8-mustaqil ish mavzusi:
Aholi o’rtasida jismoniy madaniyatni targ’ib qilish.
Buyuk kelajak avlodlarini aqlan yetuk, jismonan barkamol qilib tarbiyalash muammolari barcha davlat va jamoat idoralari zimmasiga yuklatilgan. Bunday keng qamrovli va mas’ulyatli tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshirishda mahalla oqsoqollari kengashlari, ularning tarkibidagi turli komissiyalar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport faollarining uyushmalari jamoalari muhim ro’l o’ynaydi.
Jismoniy madaniyat – umuminsoniy madaniyatning bir qismi bo’lib, inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtioiy faoliyat sohasi. Jamiyatda jismoniy madaniyat holatining asosiy ko’rsatgichlari: odamlarning sog’lomligi va jismonan chiniqqanligi. Jismoniy madaniyatning tarbiya va ta’lim sohasida, turmushda qay darajada tatbiq qilinayotganligi, sportdagi yutuqlar va boshqalar. Jismoniy madaniyat xalq o’yinlari, jismoniy mashqlar, sportni va turizmning faol harakat talab qiladigan ko’rinishlarni o’z ichiga oladi. Jismoniy madaniyat tibbiyot, ekologiya, psixologiya kabi fanlar bilan bog’liq holda shakllangan va rivojlangan. U jamiyat taraqqiyoti, odamlarning samarali mehnat qilishi, aqliy imkoniyatlarning ravnaq topishi, axloqiy poklanish, kelajak nasllarning jismoniy ahvoliga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi.
Aholining jismoniy baquvvat bo’lishi va uzoq umr ko’rishi sog’lom turmush madaniyati bilan belgilanadi. Bu borada O’zbekiston Prezidentining “O’zbekistonning chinakam mustaqillikka erishishidan iborat o’z yo’li respublikani rivojlantirishning quyidagi asosiy o’ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tamonlama hisobga olishga asoslanadi. Avvalo, u aholining milliy tarixiy turmushi va tafakkuri tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi” degan mulohazalari e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa, “Sog’lom avlod uchun” ordenining ta’sis etilishi, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonun, “Sog’lom avlod uchun” davlat dasturi, “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining ishlab chiqilishi hamda ularning hayotga tatbiq qilinishi jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini yanada rivojlantirish mas’uliyatlarini yuklaydi.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi sharofati tufayli mahallalar, dahalar, mavzelar, yirik qishloq, qurg’onlar, pasyolkalar aholini jismoniy tarbiya, sport, sayohat, xalq milliy o’yinlari hamda ommaviy sog’lomlashtirish ishlariga jalb qilish ancha rivojlandi.
Mamlakatda milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, uni yanada boyitishda ma’naviy-marifiy tadbirlarning olib borilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholining ijtimoiy turmush darajasi tobora yaxshilanmoqda. Bunda o’tkazilayotgan turli sport musobaqalari, xalq milliy o’yinlari festivallari katta hissa qo’shmoqda. Bu aholining jismoniy tarbiya va sportga ehtiyojini oshayotganidan dalolatdir. Har yilgi mustaqillik kuni hamda “Navro’z” bayramlaridagi ommaviy sayllar, sport musobaqalari buning isbotidir. Respublika hukumatining qarorlari, turli ko’rsatmalar asosida mahallalar va boshqa aholi istiqomat joylarida jismoniy tarbiya va sportni jonlantirish ishlarida mahalla kengashlari, sport tashkilotlari xodimlari, sport hamkorlari bilan hamkorlikda ish tutmoqda.
Bajardi: Mamatkarimova Gulzoda
Qo’qon universiteti, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi,
1-bosqich talabasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |