GURUHLARDA ISHLASH
1-GURUHGA : O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini sanab bering.
2-GURUHGA : O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga qanday shaxslar saylanishi mumkin.
3-GURUHGA : Vakolati tugagan Prezident qanday faoliyat bilan shug’ullanadi.
III. YANGI MAVZUNING REJASI:
1.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi haqida
2. 2009-yil 27-dekabrda bo’lib o’tgan saylov
haqida
IV. YANGI MAVZU BAYONI:
Davlat va jamiyat boshqaruvi saylov orqali demokratik asosida tashkil topadi, xalqning saylov yo’li bilan vakillik organlari tuzib, ularga o’z vakillarini saylash, saylanadigan organlar faoliyatining yo’nalishlarini belgilash imkoniyatida fuqarolik jamiyatining asl mazmun mohiyati mujassamdir
O’zbekiston Respubliksining Oliy Majlisi - davlat hokimiyaitining oily vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi ( quyi palata ) va Senatdan ( yuqori palata ) iborat.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va senatining vakolat muddati – besh yil
Davlatimiz Konstitutusiyasining 77-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisining qonunchiik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan 150 deputatdan iborat.
Qonunchilik palatsining 150 nafar deputatidan 135 nafari hududiy, birmandatli saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyavliylik asosida umumiy teng va to’g’ridan to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi.
Qonunchilik palatasining 15 nafar deputati O’zbekiston Ekalogik harakatidan saylanadi.
O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisining senati hududiy vakillik palatasi bo’lib 100 nafar senat a’zolaridan ( senatorlardan ) iborat.
“ O’zbekiston Respubliksining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respubliksining Oliy Majlisi 2 palatadan – Qonunchilik palatasi ( quyi palata ) va Senatdan ( yuqori palata ) iborat.
O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi va senat vakolati – besh yil
O’zbekiston Respubliksining Konstitutsiyasi 76-modda
O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisining senati a’zolari , Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda olti kishidan saylanadi. O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisi senatining 16 nafar a’zosi fan, sanat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida hizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan O’zbekiston Respubliksi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni 25 yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respubliksi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respubliksi fuqarosi O’zbekiston Respubliksi oliy majlisining qonunchilik palatasi deputati shuningdek O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisining senat a’zosi bo’lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo’yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi. Ayni bir shaxs bir paytning o’zida O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi va senat a’zosi bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi o’z tarkibidan qonunchilik palatasining Spikeri va uning o’rinbosarlarini saylaydi.
O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisining senati o’z tarkibidan senat raisi va uning o’rinbosarlarini saylaydi. Senat raisi O’zbekiston Respubliksi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.
O’zbekiston Respubliksi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati va senati a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular qonunchilik palatasi yoki senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi , qamoqa olinishi yoki sud tarkibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.
Beruniy ham Farobiy kabi adolatli shoh orqali eng bahtli jamiyat qurish mumkin degan g’oyani ilgari suradi. Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshoga hizmat qilmay, balki podshoh jamiyatga hizmat qilishi kerakligini aytadi. Tabiatan boshqarishga moyil bo’lgan hokim o’z fikri va qarorolarida qat’iy bo’lishi, o’z ishlarini amalga oshirishda faylasuflarning qonunlariga amal qilishi shohning o’zi ham yaratuvchilik ongiga ega bo’lishi ko’proq xalq haqida qayg’urishi kerak. Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar kuchlilar va kuchsizlar o’rtasida tenglik va adolat o’rnatishdan iboratdir. Hokimning muhim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga olimlarga g’amhorlik qilishdir
Do'stlaringiz bilan baham: |