Qubbalilar (igna barglilar) qabilasi — Coniferales
Qubbalilarning geologik tarixi yuqori karbon davridan boshlanadi. Ularning
yuksalishi mezozoy erasining yura va ayniqsa bo‘r davriga to‘g‘ri keladi. Ular
o‘simliklar olamining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ko‘p jihatdan o‘xshash
belgilariga ko‘ra qubbalilar kordaitlardan kelib chiqqan degan xulosaga kelinadi.
Bu davrda qubbalilarning ekologik va geografik jihatdan differensiallanishi
sodir bo‘lgan va ular ayrim oilalilarining vakillari janubiy, ayrimlariniki esa
shimoliy yarim sharlarda tarqalgan.
Hozirgi paytda shimoliy yarim sharda qubbalilardan (nina barglilar)
zarnabdoshlar (Taxaceae) va sarvdoshlar (Cupressaceae), janubiy yarim sharlarda
esa araukariyadoshlar (Araukariaceae) va podokarpdoshlar (Podocarraseaye)ga
taalluqli turlar uchraydi.
Turining ko‘pligi jihatidan bu oila ninabarglilar orasida eng kattasi hisoblanib,
ularning 560 dan ortiq turi ma’lum. Nina bargli o‘simliklar uchlamchi davrda ham
yer yuzida keng tarqalgan. Ular 10 ta oilaga bo‘linib, uchtasi (Lebaxiyadoshlar –
Lebachiaceae, Voltsiyadoshlar – Voltzriaceae va Xeyrolepidadoshlar –
Cheirolepidiaceae) qadimiy, oddiy tuzilishli, yo‘qolib ketgan. Hozirgi paytda faqat
qazilma holda uchraydi. Qolgan 7 oila vakillari hozir yer yuzining turli joylarida
yovvoyi holda keng tarqalgan. Shulardan 3 tasi – Zarnabdoshlar (Taxaceae),
Qarag‘aydoshlar (Pinaceae), Sarvdoshlar (Cupressaceae). Biz quyida ular
to‘g‘risida batafsil fikr yuritamiz.
Podokarpdoshlar (Podocarpaceae) oilasi. Oilaning vakillari asosan janubiy
yarim sharlarda, tropik va qisman subtropik iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Uning
9 turkumi va 130 turi ma’lum.
Bularning ham ko‘pchiligi daraxt va qisman butasimon o‘simliklar bo‘lib,
poyasi bir qadar murakkab tuzilgan, barglari turli-tuman shakllarga ega. Ular orasida
ingichka uzun va enli barglilari uchraydi. Aksariyat qismi ikki uyli changchi
qubbalar hosil qiladi. Urug‘ qubbasi tashqi tomondan qattiq yog‘ochlangan po‘st
bilan qoplangan.
Bu oilaning asosiy xususiyatlarini o‘zida mujassamlantirgan turkumi
podakarpus (Podocarpus) hisoblanadi. Uning 100 ga yaqin turi janubiy yarim
sharlardan shimoliy yarim sharlarning tropik qismi tropik Afrika, tropik Amerikaga
qadar keng tarqalgan. Muhim qurilish materiallari olinadigan daraxt hisoblanadi.
Janubiy Afrikada faqat bir turi (P. macrophylla)dan manzarali o‘simlik sifatida
foydalaniladi.
Zarnabdoshlar (Taxaceae) oilasining 20 ga yaqin turi Sharqiy Osiyo va
Janubiy Amerikada tarqalgan, uning faqat mevali zarnab (T. bacata) turi Toshkentda
madaniy holda o‘stiriladi. Bu G‘arbiy Yevropa va Osiyoning relikt o‘simligidir.
Zarnab mevali o‘simliklardan hisoblanib, uzoq umr (2-3 ming yil) ko‘radi.
Uning balandligi 25 metrga boradi, yog‘ochi uzoq vaqt saqlanadi, har qanday
sharoitga ham chiday oladi va soyaga bardoshli. Qubbasi navbatlashgan, ikki qator,
uchi o‘tkir, to‘q yashil rangli. Zarnab ikki va bir uyli o‘simlik. Barg qo‘ltig‘ida
joylashgan erkak qubbalari qalqonsimon mikrosporofillar to‘plamidan shakllangan,
Changchisida havo kamerasi bo‘lmaydi, urug‘chi qubbasida urug‘ pardasi yo‘q.
Megasporangiylar bittadan uchki novdalarning qo‘ltig‘ida joylashgan bo‘lib, urug‘
qipiqlari cheti bilan birlashib tovoqcha shaklini olgan. Urug‘ning sirti mevaga
o‘xshash yumshoq. Shuning uchun ham mevali zardob deb yuritiladi. Yetilgan
urug‘i ko‘pincha och qizil, yumshoq shirali. Tarkibida zaharli alkaloid bor.
Zarnabning yog‘ochi qattiq, chirimaydigan bo‘lganligi tufayli, juda qimmatli
hisoblanadi. zarnab turkuminiig 10 ga yaqin turi O‘rta yer dengizi atroflarida
xususan uning janubiy qismida Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerikada keng
tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |