DAVLAT TUZILISHI SHAKLI – hokimiyatlarning markaziy hokimiyat bilan o'zaro munosabatlarini belgilab beruvchi siyosiy va hududiy jihatdan tashkil etilishidir.
DAVLAT TUZILISHI SHAKLI QUYIDAGILARNI NAMOYISH ETADI – davlat hududi necha qismga va qay tarzda bo'linganligini, mahalliy va markaziy hokimiyat organlari o'rtasidagi munosabatlar qay tarzda amalga oshirilishini, ayni shu davlat hududida yashab turgan har bir millatning manfaatlari qay tariqa muhofazalanishini. Jahondagi aksariyat mamlakatlar davlat tuzilishining unitar shakliga egadir.Bu holda davlat hududi ma'muriy hududlarga (viloyatlar, tumanlar va hokazolarga), ya'ni davlatchilikka ega emas, balki boshqaruv qulayligi uchun mavjud bo'lgan qismlarga taqsimlanadi. Buyuk Britaniya, Fransiya , Italiya , Norvegiya, SHvetsiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Yaponiya, Finlandiya, Misr va boshqalar unitar davlatlar jumlasiga kiradi.Yodda tuting!
Unitar davlat - yagona davlat bo'lib, uning alohida a'muriy-hududiy birliklari bir xildagi huquqlarga ega, butun davlat hududida yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjatlari amal qiladi.
Davlat tuzilishining boshqa bir shakli federatsiyadir. Federatsiya subyektlari o'z konstitutsiyasiga, o'z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo'ladi. Butun federatsiya uchun yagona hokimiyat va boshqaruv oliy organlari tashkil etiladi. Binobarin, AQSH, Kanada, Braziliya, Meksika,Avstriya, Belgiya, Shvesariya, Pokiston, Argentina, Rossiya va boshqalar federativ davlatdir.
Davlat tuzilishining yana bir shakli – konfederatsiya ham mavjuddir. Bunday birlashuvda har qaysi davlat o'z suverenitetini,o'z mustaqilligini saqlob qoladi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolik bo'lmaydi, har bir davlat xalqaro aloqalarni mustaqil o'rnatadi.Yevropa ittifoqi konfederativ birlashuviga misol bo'la oladi.
KONFEDERATSIYA – muayan maqsadlarga erishish (mamlakatlarning birgalikdagi mudofaasi, bojxona ishlarini, tashqi savdo aloqalarini tashkillashtirish va hokazo) uchun birlashgan suveren davlatlarning muvaqqat ittifoqi.
FEDERATSIYA – federatsiya subyekti bo'lgan bir necha davlatlar birlashmasi ko'rinishdagi ittifoqdosh davlat.
Konstitutsiyaga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Qoraqolpag'iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan tashkil topgan.O'zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilishining o'ziga xosligi uning tarkibida tumanlar,shaharlar,shaharchalar va ovullardan tashkil topgan suveren Qoraqalpog'iston Respublikasining mavjud ekanligidir.Davlatimizning ma'muriy-hududiy tuzilishi mamlakatni yaxshiroq boshqarishga, yuzaga keluvchi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni samarali hal etishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |