashidasini olib kiradi, ularga quvonch bag’ishlaydi.Buvijonlarimiz “omonliq- somonliq” deya el-yurtga tinchlik tilaydilar.Biz ham ana shu nozik ,ammo qat`iyatli bahor guli kabi o’z bilimimizni qat`iyat bilan namoyish etmoqchimiz.
2-guruh: Bizning guruhimiz “Binafsha “ deb ataladi. Chunki u o’z ifori, betakror jilvasi bilan ko’ngillarni xushnud etadi. Bu go’zal chechak kabi biz ham ko’ngillarni xushnud etuvchi chiroyli qo’shiqni e`tiboringizga havola etmoqchimiz. O’quvchilar jo’r bo’lib Ilhom Farmonov ijrisidagi “Binafsha “ qo’shig’ini kuylashadi.
-Juda yaxshi , mana guruhlar bilan tanishib ham oldik. Endi darsimizni Vatanni madh etuvchi she`rlar, hikmatli so’zlar, maqollar bilan davom ettirsak. Har bir o’quvchi galma-galdan o’rgangan she`ri, hikmatlari yoki maqollarini aytadi. Guruhlar topshiriqni qay darajada bajarganligiga qarab, o’z ramzlari- boychechak yoki binafsha gulchalari, bulutchalar yoxud yomg’ir tomchilari bilan rag’batlantiriladi. Har bir guruhga alohida bahor manzaralari aks ettirilgan rasm ilingan va guruhlar erishgan rag’batlar ana shu rasmga joylashtirib boriladi.
O’tilgan darsni so`rash: O’quvchilar bilan o’tgan darsda Ozod Sharafiddinovning “O’lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” nomli maqolasi o’rganilgan . Mazkur maqola yuzasidan o’quvchilar bilimini sinash, darsni ona tili fanidan o’rganganlari bilan mustahkamlash maqsadida quyidagi jumlalar yozilgan tarqatmalar guruhlarga berilib, ularni sintaktik tahlil qilish hamda mazkur fikrlarga o’z munosabatlarini bildirish topshirig’i bajariladi.
1-tarqatma
Vatan – Allohning bizga atalgan go’zal tuhfasi.
2-tarqatma
Vatanga muhabbat Onaga muhabbat kabidir.
Topshiriqning bajarilishiga qarab yana rag’batlantiriladi.Shundan so’ng sinf taxtasiga yangi dars mavzusi yozib qo’yiladi: To’ra Sulaymon hayoti va ijodi.
1929
1951
1934
O’quvchilarga shoir hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi slaydlar taqdim etiladi. Taqdimot usulida berilgan ma`lumotlardan so’ng shoir she`ri bilan Sherali Jo’rayev ijrosidagi “Bahor, ketma mening bog’imdan”(“Iltijo” she`ri) qo’shig’i eshittiriladi . Guruhlarga esa berilgan vaqt ichida darslikda berilgan ma`lumotlar bilan tanishib chiqish topshiriladi. O’quvchilar mazkur topshiriqni bajargach, ko’chma doskaga yopishtirilgan qog’oz gulchalarga e`tibor qaratiladi. Ularda Ozod Sharafiddinov hamda To’ra Sulaymon hayoti va ijodiga oid ma`lumotlar yozilgan . Dastlab “Raqamlar tilga kirganda” o’yin- topshiriq o’tkaziladi. Bunga ko`ra “Boychechak” guruhi Ozod Sharfiddinov hayoti va faoliyatiga doir raqamlarni, “Binafsha “ guruhi esa To’ra Sulaymon hayoti va ijodiga doir raqamlarni topib, izohlashi kerak.Topshiriqni guruhlarning har bir a`zosi uddalashi lozim .
1962
1999
2002
Guruhlar topshiriqni bajargach keying topshiriq beriladi . Bu ham avvalgi topshiriq kabi bajariladi . Faqat bunda o’quvchilar o’zlariga berilgan ijodkorning asarlari yozilgan qog’oz olmachalarni o’z savatchalariga solishlari ,ya`ni yopishtirishlari kerak bo’ladi . Topshiriqni tez va to’g’ri uddalagan guruh g’olib hisoblanadi.
Yangi darsni mustahkamlash uchun “Venn diagrammasi” usulidan foydalaniladi. O’quvchilar To’ra Sulaymon hamda Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodiga o’z munosabatlarini bildirib, bir- biri bilan taqqoslaydilar.
Dars yakunida g’olib guruhni aniqlash uchun har ikki guruhga tegishli rasmli plakatga e`tabor qaratiladi . Qaysi guruhning plakatida boychechak yoki binafshalar bulutlar, tomchilar ko’p bo’lsa o’sha guruh g’olib hisoblanadi .
-Mana , o’quvchilar, siz bilan bugungi darsimizda qilgan mehnatingiz bugun doskada,rasmlarda aks etib turibdi . Shu ozgina muddatda biz oppoq qog’ozda rasm va belgilar yordamida chiroyli bahor manzarasini yarata oldik. Birgalikda bajargan topshiriqlarimiz natijasida go’zal ko’klam manzarasi namoyon bo’ldi. Agar hayotda ham mana shunday dangasalik qilmay, ahillikda harakat qilsak, yurtimiz yanada chiroy ochib boraveradi. Darsni To’ra Sulaymon she`ri bilan aytiladigan “Gul bir yon , chaman bir yon “ qo’shig’i bilan yakunlanadi. Faol ishtirokchilar baholanadi .
Uyga vazifa: 258-259- betlarni o’qish ,test savollari yoki boshqotirma tuzib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |