Huquqiy munosabat — uning ishtirokchilari o 'rtasidagi huquqiy (yuridik) aloqalar bo 'lib, ularning o 'zaro huquq va majburiyatlarida namoyon bo 'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, masalan, tibbiy yordam olish, turar joyga, o'z ismi, familiyasiga ega bo'lish huquqlariga ega. Aqli zaif va ruhiy kasallar ham huquqiy layoqatga ega. Ular ham yashash, davolanish, nafaqa olish, mulkdor bo'lish huquqiga egadirlar. Ayrim davlatlarda hali tug'il-magan bola ham huquqiy layoqatga ega. U merosxo'r bo'la oladi.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga qaratilgan bo isa, ushbu narsa huquqiy munosabatlarning obyekti hisoblanadi.
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya 'ni huquq va majburiyat egalari huquqiy munosabatlarining subyektlari hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |