8-mavzu: Xitoy sivilizatsiyasi Asosiyo savollar



Download 19,41 Kb.
bet2/2
Sana06.02.2022
Hajmi19,41 Kb.
#434256
1   2
Bog'liq
8-mavzu - 2022-01-26T123141.326

2-savolning bayoni:
Qadimgi Xitoy mifologiyasi to’g’risidagi manbalar asosan m.a.
XI asrga oid. Bu afsonalar mazmuniga ko’ra kosmogonik miflar
ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat va insonning paydo bo’lishi
to’g’risidagi asosiy konsepsiya, bo’linish va aylanish berilgan. Ulardan
birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk unsur
(erkak)ning boshlanishi Yan va qorong’ulik (ayol) ning boshlanishi -
In paydo bo’lgan. Ikkinchi kontsepsiya barcha mavjudotlarning paydo
bo’lishi bu transformatsiya natijasidir deb tushuntiradi.
Tabiat kuchlari va ulardan odamlarni qutqargan qahramonlar
to’g’risida afsonalar ko’pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va
qurg’oqchilik hodisalari afsonalarda ko’p tilga olinadi.
Qadimgi xitoyliklar u dunyo to’g’risidagi tushunchalarida yerda
mavjud bo’lgan tartib-qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimiyat vanga
tegishli, osmonda hamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysunadi. Di
qudratli, u odamlarga marhamat qiladi yoki ularni baxtsizlik bilan
jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg’a qiladi, qurg’oqchilik yuboradi,
yomg’ir va shamol Diga bog’liq. Dining yaqinlarini Vanning vafot
qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining
topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning yerdam berish to’g’risidagi
iltimosini Diga etkazadi. Vanning oliy kohin sifatidagi vazifasi
odamlar va xudolar dunesi o’rtasida vositachi bo’lgan o’z ajdodlari
bilan muloqotni amalga oshirishdir.
II-III asrlarda Xitoyga budda dini kirib keldi. Afsonalarga ko’ra,
birinchi budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib
kelingan: bunga xotira sifatida Loyan shahri yonida budda «Oq ot
ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan. Xitoyda
sutralarni tarjima qilish va budda dinini tarqalishi IV-VI asrlarga
tegishlidir.
Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari m.a. XIV-XI
asrlarga oid fol ko’rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko’pchilik qismi
buyumlar tasviridir. In belgilari buyumlar tasviri yoki murakkab
tushunchalarni ifodalaydigan ko’pgina tasvirlar qo’shilmasi -
ideogramma ko’rinishidadir.
In belgilarining hozirgi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqli tomoni
bor. Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning
konturini tasvirlagan, ikkinchidan bir belgilini yozilishida ko’p xilmaxillik mavjud. Uchinchidan belgini qatorning nisbiy yo’nalishiga tomon
harakati hali barqaror bo’lmagan. In yozuvining m.a. I ming yillikda
Chjoular tomonidan o’zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib qo’ymadi.
M.a. II-I ming yilliklarda iyerogliflarning mahalliy variantlari
unifikatsiya qilindi, belgilarni yozishning yangi husnixati paydo
bo’ldi.
Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog’och yoki bambuk
taxtachalariga yozilgan. M.a. I ming yillikning o’rtalarida ipak
matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog’oz kashf qilinib ishlatila
boshlandi va qog’oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.
Chjango davri an’anaviy ravishda Xitoy ma’naviy madaniyati
tarixida klassik davr hisoblanadi. Manbalarda ta’kidlanganidek “Yuz
maktab raqobati” davri bo’lgan bu davrda qadimgi Xitoyning asosiy
ta’limotlari: konfutsiylik, legizm, daosizm vujudga keldi. Konfutsiy
(Kun-size m.a. 551-479-yillar) ta’limoti bo’yicha inson tabiatan ezgulik
xislatiga ega va o’z burchini sidqidildan o’tashga tayyor. Konfutsiy
barcha ijtimoiy munosabatlar uchun oilani namuna hisoblaydi. Oilada
kattalar kichiklarga g’amxo’rlik qiladilar va ularni tarbiyalaydilar,
kichiklar ularni hurmat qiladilar va ularga bo’ysunadilar. Davlatga xalq
farzandlar o’rnida, hukmdor ota o’rnida bo’ladi, hukmdor o’z shaxsiy
manfaati emas xalq farovonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishi lozim.
Eng qadimgi Xitoy she’riyati namunalari m.a. XI-VI asrlarda jez
ko’zalardagi yozuvlarda yetib kelgan. “Qo’shiqlar kitobi” qadimgi
Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo’limga
bo’lingan («Podsholik ahloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar»,
«Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan iborat.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san’at janrlari Xitoyda yuqori
darajada shakllangan. Xitoy me’morchilik san’atida yog’och asosiy
xom-ashyo edi. Xan davrining noyob me’morchilik yodgorligi
imperiya poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o’rab
olingan. Ma’muriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil
rangda bo’yalgan. Xan davrida portret san’ati yuksak darajada bo’lgan,
saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.
Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar, ayniqsa, matematika rivojlangan.
M.a. II asrda to’qqiz kitobdan iborat «Matematika» traktati tuzildi.
Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. M.a.
104-yilda bir yil 365,25 kunga tengligi hisoblab chiqildi va kalendar
ishlab chiqildi. Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga
erishildi. M.a. III asrda Xitoy vrachlari igna bilan davolashni kashf
qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar, 280 davolash
usulini qo’llaganlar.
Download 19,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish