Metodik kengash tarkibi va uni ishini tashkil etish
Metodik kengash tarkibi muassasa direktorining buyrug’i bilan shakllantirilib, muassasaning pedagogik kengashiga bo’ysunadi va o’z faoliyatini pedagogik kengash qarorlarini bajarishga yo’naltiradi.
Metodik kengash a’zoligiga umumta’lim muassasasi direktorining o’rinbosarlari, uslubiy birlashmalar rahbarlari, oliy, birinchi va ikkinchi toifali o’qituvchilar kiritilib, metodik kengash a’zolari soni pedagog xodimlar va o’quvchilar sonidan kelib chiqib 5-15 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Metodik kengash raisi umumta’lim muassasasi direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari hisoblanadi.
Metodik kengash kotibi o’qituvchilar orasidan tayinlanadi. Metodik kengashning faoliyati umumta’lim maktabi direktori tomonidan nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |