D A R S N I N G B O R I S H I.
1. TASHKILIY QISM: O'quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlab, o'quvchilarni darsga tayorlash, ular diqqatini darsga jalb qilish.
2. O'TGAN MAVZUNI TAKRORLASH: Blits – so'rab bilishni o'tkazish uchun namunali savollar. Mashq uchun savollar.
3. DARS MUNDARIJASI:
Davlatning huquqqa bo'lgan munosabatiga qarab qanday turlarga ajratish mumkin?
Qanday davlat etatik davlat deb ataladi?
Huquqiy davlatning asosiy belgilari.
4. DARS MUNDARIJASINI RO'YOBGA CHIQARISH:
1- davlatda: Markazlashgan siyosiy va iqtisodiy tizim mavjud. Bu davlatda boshqarish markazdan yetkaziladigan qat'iy farmon, buyruq va rejalar asosida amalga oshiriladi. Bu hujjatlarda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda barcha fuqaro va tashkilotlarning qanday faoliyat bilan shug'ullanishi kerakligi aniq belgilab berilgan. Ko'rsatmalarni buzganlik uchun qanday jazo choralari ko'rilishi ham aniq ko'rsatilgan.
2- davlatda: Markazlashgan rejalar xalq tomonidan saylangan parlamentda ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Farmonlar va buyruqlar bilan bir qatorda ana shu parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar ham mavjud. Lekin bu qonunlardan ko'ra ko'proq mansabdor shaxslar tomonidan beriladigan ko'rsatma va buyruqlarning ta'siri kuchliroq.
3- davlatda: Davlat hokimiyati uchga bo'linadi:
qonun chiqaruvchi;
ijro etuvchi;
sud hokimiyati;
Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonunchilik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Dunyoda mavjud davlatlar bir-biridan juda ko'p jihatlari bilan farq qiladi Bu farqlar bilan bir qatorda ularning o'xshash tomonlari ham ko'p. Mana bu o'xshash tomonlari, ya'ni umumiy xususiyatlariga asoslanib davlatlarni tasniflash mumkin.
Davlatning huquqqa bo'lgan munosabatiga qarab quyidagi turlarga ajralish lliiimkin.
Etatik;
Huquqiy davlat.
O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o'zini-o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo'li bilan amalga oshiriladi.
О 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 32- modda.
Etatik davlatda:
qonun o'rnini ko'pincha qat'iy buyruq va farmoyishlar egallaydi;
davlat o'z fuqarolari siyosiy birlashmalari va tashkilotlarining erkinliklarini qat'iy cheklab qo'yadi;
davlat iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni va hatto fuqarolarning shaxsiy hayotini ham o'z boshqaruvi ta'siriga olishga intiladi;
davlat organlari va mansabdor shaxslariga haddan tashqari ko'p vakolatlar beriladi.
Etatik davlatga misol qilib Kuba. sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Shuningdek, barcha totalitar va avtoritar tuzumdagi davlatlar ham bunga misol bo’la oladi.
Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi huquqning ustuvorligiga asoslanadi. Bunda davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta'minlashni hisobga olgan holda amalgam oshiriladi.
Huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |