3. DARS MUNDARIJASI:
Davlat shakllari haqida tushuncha.
Davlat shaklining elementlari.
Davlatning tuzilish shakllari.
Xuquqning asosiy belgilari.
4. DARS MUNDARIJASINI RO'YOBGA CHIQARISH USTIDA ISHLASH.
Davlatning shakli deganda, davlatning tuzilishi va boshqaruv usulini belgilaydigan tashqi xususiyatlar tushuniladi.
Davlat shakli quyidigi uch elementni o’zida ifodalaydi:
-Davlat boshqaruv shakli;
-Davlat tuzilish shakli;
-Siyosiy rejim;
Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat xokimiyati, uning idoralari, aholi bilan o’zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.
Boshqaruv shakliga ko’ra davlatlar monarxiya va Respublikaga bo’linadi.
«Monarxiya» so’zi yunonchada «yakka xokimlik» ma’nosini bildiradi. Monarxiya oliy xokimiyat yakka xokim davlat boshlig’ining qo’lida bo’lgan va bu xokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruvi shaklidir.
Monarxiya mutloq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda bo’ladi. Davlat xokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklanmagan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa (Saudiya Arabistoni) bunday monarxiya mutloq monarxiya deyiladi.
Agar monarxning xokimiyati Konstitutsiyasi asosida amal qiladigan biron bir vakolatli idora Bilan cheklangan bo’lsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy parlament shaklidagi monarxiya bo’ladi… Masalan, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, SHvetsiya.
«Respublika» so’zi yunonchada «umumiy ish» ma’nosini bildiradi. Respublika davlat boshqaruvining xokimiyat oliy idoralari muayyan muddatga saylanaligan shaklidir. Respublikalar Prezidentlik Respublikasi va parlament Respublikalariga bo’linadi. Prezidentlik Respublikasida davlatni xalq saylaydigan va juda keng vakolatlarga ega bo’lgan Prezident boshqaradi. U davlatning ham, xukumatning ham boshlig’idir. Bunday Respublikada xukumatni Prezident tuzadi. (AQSH va O’zbekiston).
Parlamentar Respublikada davlat boshlig’i saylanuvchi mansabdor shaxs bo’lib, nisbatan torroq vakolatlarga ega. Bunda Prezidentni parlament saylaydi. U rasman davlat boshlig’i hisoblanib, asosan vakillik funktsiyalarini bajaradi. Uning xukumat tuzi shva mamlakatni boshqarishda tutgan o’rni nomigagina axamiyatga ega bo’ladi. U xukumatni boshqarmaydi (bosh vazir boshqaradi). Ammo xukumat uni tarqatib yuborishi mumkin bo’lgan parlament oldida javobgardir. (Avstriya, Italiya, Germaniya).
Respublika shaklidagi boshqaruvning yana bir ko’rinishi aralash boshqaruvdir. Bunday boshqaruv prezidentlik va parlamentar aralashib ketgan bo’ladi (Frantsiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |