Qonuniylikning huquqiy savodxonlik, huquqiy bilim bilan bog'liqligi qabul qilinayotgan qonunlar barcha normativ hujjatlarning fuqarolar, ayniqsa, yoshlar tomonidan muntazam ravishda maktabda, oliy o'quv yurtlarida hamda mustaqil o'qib o'rganilishidir. Inson, albatta. huquqiy savodxon boisa, huquqiy hujjatlarni, qonunlarni mukammal bilsagina, ularga amal qilishi osonlashadi, tezlashadi.
Qonunchilikning huquqiy madaniyat bilan chambarchas bog'langan-ligi. Huquqiy madaniyat bu — faqatgina qonunlarni, huquqiy hujjatlarni bilish, huquqiy ma'lumotlardan muntazam xabardor bo'lishdangina iborat emas. Eng asosiysi, egallagan huquqiy bilim, malaka, ko'nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo'llashdir, qonunlarga amal qilish va ularga bo'ysunishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |