1.1. M.V.Lomonosov (1711-1765) A.S.Pushkin: "Lomonosov misli ko`rilmagan iroda kuchini misli ko`rilmagan tushunchalari bilan birga qo`shib turib, maorifning butun sohalarini qamrab oldi. Tarixchi, ritor, ximik, minerolog, rassom va shoir sifatida u hamma sohani chuqur o`rgandi", - degan edi. Lomonosov rus grammatikasini yaratdi va Rossiyada badiiy tilni tarkib toptirdi, bu esa adabiyot, poeziya va san`atning yana ?am o`sishida zo`r ahamiyatga ega bo`ldi. Fanlar akademiyasi qoshidagi universitet va gimnaziyaga boshchilik qilib yurgan paytlarida gimnaziya bilan universitet ishlarining umumiy qoidalarini belgilab berdi, gimnaziyaning o`quv rejasini va universitetning o`quv ishlari tartibini ishlab chiqdi, bu o`quv yurtlarida o`qitish printsiplari va metodlarini ko`rsatib berdi. Lomonosov 1758 yilda "Akademiya gimnaziyasi tartib-qoidalari"ni tuzib bu qoidalarda u o`rta maktablar umumiy ma`lumot beradigan hamda hamma tabaqa bolalari o`qiy oladigan bo`lishi kerak, degan fikrni qattiq himoya qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |