64. Quyidagilar ichidan Lorens kuchining ifodasini toping.
A) qvBsin . B) qvBcos . C) vB/2. D) vBsin . E) qvsin .
65. Protonning tezligi 4 marta kamayganda va magnit maydon induksiyasi 2 marta ortganda, magnit maydon tomonidan protonga ta'sir qiluvchi Lorens kuchi qanday o'zgaradi?
66. Induksiyasi 4 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonga 107 m/s tezlik bilan induksiya chiziqlariga perpendikular yo'nalishda uchib kirgan elektronga ta'sir etuvchi kuchning moduli qanday (N)?
66. Induksiyasi 0,2 T bo'lgan magnit maydonda induksiya chiziqlariga tik ravishda 10 Mm/s tezlik bilan harakatlanayotgan protonga qanday kuch ta'sir qiladi (pN). q0=1,6*10-19 C.
67. Bir jinsli magnit maydonga zaryadlangan zarracha uchib kirganda, unga magnit maydon tomonidan F kuch ta’sir etadi. Agar shu zarrachaning kinetik energiyasi 4 marta orttirilsa, ta'sir etuvchi kuch qanday bo'ladi?
68. Magnit induksiyasi chiziqlariga tik yo'nalishda 2 km/s tezlik bilan harakatlanayotgan 0,4 С zaryadga ta'sir qilayotgan Lorens kuchi 8 N ga teng bo'lsa, magnit induksiyasi qanday?
69. Magnit maydon induksiyasi 4 marta orttirilganda magnit maydonda harakatlanayotgan protonga ta'sir etuvchi kuch o'zgarmay qolishi uchun protonning tezligi qanday o'zgarishi kerak?
70. Magnit maydonda harakatlanayotgan bir va ikki zaryadli ionlarga ta'sir qiluvchi kuch bir xil bo'lishi uchun ikkinchi ion tezligi birinchi ion tezligiga nisbatan qanday bo'lishi kerak?
71. Induksiyasi 0,2 T bo'lgan magnit maydonga induksiya chiziqlariga tik ravishda elektron uchib kirdi. Unga ta'sir etuvchi kuch 0,32*10-12 N bo'lsa, uning tezligi qanday (m/s)? e=l,6*10-19 С
7 2. Qaysi hollarda magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarrachaga eng katta Lorens kuchi ta'sir etadi? Hamma hollarda В va v bir xil.
73. Chap qo'l qoidasi yordamida qanday kattaliklarning yo’nalishi aniqlanadi?
74. Manfiy zaryadga ega bo'lgan zarra magnit maydonda tinch holatda turibdi. Shu zarraga maydon tomonidan ta'sir etayotgan kuch yo'nalishi qanday bo'ladi?
75. Musbat zaryadli zarra magnit maydonga induksiya chiziqlari yo'nalishida uchib kirsa, unga ta'sir etuvchi kuch yo'nalishi qanday bo'ladi?
7 6. Proton rasm tekisligiga tik yo'nalishda «bizdan u tomonga» harakat qilmoqda. Protonga ta'sir qiluvchi kuch yo'nalishini toping.
7 7. Magnit maydonda harakatlanayotgan manfiy zaryadlangan zarrachaga ta'sir etuvchi Lorens kuchi yo'nalishi chizmada ko'rsatilgan qaysi yo'nalish bilan mos tushadi? Magnit maydon kuch chiziqlari bizdan chizma tekisligiga tik yo'nalgan.
7 8. Harakatlanayotgan musbat zaryadli zarraga magnit maydon tomonidan ta'sir etadigan Lorens kuchining yo'nalishini aniqlang. Maydonning magnit induksiyasi vektori chizma tekisligiga tik va bizdan chizmaga tomon yo’nalgan.
79. Rasmda bir jinsli magnit maydonga uchib kirayotgan, musbat zaryadlangan z arrachaning tezligi va unga ta'sir etayotgan Lorens kuchi yo'nalishlari ko'rsatilgan. rasm tekisligiga tik va biz tomon yo'nalgan bo'lsa, magnit qutblari qanday joylashgan?
8 0. Rasmda magnit maydonda joylashgan Vilson kamerasidagi zarraning traektoriyasi (izi) ko'rsatilgan. Magnit maydon induksiyasi vektorining yo'nalishi rasm tekisligiga tik va biz tomonga yo'nalgan. Zarra zaryadining ishorasini aniqlang.
81. Quyida keltirilgan kuchlarning qaysi biri ish bajarmaydi?
82. Vaqtga bog'liq bo'lmagan magnit maydon zaryadlangan zarralarning tezligini qanday o'zgartiradi?
83. Lorens kuchi harakatdagi zaryadli zarra tezligini qanday o'zgartiradi?
8 4. Elektron bir jinsli magnit maydonga uchib kirsa (rasmga q.), uning kinetik energiyasi vaqt bo’yicha qanday o'zgaradi?
85. Magnit induksiyasi vektoriga tik yo'nalishda 2000 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan elektronning traektoriyasi 0,5 m radiusli aylanadan iborat bo'lsa, magnit maydonning bajargan ishi qanday (J)?
86. Proton induksiyasi В bo'lgan bir jinsli magnit maydonda R radiusli aylana bo'ylab harakat qilmoqda. Lorens kuchining protonni bitta to'liq aylantirishda bajargan ishini toping.
87. Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga parallel yo'nalishda uchib kirgan zaryadlangan zarrachaning traektoriyasi qanday chiziq?
88. Induksiya chiziqlariga 90 va 0° dan farqli burchak ostida yo'nalgan tezlik bilan bir jinsli magnit maydonga kirgan zaryadli zarra qanday harakat qiladi?
8 9. Magnit maydon induksiyasi vektori В chizma tekisligiga tik bo'lib, «bizga» yo'nalgan bo'lsa, rasmda kо’rsatilgandek harakat qilayotgan elektron bu bir jinsli maydon ta'sirida qanday harakat qiladi?
90. Elektron va proton bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga perpendikular ravishda bir xil tezlik bilan uchib kirsa, ...
91. Gorizontal tekislik bo'ylab harakatlanayotgan musbat ionlar dastasining ustiga to'g'ri magnit tayoqchasining shimoliy qutbi yaqinlashtirilsa, dasta qaysi tomonga og'adi?
9 2. Elektronning bo'shliqdagi chiziqlari o'zaro parallel bo’lgan bir jinsli elektr va magnit maydonlardagi harakati xarakterini tavsiflang. Elektronning boshlang'ich tezligi maydonlar yo'nalishi bilan burchak tashkil qiladi.
93. Tezligi v bo'lgan elektron induksiyasi В bo'lgan magnit maydonga kuch chiziqlariga tik ravishda uchib kirdi. Shu elektron harakat traektoriyasining egrilik radiusi qaysi ifoda asosida hisoblanishi mumkin?
94. Tezligi v va zaryadi q bo'lgan ion induksiyasi В bo'lgan bir jinsli magnit maydonga kiradi va R radiusli aylana chizadi. Ionning massasi qanday ifoda vositasida hisoblanadi.
95. Induksiyasi 9,1 mT bo'lgan bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga perpendikular ravishda 16 Mm/s tezlik bilan uchib kirgan elektron harakat traektoriyasining egrilik radiusini toping (sm). m=9,1*10-31 kg, e=1,6*10-19 C.
96. Elektron induksiyasi 5,6 mT bo'lgan bir jinsli maydonga kuch chiziqlariga tik holda 107 m/s tezlik bilan uchib kirdi. U qanday (sm) radiusli aylana chizadi?
97. Zaryadlangan zarracha magnit maydonda induksiya chiziqlariga tik yo'nalishda v tezlik bilan harakat qiladi. Agar uning massasi 2 marta ortsa, uning aylanish radiusi qanday o'zgaradi?
98. Induksiyasi 0,01 T bo'lgan magnit maydonda proton radiusi 10 sm bo'lgan aylana bo'ylab harakat qilsa, uning maydonga kirib kelish tezligi qanday (km/s)? qp=1,6*10-19С, mp=l,67*10-27 kg.
99. Elektron induksiyasi 5 mT bo'lgan magnit maydonga uchib kirib, 4 sm radiusli aylana bo'ylab harakatlana boshlasa, uning tezligi qanday (m/s?
100. Induksiyasi 0,01 T bo'lgan magnit maydonda proton 10 sm radiusli aylana chizadi. Uning tezligini toping (m/s). Protonning massasi 1,67*10-27 kg, zaryadi 1,6*10-19 С.
101. Bir xil tezlikka ega bo'lgan ikkita bir xil zaryadlangan zarralar magnit maydonga kuch chiziqlariga tik yo'nalishda kirib, egrilik radiuslari R2=3R1 munosabatda bo'lgan traektoriya bo'yicha harakat qila boshladilar. 2-zarra massasi m2 ning 1-zarra massasi m1 ga nisbati m2/m1qanday?
102. Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga tik yo'nalishda uchib kiradigan zaryadlangan zarrachaning kinetik energiyasi 4 marta orttirilsa, u chizadigan aylana radiusi qanday o'zgaradi?
103. Induksiya chiziqlariga tik ravishda magnit maydonga uchib kiradigan protonni tezlatuvchi potensiallar farqi 4 marta oshirilsa, proton traektoriyasining radiusi qanday o'zgaradi?
104. Bir jinsli magnit maydonga uchib kiruvchi protonni tezlatuvchi potensiallar farqi 9 marta oshirilsa, proton maydonda harakatlanadigan aylananing radiusi qanday o'zgaradi?
105. Tezliklari bir xil bo'lgan proton va α-zarracha bir jinsli magnit maydonga kuch chiziqlariga tik ravishda uchib kiradi. Ular chizadigan aylanalarning R1 va R2 radiuslarini taqqoslang. A) R2=R1 B) R2=2R1. С) R1=2R2. D) R2=4R1. E) R1=4R2.
106. Bir xil kinetik energiyali proton va α-zarracha bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga tik yo'nalishda uchib kiradi. Ularning harakat traektoriyalarining egrilik radiuslari R1 va R2 uchun qaysi munosabat o'rinli? α-zarrachaning zaryadi proton zaryadidan 2 marta katta, massasi esa 4 marta katta.
107. Induksiyasi 10 mT bo'lgan bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga perpendikular ravishda 200 keV kinetik energiyali elektron uchib kiradi. Elektron traektoriyasining egrilik radiusini toping. m=9*10-31 kg; e=l,6*10-19 С.
108. Massa soni 28 bo'lgan kremniy izotopining bir zaryadli ionlari oqimi magnit induksiyasi 6,18 T bo'lgan magnit maydonga uchib kiradi va radiusi 21 sm bo'lgan aylana chizadi. Har bir ionning kinetik energiyasi necha joulga teng?
109. 500 V potensiallar farqini o'tgan elektron bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga perpendikular yo'nalishda uchib kiradi. Agar magnit induksiyasi 10-3 T bo'lsa, elektron harakatlanayotgan aylananing radiusi qanday (sm) bo'ladi?
110. Induksiyasi В bo'lgan bir jinsli magnit maydonda aylanma harakat qilayotgan elektronning aylanish davrini toping. Elektronning massasi m, zaryadi e.
111. Magnit induksiyasi В bo'lgan maydonda harakatlanayotgan protonning aylanish davrini toping. e - proton zaryadi, m – massasi
112. Agar bir jinsli magnit maydonda elektronning aylanish davri 9 ns bo'lsa magnit maydon induksiyasi necha mT bo'ladi? Elektronning zaryadi 1,6*10-19C; massasi 9,1*10-31 kg
113. Bir jinsli magnit maydonga bir elektron ikkinchisiga nisbatan 2 marta katta tezlik bilan uchib kirdi. Ularning magnit maydonda aylanish davrlari orasidagi munosabat qanday bo'ladi?
114. Zaryadlangan zarrachaning kinetik energiyasi 9 marta ortsa, uning siklotrondagi aylanma harakatining davri qanday o'zgaradi?
115. Tezliklari bir xil bo'lgan proton va α-zarracha bir jinsli magnit maydonga kuch chiziqlariga tik ravishda uchib kiradi. Ularning aylanish davrlari T1 va T2 larni taqqoslang.
116. Masspektrometrda 106 m/s tezlik bilan radiusi 10 sm bo'lgan aylana bo'ylab harakatlanayotgan ikki karra ionlashgan atom massasini aniqlang (kg). Magnit maydon induksiyasi 0,1 T