Qonun belgilaydi:Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 66-moddasi.
FARZANDLARNING HUQUQLARI
Farzandlarning huquqlari «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiya (1989-yil) kabi nufuzli xalqaro hujjatda mustahkamlab qo‘yilgan. Unga muvofiq inson tug‘ilganidan to 18 yoshga qadar bola hisoblanadi va quyidagilarga haqlidir:
yashashga, aqlan va jismonan rivojlanishga;
ismi va fuqaroligi bo‘lishiga;
oilada tarbiyalanishga;
fikr, vijdon va diniy e’tiqod erkinligiga;
ta’lim olishga;
zo‘ravonliksiz hayotga;
shaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinishiga va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |