4. DARS MUNDARIJASINI RO'YOBGA CHIQARISH: Biz huquq bilan huquqbuzarlikni. qonuniylik bilan qonunbuzarlikni bir-biridan ajratib olishimiz uchun muayyan me'yorlar, usullar, vositalar va hujjatlar zarurdir.
Bunday imkoniyatni bizga huquq normalari beradi.
Huquq normasi - bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementidir. Huquqiy normalar jamiyatning ijtimoiy. iqtisodiy, siyosiy tuzilishi bilan belgilanadigan, xalq irodasini ifodalovchi davlat tomonidan o'rnatilgan, bajarilishi jamiyatning barcha a'zolari uchun umummajburiy bo'lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalardir.
Davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilina-digan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi - huquq normasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |