8-sinf. “ Huquq” Mavzu: “Kirish” Darsning ta’limiy maqsadi



Download 4,07 Mb.
bet53/158
Sana24.01.2022
Hajmi4,07 Mb.
#407606
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158
Bog'liq
8-sinf Huquq 127-bet

INTERNET MA’LUMOTLARI


Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod fanlari nomzodi. Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.1966 yilda O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.1983 yilda I.Karimov O‘zbekiston SSR Moliya , 1986 yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi

1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyat partiya komitetining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.

1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

1991 yil 31 avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.

1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

1995 yil 26 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra, I.Karimovning prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirildi.

2000 yil 9 yanvarda muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko’ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlarga muvofiq, I.Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
 
2007 yil 23 dekabrida muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga   ko‘ra, I. Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

U oilali, ikki nafar farzandi, to’rt nabirasi bor. Rafiqasi T.A.Karimova – mutaxassisligi iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta ilmiy xodim bo’lib ishlagan, ayni paytda – pensiyada.

I.Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Mustaqillik” va “Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan.

Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden-medallari bilan ham mukofotlangan.I.Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi. Ayni vaqtda u iqtisod, fan, ta’limni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ko‘pgina xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademikligiga saylangan.

93-modda. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti:

1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O'zbekiston Res­publikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;

2) O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masala-lariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'radi;

3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;

4) muzokaralar olib boradi hamda O’zbekiston Respublikasi­ning shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tu-zilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburi-yatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

5) o’z huzurida akkreditatsiyadan o’tgan hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

6) O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O’zbekiston Res­publikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

7) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;

8) ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qila­di; respublika hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamji-hat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masala-

larga doir farmonlarni keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig’iga kiritadi;

9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim –etadi;

10) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko’rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi va lavozimidan ozod qiladi;

11) O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlay-di va lavozimlaridan ozod qiladi;

12) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbo-sarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig’iga kiritadi;

13) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xo’jalik sudi raisi va sudyalari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

14) viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo’jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi;

15) viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o’z sha’ni va qadr-qim-matiga dog’ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;

16) respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek ho-kimlarning qabul qilgan hujjatlarini to’xtatadi, bekor qiladi;

17) O’zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o’z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo’yish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;

18) O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuz-dan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majbu-riyatlarini bajarish zaruriyati tug’ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig’iga kiritadi;

19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsiz-liklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashni ko'zlab, O'zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig'iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;

20) O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oily bosh komondoni qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, harbiy unvonlar beradi;



Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish