Xotira turlari uchta mezonga muvofiq bo’linadi:
Psixik faollik xususiyatiga ko`ra
Harakat xotirasi
Emotsional xotira
Obrazli xotira
So`z- mantiqli xotira
H arakat xotirasi – turli xildagi ish-harakatlar va ularning sistemasini esda olib qolish, esda saqlash, yana qayta esga tushirishdan iboratdir.
E motsional xotira – his – tuyg’uga g’os xotiradir. His – tuyg’ular hamisha bizga ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak – atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo’lga qo’yilganligi haqida xabar berib turadi. Shuning uchun ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va faoliyatida muhim ahamiyatga egadir.
O brazli xotira tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta’mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilishga oid xotiradir.
So’z – mantiq xotira bizning o’y – fikrlarimiz mazmunini tashkil etadi. Fikrlar esa nutqsiz mavjud bo’la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so’z – mantiq xotira deb ataladi.
Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad qo’ymagan holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. Ixtiyorsiz esda olib qolish – bilish va amaliy harakatlarni amalga oshirishning mahsuli va shartidir. Bunda esda olib qolish o`z holicha bizning maqsadimiz sifatida yuzaga chiqmaganligi sababli beixtiyor esimizda olib qolingan jamiki narsalar xususida odatda «o`zidan-o`zi esda saqlanib qolgan ekan» deymiz.
O ldimizga bironta maqsad qo’yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira bo’ladi. Ixtiyoriy esda olib qolish – maxsus mnemik harakatlar, ya’ni asosiy maqsadi esda olib qolishdan iborat bo`lgan harakatlar mahsulidir. Maxsus o`tkazilgan tadqiqotlar materialni aynan, to`la va izchil eslab qolish vazifasining aniq qilib qo`yilishi ixtiyoroiy esda olib qolishning asosiy shartlaridan biri ekanligini ko`rsatdi.
Qisqa muddatli xotira materialni ko`p martalab takrorlash va qayta esga tushirishlar orqali uzoq vaqt esda olib qolinishi bilan ajralib turadigan uzoq muddatli xotiradan farqli o`laroq, bir martagina juda qiska vaqt maboynida eslab qolish bilan belgilanadi.
Operativ xotira tushunchasi kishi tomonidan bevosita amalga oshiralayotgan dolzarb vazifalar, harakatlar, ishlarga xizmat qiladigan mnemik jarayonlarni anglatadi. Qachonki biz biron murakkab harakatni, misol uchun arifmetik amalni bajarayotgan bo`lsak, u holda, uni qismlarga bo`laklarga ajratgan holda bajaramiz. Bunda ishni bajarish davomida ayrim oraliq natijalarni «yodimizda» saqlab boramiz.
Uzoq muddatli xotiraga shaxs faoliyatining hayotiy muhim maqsadlariga erishishda taktik jihatdagina emas, balki strategik jihatdan ahamiyat kasb etgan axborot kelib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |