Osiyo hududiy integratsiyasining xususiyatlari (ASEAN, APEC va h.k.)
XX asr oxirida Sharqiy Osiyoda integratsiya jarayonlari kuchayib bordi. To’rtta Osiyo «ajdaho»laridan biri bo’lgan Singapur, shuningdek NIS «yangi to’lqinlar» - Malayziya, Indoneziya, Tailand, Bruney, Vetnam, Kambodja, Laos, Myanma va Fillipin davlatlari kiruvchi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari
assotsiatsiyasi (Association of South East Asian Nations - ASEAN) muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ushbu guruhlar doirasidagi o’zaro muvaffaqiyatli hamkorlik ASEAN qatnashchilari bo’lgan ko’pchilik mamlakatlarning kuchli iqtisodiy o’sishi bilan chambarchas bog’liqdir, shu bilan birgalikda ushbu mamlakatlarning oldindan amal qilib kelayotgan o’zaro savdo aloqalarining yaxshi yo’lga qo’yilganligi hamda hamkorlikning tartibga solib turiladigan shaklining amal qilishidir.
ASEAN 1967 yilda Bangkokda “ASEAN deklaratsiya”si imzolanishi bilan birgalikda tashkil etilgandir. 1976 yilda Bali orolida imzolangan ASEAN kelishuv deklaratsiyasi va Janubi-Sharqiy Osiyoda do’stlik va xamkorlik shartnomasiga asosan ASEANning shartnomaviy tarzda rasmiylashtirilishi amalga oshirildi.
ASEAN rejasida 2000 yilgacha a’zo mamlakatlar 38 ming turdagi tovarlar bo’yicha bojxona to’lovlarini o’rtacha 5%gacha pasaytirish belgilangan. 1995 yil oxirida 2003 yildan to’la erkin savdo hududini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilingan bo’lib voqealarning ijobiy rivojlanishi davom etsa 2000 yildan kuchga kirishi ko’zda tutilgan edi. ASEAN - Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy mintaqaviy xukumatlararo tashkiloti bo’lib hisoblanadi.
ASEANning yuqori organi bo’lib a’zo-mamlakatlar etakchilarining 2001 yildan boshlab har yili o’tkaziladigan sammiti hisoblanadi. Odatda sammit uch kun davom etib bunda, mintaqa bo’yicha tashkilotning xamkorlari bilan uchrashuvlar olib boriladi. Doimiy sekretariat Jakarta shahrida joylashgan bo’lib unga bosh sekretar etakchilik qiladi. Shuningdek, ASEAN doirasidagi har yili o’tkaziladigan 300dan ortiq tadbirlarni o’tkazishga yordam berishda ishlar 29ta qo’mita, 122ta ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati (Acia Pacific Economic Cooperation - APEC) 1989 yilda Kanberrada, Avstraliya va Yangi Zelandiya bosh vazirlarning tashabbusi bo’yicha tashkil etilgan. APEC qattiq tashkiliy tuzilishdan yoki yirik byurokratik apparatdan holi bo’lgan erkin maslahat forumi sifatida tashkil etilgan va shu tufayli u ko’pincha “APEC forumi” deb ham yuritiladi. APEC sekretariati Singapurda joylashgan bo’lib, o’z ichiga faqatgina APEC a’zo- mamlakatlaridan vakil bo’lgan 23ta diplomatni shuningdek, 20ta mahalliy yollanma xodimlarni oladi.
Sharqiy Osiyoda iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish istiqbollari, Osiyo - Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) tashkil etilishi bilan sezilarli darajada bog’liqdir. Osiyo - Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) - bu hukumatlararo tashkilot bo’lib, o’z ichiga 21ta davlat mintaqasini birlashtirib olgan. APEC Tinch okeani ko’rfazida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Avstraliyaning taklifi bo’yicha 1989 yilda tuzilgan edi. Dastlab unga 12ta davlat: Avstraliya, Bruney, Kanada, Indoneziya, Yaponiya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Filippin, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand va AQSh kirardi. Keyingi yillar davomida unga Xitoy, Gonkong, Tayvan, Meksika, Chili, Yangi Gvineya-Papua, 1998 yildan esa Vetnam, Peru va Rossiya ham qo’shilishdi. APEC investitsion va moliyaviy faoliyat bo’yicha rasmiy ravishda maslahat berish huquqiga egadir, biroq uning ishchi organlari doirasida mintaqaviy savdo yuritish tartibi belgilangan, bo’lib tarmoq vazirlari va ekspretlarining u yoki bu mintaqalar xamkorligi masalalari bo’yicha
uchrashuvlari o’tkaziladi. APEC faoliyatining asosiy maqsadlari 1991 yilda Seul deklaratsiyasida belgilangan bo’lib quyidagilardan iborat:
a’zo mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishiga ko’maklashish;
a’zo mamlakatlarning yuqori darajada iqtisodiy jihatdan bog’liqligini hisobga olib ko’ptomonlama savdo tizimini mustahkamlash;
a’zo mamlakatlar o’rtasidagi savdo va moliyaviy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish.
APEC - yirik iqtisodiy birlashma bo’lib, 2007 yil ma’lumotlariga ko’ra unga jahon YaIMini 57% va jahon savdo hajmining 48%dan ortiqrog’i to’g’ri keladi.
Tashkilotning asosiy maqsadi - erkin, ochiq sado tartibini ta’minlash hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
1994 yilda strategik maqsadlar sifatida 2020 yildan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin va ochiq savdo tizimlarini hamda liberal investitson rejimini tashkil etish rasmiy ravishda e’lon qilingan. Bir qadar rivojlangan mamlakatlar erkinlashtirishni 2010 yildan amalga oshirishlari zarur. Har bir mamlakat faoliyat yuritishning alohida rejalari asosida yangi tartiblarni joriy etish muddatlarini va o’zining xaq-huquqlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini baholash orqali ko’plab mutaxassislar uni rivojlanishini o’ziga xosligini va alohida shart- sharoitga egaligini ta’kidlaydilar. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi integratsiya jarayonlarining asosiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchidan, APEC tashkilotida integratsiya jarayonlari davlatlararo xamkorlik uchun zamin yaratuvchi TMKlarning etakchiligi orqali amalga oshmoqda. Shu jumladan bu, xukumatga tegishli bo’lmagan mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar - Tinch okeani iqtisodiy ittifoqi (TES) 1967 yilda va Tinch okeani iqtisodiy xamkorligi bo’yicha ittifoq (STES) 1980 yilda yuzaga kelishi APECni tashkil etishaga ancha qulay zamin yaratgandi. Shu bilan birgalikda, TES va STES o’zlarining hukumati bilan mustahkam aloqaga ega bo’lgan hamda ulardan har tomonlama yordam olayotgan milliy qo’mitalar negizida tashkil topgandi.
Ikkinchidan, integratsiya jarayonlari iqtisodiy rivojlanish darajasi turli xilda bo’lgan mamlakatlarni qamrab olgandi. APECning yagona roli shunda ediki, unga XX asrning ikkita yirik iqtisodiy jihatdan kuchli mamlakatlari AQSh va Yaponiya qo’shilgandi, shu bilan birgalikda, XXI asrning iqtisodiy jihatdan qudratli bo’lgan davlati Xitoy ham kirardi.
Uchinchidan, Osiyo - Tinch okeani mintaqasi ko’lamidagi integratsiya o’z ichiga submintaqaviy iqtisodiy ittifoqlarni (ASEAN, NAFTA, Janubiy-Tinch okeani forumi va bosh.) oladi.
Iqtisodiy integratsion jarayonlar jahonning turli hudud va mintaqalarida jadal ravishda rivojlanib bormokda. 1989 yilda Afrika kontinentining shimoliy qismida Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marakko, Tunislardan iborat Mag’rib arab ittifoqi tuziladi. 1981 yilda esa Fors ko’rfazi atrofidagi arab davlatlari (Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Bahreyn, BAA, Ummon)dan iborat hamjamiyat kengashi tashkil etilgandi
Do'stlaringiz bilan baham: |