8 O’zbekiston tarixi
1. Buxoro amiri Nasrullo tomonidan yuborilgan elchilar Rossiya hukumati oldiga qanday masalalarni qo‘yganligini aniqlang.
1) Buxoro-Eron o‘rtasida urush kelib chiqgudek bo‘lsa, birgalikda harakat qilish; 2) Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan amirlik savdogarlariga haq to‘lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy ajratib berish; 3) Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish; 4) Buxoroga po‘lat sotish; 5) amirlikka zambarak quroli sotish; 6) savdo karvonlarini talanishiga yo‘l qo‘ymaslik; 7) tog‘-kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborish. A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 1 , 4, 7, D) 3, 5, 7
2. 1721-yilda Buxoroga yuborilgan Rossiya elchisi Florio Beneveniga qanday vazifalar yuklatilganligini aniqlang. 1) O‘rta Osiyoga olib boriladigan suv va quruqlik yo‘llarini o‘rganish; 2) Angliyaning kuch-qudratiga xonni ishontirish; 3) qayerda qancha oltin konlari borligini aniqlash va ularni xaritaga tushirish; 4) Buxoro-Qo‘qon munosabatlari masalalarini tahlil qilish; 5) xonlikning Eron, Xiva va Usmonli davlati bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish. A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 5 D) 1, 4, 5
3. Qo‘qon hukmdori Norbo‘tabiy boshqaruv davri bilan bog‘liq voqealar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) birinchi bo‘lib xonlikning fals deb atalgan o‘z pulini zarb ettirdi; 2) o‘zining xonlik nomi yozilgan oltin tanga – dinorni zarb ettirdi; 3) uning davrida ekinlardan mo‘l-ko‘l hosil olindi, bozorlarda narx-navo arzonlashdi; 4) Muhammad Aminbekni Marg‘ilonga hokim etib tayinladi; 5) Qo‘qon shahrini xonlik poytaxtiga aylantirdi; 6) Olimbekni To‘raqo‘rg‘onga hokim etib tayinladi A) 1, 2, 4, 5 B) 3, 4. 6 C) 3, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6
4. 1556-yilda Sirdaryonining quyi etagiga ko‘chib kelgan qoraqalpoqlar qaysi xonlik tarkibiga kirgan?
A) qozoqlarning O‘rta Juz xonligi B) No‘g‘ay xonligi C) Xiva xonligi D) qozoqlarning Kichik Juz Xonligi
5. Buxoroda amir Haydar boshqaruvi bilan bog‘liq to ‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni toping. 1) Shahrisabz va Miyonqolni amirlik tarkibida saqlab qolish uchun kurash olib bordi; 2) O‘ratepani saqlab qolish uchun Qo‘qon xonligiga qarshi kurash olib bordi; 3) Rossiyaga elchi Ernazarbiyni yubordi; 4) Xiva qo‘shinini Amudaryo bo‘yida mag‘lubiyatga uchratdi; 5) urush kelib chiqqanida qo‘shinning xarajati uchun jul deb atalgan soliqni joriy qildi. A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 4 D) 2, 3, 5
6. Abulg‘ozi Bahodirxon Xiva xonligiga ko‘chib kelgan 32 ta o‘zbek qabilalarini 4 ta guruhga bo‘ladi. Qaysi javobda ushbu guruhlar to‘g‘ri berilgan? 1) „shulluk-joung‘ur; 2) qang‘li-qipchoq; 3) qo‘ng‘irot-qiyot; 4) uyg‘ur-nayman; 5) qo‘ldovli-kenagas; 6) nukuz-mang‘it.
A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 6 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5
7. Buxoro amirligida qaysi amaldor eng ishonchli shaxs sifatida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan? (XVIII asr oxiri XIX asr boshi)
A) naqib B) xon yasovuli C) to‘qsoba D) ko’kaldosh
8. Buxoro amirligida qaysi amaldor amirga in’om etilgan sovg‘alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib borgan? (XVIII asr oxiri XIX asr boshi) A) xon yasovuli B) mushrif C) to’qsoba D) naqib
9. Xiva xonligidagi eng kichik ma’muriy birlikni toping. (XVIII asr oxiri - XIX asr boshlari)
A) masjid qavmlari B) budun C) amlok D) noiblik
10. Xiva xonligida chet el davlatlari elchilarini qabul qiluvchi va ularning ta’minoti uchun mas’ul bo‘lgan amaldorni toping. (XVIII asr oxiri - XIX asr boshlari) A) yasovulboshi B) shig‘ovul C) devonbegi D) miroxur
11. Xiva xonligida qo‘shbegi lavozimidagi amaldorga qanday vazifalar yuklangan? (XVIII asr oxiri XIX asr boshlari) 1) xonning maxfiy maslahatchisi bo‘lgan; 2) maxfiy hujjatlar saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan; 3) qo‘shinning holati uchun javobgar bo‘lgan; 4) soliqlarning davlat xazinasiga tushishini ta ’minlagan; 5) moliya ishlari uchun javobgar bo‘lgan; 6) zarur bo‘lganda elchilik vazifasini bajargan.
A) 3, 4, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 6 D) 1, 3, 5
12. Xiva xonligida davlat yerlarini (a) va xususiy yerlarni (b) ijaraga oluvchilar qanday atalgan? 1) bevatan; 2) mardikor; 3) chorikor; 4) koranda. A) a-1, b-4 B) a-2, b-4 C) a-2 b-3 D) a-1, b-3
13. Quyidagi qaysi shahar nomi mil. avv. I asrga oid manbalarda ham uchraydi?
A) K o‘hna Urganch B) Mo‘ynoq C) Bog'ot D) Namangan
14. Qo‘qon xonligida yaylov, qamishzor va chakalakzorlardan iborat bo‘lgan yer shakli qanday atalgan?
A) mulki hurri xolis B) xos mulk C) chek yerlari D) taqiq yer
15. Dashti Qipchoq” deb ataluvchi geografik hudud qaysi manbalarda “Poloveslar yeri” nomi bilan yuritilgan?
A) Rus manbalarida B) Vizantiya manbalarida C) Arab manbalarida D) Turkiy yozma manbalarda
16. XIV asr oxirlarida tashkil topgan No‘g‘ay xonligi (Mang‘it) qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan? 1) Volga daryosidan Irtish daryosigacha; 2) Ural daryosidan Irtish daryosigacha; 3) Kaspiy va Orol dengizi bo‘ylaridan Kama daryosigacha; 4) Kaspiy va Orol dengizi bo‘ylaridan Ili daryosigacha; 5) Volga daryosidan Ili daryosigacha.
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 2, 5 D) 3, 5
17. Buxoroning qaysi hukmdori Qo‘qon xonligiga asos solgan Shohruxbiyga otaliq unvonini bergan?
A) Muhammad Rahimbiy B) Abulfayzxon C) Subhonqulixon D) Ubaydullaxon
18. Qo‘qon hukmdorlari egallagan hududlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Abdurahimbiy; 2) Erdonabiy; 3) Norbo‘tabiy; 4) Madalixon; a) O‘sh; b) Ko‘lob; c) Xo‘jand; d) Chust; e) Ohangaron vohasi. A) 1-c, 2-e, 3-d, 4-b B) 1-d, 2-a, 3-c, 4-e C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-e D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
19. Xiva xonligida qaysi lavozim egasi “dasturi mukarram”, “vaziri a’zam” degan nomlar bilan ulug’langan? (XVIII asr oxiri XIX asr boshlari) A) mehtar B) devonbegi C) yasovulboshi D) qo ‘shbegi
20. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I boshqaruvi bilan bog‘liq voqealar berilgan javobni toping. 1) xonlik kundalik hayotiga oid masalalarni hal etish uchun Kichik Kengash ta’sis etildi; 2) xonlikda yashovchi qabilalar 4 guruhga bo‘lindi; 3) 111 bo‘lmali Toshhovli saroyi qurildi; 4) qoraqalpoqlar bo‘ysunishga majbur etildi; 5) xonlik hududi Eron bosqinchilaridan ozod etildi; 6) mamlakatni birlashtirish jarayonida turkmanlar bo‘ysundirildi.
A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 5
21. Xiva xoni Asfandiyorxon (shayboniy) boshqaruvi bilan bog‘liq voqealar berilgan javobni toping. 1) xonlik kundalik hayotiga oid masalalarni hal etish uchun Kichik Kengash ta’sis etildi; 2) xonlikda yashovchi qabilalar 4 guruhga bo‘lindi; 3) xonning ukasi Abulg‘oziy Urganchga hokim etib tayinlandi; 4) qoraqalpoqlar bo‘ysunishga majbur etildi; 5) xonning ukasi Abulg‘oziyxon Eronga garov sifatida yuborildi; 6) Eron shohi Abbos I yordamida Xiva taxti egallandi. A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 6 C) 3, 5, 6 D) 1, 3, 5
22. Buxoro amirligida hunarmandchilikning to‘quvchilik sohasida Samarqand qanday mahsuloti bilan mashhur bo‘lgan? (XVIII asr oxiri XIX asr boshlari) A) ipakdan to‘qilgan shoyi adrasi bilan B) qizil rangli baxmali bilan C) bo‘zga gul bosib tayyorlanadigan chiti bilan D) ipakdan to’qilgan atlasi bilan
23. Buxoro xonligida aholiga yuklangan, davlat oldida o‘tashi shart bo‘lgan mehnat majburiyati qanday atalgan? A) otliq B) ushr C) yasoq D) xachi
24. Xiva xoni Arab Muhammadxon boshqaruv davri bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) xonlikda parokandalik yuqori nuqtasiga yetdi; 2) xonlik poytaxti Urganchdan Xivaga ko‘chirildi; 3) Eron shohi Abbos yordamida o‘g‘illaridan taxtni qaytarib oldi; 4) Rossiya chegaralarini qo‘riqlab turgan ataman Nechay va ataman Shamay boshchiligidagi Yoyiq kazaklari Urganchga hujum qildi; 5) o‘gillari Habash Sulton va Elbars Sulton otasiga qarshi isyon ko‘tardi; 6) Buxoro xonligi hududlariga tez-tez harbiy yurishlar uyushtirib, xonavayron qildi. A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 3, 5, 6 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6
25. Quyida berilgan tarixchilardan qaysi biri Buxoro hukmdori Ubaydullaxon hukmronligi davri haqida shunday yozgan edi. “Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa Buxoro viloyati gullab-yashnadi“
A) Hofiz Tanish al-Buxoriy B) Muhammad Solih C) Muhammad Yusuf Munshiy D) Abdurahmon Tole
26. Quyidagilardan XVIII asrda Buxoroda hukmronlik qilgan hukmdorlarni toping. 1) Ubaydullaxon II; 2) Imomqulixon; 3) Vali Muhammad; 4) Amir Muhammad Rahim; 5) Doniyolbiy otaliq; 6) Abdulazizxon.
A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 4, 6
27. XIX asr boshlarida Xiva xonligiga kelgan qaysi rus elchisi o‘zining ‘Esdaliklar” kitobida o‘zbek xalqiga xos xususiyatlar haqida to‘xtalib, o‘zbeklarni “aql-idrokli, suhbati yoqimli va o‘tkir, qat’iyatli, matonatli, urfodati oddiy, yolg‘on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilar” deb ta’riflagan? A) N. Ignatyev B) R.Baziner C) N.I.Muravyov D) I.D.Xoxlov
28. Ashtarxoniy sulolasining qaysi vakili davrida Buxoroda “Dorush-shifo” qurilib bemorlarni davolash ishi yo‘lga qo‘yilgan? A) Subhonqulixon B) Abdulazizxon C) Nodir Muhammad D) Ubaydullaxon II
29. XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligida shahar aholisi hunarmand va savdogarlardan qanday soliqlar olingan? 1) savdo puli; 2) targ‘u; 3) do‘kon puli; 4) tarozi puli; 5) afanak puli. A) 2,4,5 B) 1,2,4 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 5
30. Quyida Buxoro amirligida shakllangan yer egaligining qaysi biri davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lib, urushlarda jasorat ko‘rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajarishda namuna ko‘rsatgan shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan? A) mulki hur B) mulki xos C) vaqf D) tanho
31. 1512-yil G‘ijduvonda shayboniylar bilan safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda shayboniylar qo‘shiniga qo‘mondonlik qilgan shaxslarni aniqlang. 1) Ubaydullo Sulton; 2) Muhammad Temur; 3) Jonibek Sulton; 4) Abu Said; 5) Suyunchxo‘ja. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 5
32. Shayboniylar davrida tibbiyot ilmi rivojiga katta hissa go‘shgan quyidagi alloma tabiblarning yozgan asarlari mos ravishda betilgan javobni toping. 1) Sultonali Samarqandiy; 2) Ubaydulloh Kahhol; a) ‘Ko‘z kasalligiga doir asosiy kitob”; b) ’’Davolash bo‘yida dastur”; c) “Qibla tomonini topish ma’rifati”.
A) 1-b, 2-c B) 1-c, 2-b C) 1-b, 2-a D) 1-c, 2-a
33. BMTning Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga bitilgan ushbu misralar: “Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino bo‘lganligi tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Binobarin, zamon uning bir a’zosiga jarohat yetkazsa, boshqa a’zolari ham o‘z tinchini yo‘qotadi” kimning asaridan olinganligini aniqlang.
A) Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asaridan B) Sa’diy Sheroziyning “Bo‘ston” asaridan C) Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asaridan D) Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” asaridan
34. XVII-XVIII asrlarda Xivada ijod qilgan usta xattotlarni aniqlang. 1) Muhammad Yusuf Roziy; 2) Bobojon Sanoiy; 3) Ahmad Donish; 4) Muhammad Rizo Oxund; 5) Muhammad Rizo Ernazarbiy o‘g‘li.
A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 4 D 3, 4 ,5
35. “Xorazmning sug‘orilish tarixi” (Qadimgi zamonlardan hozirgacha) kitobi muallifini toping.
A) N. Muravyov B) Y .G ‘ulomov C) N. Vasileskiy D) I.Mo‘minov
36. Qaysi Xiva xoni davrida Arabxon va Muhammad Amin inoq madrasalari qayta qurilgan?
A) Olloqulixon B) Said Muhammadxon C) Muhammad Rahimxon I D) Eltuzarxon
37. “Husni dil”, “Qushlar munozarasi" asarlari muallifini toping.
A) Sayido Nasafiy B) Mujrim Obid C) Muhamadniyoz Nishotiy D) Mirzo Bedil
38. XIX asr boshida Buxoro amirligida barcha fuqarolar uchun zaruriy umumiy ta ’lim joriy etgan hukmdorni toping. A) Amir Haydar B) Amir Shohmurod C) Amir Muzaffar D) Amir Nasrullo
39. Qaysi dostonda Amir Temur va To‘xtamish faoliyati bilan bog‘liq voqealar bayon etilgan?
A) “Bo‘zatov” B) “Oshiqlar do‘sti” C) “Edigey” D) “Qirq qiz”
40. Buxoroda Rossiya imperatori Yekaterina II ajratgan pul hisobiga barpo etilgan madrasani
aniqlang. A) Ernazar elchi B) Qulbobo K o ‘kaldosh C) Nodir devonbegi D) Mir Arab
41. Quyidagi qaysi asar Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag‘ishlangan?
A) “Gulshan ul-muluk” B) “Shonomayi nusratpayom” C) “Firdavs ul-iqbol” D) “Dili g ‘aroyib”
42.Tanhodorlarni o'z mulkidan keladigan daromadlaridan mahrum etib,soliq va majburiyatlar miqdorini ko'paytirgan xon kimning farzandi edi?
A) Abdulazizxon B) Subhonqulixon C) Imomqulixon D) Nodir Muhammad
43.Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan islohotlar mohiyatiga ko'ra nimaga xizmat qilishi zarur edi?
A) iqtisodiyotni rivojlantirish B) markaziy hokimiyatni mustahkamlash
C) savdo-sotiqni jonlantirish D) Davlat va xon mulkini ko'paytirish
44."Xoqonga foydali maslahatlar" asarining muallifi qaysi fanlarga oid asarlar yozgan?
1.falsafa 2.tarix 3.tilshunoslik 4.ilohiyot 5.tasavvuf 6.astronomiya 7.fiqh 8.tibbiyot
A) 2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 2,3,6,7 D) 1,2,5,7
45.Nima sababdan Subhonqulixon tomonidan Xiva xoni Anushaxonga qarshi fitna yushtirilgan?
A) Xiva xonligini Buxoroga qo'shib olish uchun B) Anushaxon tomonidan Buxoro shaharlari vayron qilindi. Shu munosabat bilan qasos olish uchun C) Anushaxonning xazinasiga ega bo'lish maqsadida
D) Xiva xonligining harbiy harakatlariga chek qo'yish uchun
46.XVII-XVIII asrlarda ijod qilgan shoirlarni belgilang. 1.Muhammad Solih 2.Turdi Farog'iy 3.Sayido Nasaviy 4.Mirzo Abduqodir Bedil 5.Muhammadniyoz Nishotiy 7.Mujrim Obid 8.Ahmad Donish
A) 2,3,4 B) 2,4,8 C) 1,3,6 D) 1,6,7
47.Tarixchi Mir Olim Buxoriy ijodiga mansub tarixiy asar?
A) "Sharhnomayi shohiy" B) "Fathnomayi sultoniy" C) "Yilnomalar to'plami" D) "Tarixi Muqimxoniy"
48.XIII asr boshida Dashti Qipchoqni zabt etgan mo'g'ul qabilalarining keyingi taqdiri qanday kechdi?
A) mo'g'ullarning siyosiy ta'siri susaygach, ular o'z vataniga qaytib ketdilar
B) Dashti Qipchoqning mahalliy turk urug'lari tarkibiga singib ketdilar
C) shu yerda qolib, o'z etnik madaniyati va nomini saqlab qolishga harakat qilganlar
D) Dashti Qipchoqda paydo bo'lgan davlatlar boshqaruvini o'z qo'llariga olganlar
49. Amirlikda istiqomat qilib kelayotgan arablar jamoasi masalalari bilan shug'ullanadigan shaxs vakolatlari berilgan qatorni belgilang.
A) chet el mamlakatlari elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi
B) Ta'qiqlangan ichimliklar iste'mol qilinishiga hamda sudxo'rlikka qarshi choralar ko'rgan
C) Boquvchisini yo'qotganlarning, beva-bechoralarning haq-huquqlarini himoya qilgan
D) Oliy hukmdorning yorliqlarini u yoki bu amaldorga yetkazish
50. Quyida berilgan shahar va hududlarning Muhammad Shayboniyxon tomonidan egallanishini xronologik ketma-ketlikda belgilang. 1.Samarqand 2.Balx 3.Farg'ona 4.Toshkent 5.Xorazm
A) 1,4,5,3,2 B) 1,3,2,4,5 C) 1,4,3,5,2 D) 1,3,4,5,2
51. Bir xil mazmunga ega bo'lgan yer egaligi turini belgilang.
A) iqto'-tanho B) jogir-suyurg'ol C) suyurg'ol-ulusbegi D) tanho-mulki hur (mulki xos)
52. XIX asr boshlarida Buxoro amirligining davlat muassasalari qanday idoralardan iborat bo'lgan ?
1.ma'muriy 2.moliya 3.soliq 4.yer-suv 5.qozilik 6.mirshablik 7.harbiy
A) 1,2,3,6,7 B) 1,2,5,6,7 C) 1,3,4,6,7 D) 1,3,5,6
53. Amir Haydar davrida amalga oshirilgan islohotlar amirlik iqtisodiyotining tez sur'atlar bilan oshishiga xizmat qilgan. Qaysi omil Amir Haydar davriga xos emas?
A) davlat yer zahirasining ko'payishi B) markaziy hokimiyatning kuchayishi C) ijarachi dehqonlar sonining oshishi D) savdogar va hunarmand qatlamining qanchalik ahamiyatga egaligini to'g'ri baholay olishi
54. Quyidagi qaysi javobda Rossiya imperiyasidan Ural daryosi havzasigacha chorva mollarini soliqsiz boqishga ruxsat so'ragan Buxoro amiri berilgan?
A) Amir Shohmurod B) AmirHaydar C) AmirNasrullo D) Doniyolbiyotaliq
55.Qachonga kelib Xirot o'zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo'qotdi?
A) Afg'onlar qo'liga o'tishi bilan B) Shayboniyxon tomonidan zabt etilgandan keyin
C) Ismoil Safaviy zabt etgandan keyin D) Husayn Boyqaro o'limidan keyin
56. Buxoro xonligining tashqi siyosiy ahvoli to'g'risida ma'lumot to'plash, Rossiyaning kuch-qudratiga xonni ishontirish, Buxoro xonligi qurolli kuchlari, xonlikning xazinasi ahvolini batafsil o'rganish, Buxoro-Xiva munosabatlari masalalarini tahlil qilib chiqish kabi vazifalar yuklatilgan elchilik qaysi hukmdor hukmronligi davrida bo'lgan ? A) Imomqulixon B) Abdullaxon II C) Amir Nasrullo D) Abulfayzxon
57. Qaysi sulola hukmronligi davrida davlat vazifalarini ijro etish to'g'ridan-to'g'ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir nufuzli davlat arbobi qo'lida to'planuvchi tartib joriy etildi ?
A) Temuriylar B) Shayboniylar C) Ashtarxoniylar D)Mang'itlar
58.Buxoro xonligida qaysi harbiy qismlar shayboniy sultonlar va shahzodalarga topshirilgan?
1.ilg'or 2.Avangard 3.borong'or 4.Qalb 5.Javong'or 6.hirovul A) 1,3,4,6 B) 3,4,5 C) 1,2,6 D)1,3,4,5
59. Mashhur Mir Arab madrasasi qurilishi davom etgan davrga xos bo'lmagan voqeani aniqlang.
A) Muhammad Islom va Abu Bakr Sa'd Buxoroda shayxulislom vazifasida faoliyat yuritgan
B) Abdullaxon II tug'ilgan C) Ubaydullaxon hukmronligi boshlandi
D) Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshlandi
60. Ashtarxoniylar nechanchi yillarda Balx shahrini egallagan ?
A) 1602-y,1651-y B) 1603-y,1655-y C) 1604-y,1656-y D) 1607-y,1671-y
61. Kim mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko'p urindi?
A) Boqi Muhammad B) ValiMuhammad C) Imomqulixon D) NodirMuhammad
62. "Irfon" dostonining muallifi tug'ilgan shaharni Buxoroning 5-amiri qachon egallagan?
A) 1723-yilda B) 1510-yilda C) 1856-yilda D) 1804-yilda
63. 35 foizlik kumush tanga tarkibini 4 marta kamaytirgan pul islohoti o'tkazgan hukmdorga bag'ishlangan asarni kim yozgan? A) Muhammad Husayni Buxoriy B) Muhammad Amin Buxoriy
C) Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriy D) Muhammad Sharif Buxoriy
64. Qudratli davlat asoschisi, hukmronligi davrida Xurosonga tazyiq tobora kuchayib, talonchilik harakatlari avj olgan hukmdordan yengilgan Movaraunnahr hukmdori nechanchi yilda tug'ilgan ?
A) 1534-yil B) 1451-yil C) 1603-yil D) 1533-yil
65. Mamlakatni 40 yil davomida boshqargan hukmdorga qiz tomondan evara hisoblangan tarixiy shaxs nomi bilan bog'liq madrasa joylashgan shahar qozoqlar tomonidan qachon egallangan?
A) 1603-yil B) 1599-yil C) 1645-yil D) 1613-yil
66. Dehqonlarning soliq to'lash imkoniyatini oshirishga, davlat mulkini ko'paytirishga xizmat qilgan pul islohoti o'tkazilgan sulolaga mansub hukmdorni aniqlang.
A) Mirzo Ulug'bek B) Muhammad Shayboniyxon C) Ubaydullaxon II D) Amir Shohmurod
67. Qaysi hukmdor Buxoroning butun aholisini mamlakatni Xiva xonligi hujumidan himoya qilishga da'vat etdi?
A) Subhonqulixon B) Abdulazizxon C) AmirHaydar D) Muhammad Shayboniyxon
68. Quyidagi hukmdorlardan qay birlari taxtga o'tirishlaridan avval Samarqand shahri hokimlari bo'lishgan?
A) Muhammad Shayboniyxon va Zahiriddin Muhammad Bobur B) Boqi Muhammadxon va Amir Shohmurod
C) Ubaydullaxon va Subhonqulixon D) Amir Nasrullo va Abdullaxon II
69. Mansabdor shaxslardan qaysi biri yetishtirilgan hosilni hisob-kitob qilib, soliqlarni o'z vaqtida yig'ish uchun javob bergan? A) amin B) mushrif C) amlokdorD) mirobboshi
70. Vali Muhammad xonning hukmronlik yillarida Buxoro xonligida qanday vaziyat yuzaga kelgan?
A) Shayboniylar va Ashtarxoniylar o'rtasida taxt uchun kurash yana kuchaydi
B) Afg'on xonlarining tinimsiz urushlari iqtisodiy ahvolini murakkablashtirildi
C) Ichki kurash yana avj oldi, qabila beklari xon hokimiyatiga bo'ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdi
D) Xiva xoni Abulg'oziy Bahodirxonning tinimsiz hujumlari kuchaydi
71.Kimning asarlarida qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi og’ir ahvoli, erksiz turmushi, hukmron tabaqalar kirdikorlari katta mahorat bilan fosh etgan?
A) Jiyen Jirov B) Kunxo’ja Ibrohim C) Ajiniyoz D) Berdaq
72. Qaysi asar Xiva xonligining XVI asr tarixi haqida muhim ma’lumot beradi ?
A)“ Eng go’zal tarix “ B) “ Esdaliklar “ C) “ O’rta Osiyo bo’ylab sayohat “ D) Jenkinsonning Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yil sayohati “
73. Qozoq xoni tavakkal egallagan shaharlarni toping ?. 1.Buxoro 2.Toshkent 3.Axsi 4.Andijon 5.Samarqand 6.Balx A) 1 2 3 6 B) 1 2 3 4 C) 2 3 4 5 D) 3 4 5 6
74. Naqib - ? A) martaba B) lavozim C) unvon D) mirshab
75. Qaysi xonlikda ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi ?
A) Buxoro Ashtarxoniylari B) Xiva Shayboniylari C) Qo’qon Minglari D) Buxoro Shayboniylari
76. Mamlakatda parokandalikka qarshi, oily hokimiyatni kuchaytirish va mamlakat birligini ta’minlash uchun kurashgan hukmdorni toping? A) Anushaxon B) Ubaydullaxon II C) Abulfayzxon D) Subhonqulixon
77. Qaysi sulola davrida suv inshootlari qurilishiga yetarli e’tibor berilmadi ?
A) Sahyboniylar B) Ashtarxoniylar C) Mang’itlar D) Qo’ng’irotlar
78. Qaysi hukmdor mamlakatda o’zining mutlaq hukmdorligini o’rnatish hamda ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi ?
A) Amir Nasrullo B) Muhammad Amin C) Muhammad Rahimbiy D) Muhammad Rahimxon I
79. Pul islohoti o’tkazgan hukmdorlarni nomini toping 1.Shayboniyxon 2.Ko’chkunchixon 3.Abdullaxon II 4.Ubaydullaxon II 5.Shohmurod 6.Amir Nasrullo A) 1 2 3 4 5 6 B) 1 2 3 4 5 C) 1 2 3 4 D) 1 2 3
80. Qaysi asarda Markaziy Osiyoning XVIII asr va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan ?
A) “ Fathnomayi sultoniy “ B) “ Ajoyib at-tabaqot “ C) “ Yilnomalar to’plami “ D)”Gulshan ul-muluk”
81. Amir Haydar davrida yozilgan asar muallifi kim ?
A) Mir Ma’sum Olamiyon B) Mirzo Sodiq Jondoriy C)M.Nishotiy D) A.Donish
82. Shayboniylar boshqaruvi davrida qaysi mansabdagi amaldor zakot va boshqa tushumlarning zarur o’rinlarda ishlatilishini nazorat qilib borgan ? A) Muhtasib B) Shayxulislom C) Qozikalon D) Mehtar
83. Javoblarda keltirilgan hukmdorlarning qaysi birlaridavlat poytaxtlarini ko’chirishgan ?
A) Ubaydullaxon II, Abdullaxon II, Arab Muhammadxon, Abdukarimbiy B) Ubaydullaxon,Elbarsxon, Imomqulixon, Abdurahimbiy C) Ubaydullaxon, Elbarsxon, Arab Muhammadxon, Abdukarimbiy
D) Ubaydullaxon II, Elbarsxon, Arab Muhammadxon, Abdurahimbiy
84. Xivani Buxoroga bo’ysundirish harakati kimning hukmronligi davrida boshlandi ?
A) Shayboniyxon B) Ubaydullaxon C) Abdullaxon II D) Subxonqulixon
85.Qayerlik savdogarlar Rossiyaning Nijniy-Novgorod yarmarkasida faol qatnashganlar ?
A) Buxoro B) Qo’qon C) Toshkent D) Xiva
86. Qachonga kelib Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo’ldi ? XVI asrning ….
A) 50-yillarida B) 60-yillarida C) 70-yillarida D) 80-yillarida
87. Qaysi asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib Zahriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan? A) “Zafarnoma” B) “Shajarayi turk” C) “Boburnoma” D) “Dastur ul-amal”
88.Mamlakatida banggilik va ichkilikni ta’qiqlab qo’ygan hukmdor ?
A) Muhammad Rahimxon I B) Amir Shohmurod C) Shayboniyxon D) Umarxon
89. Qaysi xonlikda birinchi muntazam qo’shin tuzilgan ?
A) Buxoro mang’itlari B) Buxoro Ashtarxoniylari C) Qo’qon minglari D) Xiva qo’ng’irotlari
90.14 gumbazli tim, karvonsaroy va omborxonadan iborat me’moriy obida kim tomonidan bunyod ettirilgan ?
A) Abdullaxon II B) Muhammad Amin C) Olloqulixon D) Abdulazizxon
91. Buxoro amirligi taxtiga amir Haydar o’tirgan yili yuz bergan voqeani aniqlang.
A) Kunxo’ja Ibrohim tavallud topdi B) Sirdaryo bo’yidagi G’urumsaroy yaqinida bo’lgan jangda qo’qon xoni Olimxon Toshkent qo’shini ustidan g’alaba qozondi C) Napaleon Bonapart o’zining Fransiyaning umrbod konsuli deb e’lon qilinishiga erishdi D) Norbo’tabiy vafot etgach, taxtga uning o’g’li Olimbek o’tqazildi
92. Kimning davrida mamlakatda davlat boshqaruvi tizimida islohot o’tkazilgan?
A) Muhammad Rahimxon I B) Ko’chkunchixon C) Olloqulixon D) Olimbek
93.Kalta Minor kim tomonidan qurdirligan ?
A) Muhammad Rahimxon I B) Olloqulixon C) Rahimqulixon D) Muhammad Amin
94. Quyidagilarning qaysi biri XVI asrga taaluqli emas ?
A) Xiva xonlari kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllangan B) Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi hukmronligi davri bo’lgan C) Davlat yerlari “Tanho” deb nom olgan shaklda in’om etish qaroq topa borgan D)Xiva xonligida hukmron sulola nufuzi pasaya bordi
95. Qoraqalpoqlar qaysi xalq negizida xalq sifatida shakllanishi jarayonini boshlagan?
A) Qipchoqlar B) Bijanaklar C) O’g’uzlar D) qalmoqlar
96. Qaysi davlat Sirdaryoning quyi oqimi , Volga bo’ylari jung’orlari, Boshqird ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh bo’lgan
A) Xiva xonligi B) No’g’ay xonligi C) Toshkent bekligi D) Qoraqalpoq xonligi
97. 1827-yil 25-iyul kuni Xiva xoni Olloqulixon Oydo’stbiy boshchiligidagi qo’zg’olonni bostirish uchun Muhammad Nazarbiy inoq qo’mondonligidagi qo’shinni qayerga jo’natdi ?
A) Kegayli B) Chimboy C) Xo’jayli D) Qo’ng’irot
98. Qaysi asarda qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlagan ? A) “Darbadar el” B) “ Bo’zatov “ C) “ Avlodlar “ D) “ Xalq uchun “
99. Qaysi Qo’qon xoni davrida Rossiya bilan birinchi marta savdo aloqasi o’rnatildi?
A) Olimxon B) Erdona C) Abdurahimbiy D) Shoxruhbiy
100. Hoja dodxox madrasasi qaysi shaharda joylashgan ? A) Qo’qon B) Buxoro C) Xiva D) Samarqand
101.Kimning merosi 4 ta lirik devon va uchta dostondan iborat?
A) Nodira B) Amiriy C) Uvaysiy D) B.Mashrab
102. Sharqiy Turkistonliklar Jahongirxo’ja boshchiligida Xitoyning Sin imperiyasiga qarshi milliy ozodlik kurashi boshlagan yilda ….
A) Buxoro hukmdori Amir Nasrullo Shahrisabz bekligini bo’ysundirish uchun harbiy harakatlarni boshladi
B) ingliz elchisi Murkford ekspeditsiyasi Buxoro shahriga yetib keldi
C) Yangi Marv shahriga asos solindi
D) Madalixon taxtga o’tirdi
Do'stlaringiz bilan baham: |