Q O’ SH I M CH A M A ’ L U M O T L A R
Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqigq ega.
Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.
Fuqarolik jamiyatida oila asosiy andoza va hal qiluvchi bo’g’in hisoblanadi. oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, ma’naviyat, axloq va davlatchilik-fuqarolik jamiyatida ta’sir etuvchi omillardir.
Biz mustaqillik davrida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma’naviy o’zgarishlar bilan uyg’un tarzda rivojlantirish,uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siypsatining eng muhim va ustuvor yo’nalishi sifatida doimiy e’tibor berib kelmoqdamiz.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilab qo’yilgani, shu asosda Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodekslari va boshqa zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, bu borada tegishli huquqiy poydevor yaratilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |